112
Mavzu: Xalq hunarmandchiligi texnologtyasi bo‘limini o‘qitishni
tashkil etish
Reja:
1.Xalq hunarmandchiligida ishlatiladigan materiallarni o‘rgatish.
2.Xalq xunarmandchiligida ishlatiladigan asbob uskunalar
Maqsad:
Tinglovchilarda xalq xunarmandchiligida ishlatiladigan materiallar va
xalq xunarmandchiligida ishlatiladigan asbob uskunalar haqidagi tasavvurlarni
shakllantirish.
Natija:
Xalq xunarmandchiligida ishlatiladigan materiallar xaqida va
xalq xunarmandchiligida ishlatiladigan asbob uskunalari xaqida bilimga ega
bo‘ladilar
Teskor savol:
1.Xalq xunarmandchiligida ishlatiladigan materiallar.
2.Xalq xunarmandchiligida ishlatiladigan asbob -uskunalar.
1-ilova
1. Xalq hunarmandchiligida ishlatiladigan materiallarni o‘rgatish metodikasi
Metodologik va tarixiy asoslar.
O‘zbek xalqining ko‘p asrlik tarixidan
ma’lumki, xalq Amaliy bezak san’ati va hunarmandchilik boy va rang-barang
madaniy merosimizning eng ajoyib va ommaviy qismini tashkil etadi. O‘zbek
diyorida vujudga kelib, gullab-yashnagan amaliy san’at bemisol va betakrorligi
bilan dunyoga mashhur bo‘lib kelmoqda. Bunday kamolot va taraqqiyot
bosqichlari haqida fikr yuritadigan bo‘lsak, o‘zbek amaliy san’ati turlarining shox
ildizlari insoniyatning bolaligi, ya’ni ibtidoiy jamiyatga borib tarqalishni guvohi
bo‘lamiz.
Badiiy idrok qobiliyati kishilarda, o‘quvchilarda olamni, undagi mavjudotlar ,
narsalar va voqea-hodisalarni, atrof muhitdagi shakllar va ranglarning turfa shakl-
shamoilida aks ettirishga havas uyg‘otadi. SHakl va ranglarning aniq hamda
stillashtirilgan tasvirlarini yaratish shu tariqa kelib chiqdi va o‘z navbatida
odamlarning kundalik turmushidan o‘rin ola boshladi. Natijada badiiy
bezaklarning turli-tuman shakllari va turlari paydo bo‘ldi. Boshqa san’atlarga
nisbatan, bunday naqshli bezaklar ko‘pligining va takomil topganligining muayyan
tarixiy sabablari bor. Ma’lumki, islom mamlakatlarida mavjudotlar tasvirini
ishlanmagan, balki, tasviriy san’atga chuqur falsafiy yondoshish natijasida
shartlilik, stillashtirish, ramaiylikka asoslangan badiiy bezak asarlarini yaratish
kuchaygan. Ushbu tarixiy haqiqat o‘zbek milliy bezak san’atining gurkirab
rivojlanishiga turtki bo‘lganki, hozirda jahonda mashhur me’morchilik
113
yodgorliklarimiz va ulardagi ganchkorlik, qoshinkorlik, naqqoshlik, xattotlik,
toshtaroshlik
va
boshqa
turlardagi
san’atlarning,
ajoyib
darajada
uyg‘unlashganligida ko‘rinadi. Uning negizida murakkab, izlanuvchan, ijodkorlik
mehnat, mehnatning ta’limligiga mavjud, tarixiy rivojlanishidan guvohmiz. Misol
uchun tayansak: Samarqand, Buxoro, Xiva, SHaћrisabz, Termiz, Toshkent,
Qo‘qon va boshqa shaharlardagi me’morchilik va xalq amaliy san’ati yodgorliklari
o‘tmish avlodlarimiz yaratgan barkamol, takrorlanmas va tarixan bebaho san’at
asarlarining namunalari bo‘lib, xalqimizning va shu bilan jahon madaniyatining
durdonalaridan bo‘lgan badiiy va madaniy merosini tashkil etilganidan xabardor
bo‘lamiz.
Xalq amaliy san’ati va hunarmandchilik kishilarning ma’naviy olamini
boyitadi, badiiy didini shakllantiradi, ruhiyatini tarbiyalaydi. SHuning uchun
o‘zbek xalqi amaliy san’ati kishilarni badiiy axloqiy, umuminsoniy ruhda
tarbiyalaydi.
O‘zbek xalq san’ati qadimiyligi, hamda boy madaniyati bilan butun dunyoga
mashhur. Uning er yuzasi va tuproq osti qismi ulkan bir tarixiy muzey. Samarqand,
Buxoro, Xiva, Termiz, Toshkent, Farg‘ona va boshqa shaharlardagi har bir tarixiy
obida, har bir xalq amaliy san’ati namunasi bobokalonlarimiz yaratgan barkamol,
takrorlanmas, teran mazmunli va tarixan bebaho san’at asarlari jahon
madaniyatining durdonalaridan bo‘lgan badiiy va ma’naviy merosini tashkil etadi.
Asrlar davomida orttirilgan va madaniy boyligimiz, xususan, sho‘ro tuzumi
davrida o‘zbek milliy xalq amaliy bezak san’atining eng ko‘p rivojlangan
turlaridan ganchkorlik, naqqoshlik, yog‘och o‘ymakorlik, toshtaroshlik, suyak
o‘ymakorligi, kandakorlik, pichoqchilik, zargarlik, kashtachilik , zardo‘zlik,
gilamchilik kabi turlarning o‘ziga xos tomonlari, bajarish texnologiyasi, haqiqiy
asl nomlari, o‘ziga xos maktablari, uslublari yaratgan ustalarning nomlari asta-
sekin yo‘qolib ketish xavfi ostida qoldi. Bugungi kunda mustaqil mamlakatimizda
xalqimizning asrlar bo‘yi yaratgan meћnati natijasida yaratgan amaliy bezak
san’atini ko‘z qorachig‘idek saqlash, qadrlash, ulardan amaliy foydalanish,
yoshlarga o‘rgatish orqali ularning nafis didini o‘stirish hamda yuksak madaniyatli
kishilar qilib tarbiyalash uchun keng imkoniyatlar ochildi.
Bir-biridan mahobatli binolar soldirgan. Samarqandning Registon maydoniga
Ulug‘bek, SHerdor va Tilla Qori madrasalari, SHoxi Zinda va Go‘ri Amir
maqbaralari, Bibixonim masjidi, Buxoroda Ismoil Samoniy maqbarasi,
Toshkentdagi Ko‘kaldosh madrasasi, SHahrisabzdagi Oќ Saroy va boshќalar
bugungi kunda dunyoga mashhurdir.
Amir Temur va Temuriylar davrida xalq san’ati hunarmandchiligi qolaversa
madaniyati yuksak darajada rivoj topdi. Temurning amri bilan turli
mamlakatlardan ustalar, me’morchilar olib kelinib ajoyib takrorlanmas binolar
114
qurish va bog‘u-rog‘lar barpo etildi.
Ma’lumki, o‘zbek xalq amaliy bezak san’atining va hunarmandchilikning eng
rivojlangan turlaridan biri naqqoshlikdir.O‘zbekiston territoriyasidagi arxeologik
qazilmalardan Xorazm, So‘g‘d, Baxtriya va boshqa naqsh san’atini rivojlanganligi
ma’lum. Olimlarimiz Surxandaryo viloyatidagi Fayoztepa (I-II – asr)
Dalvarzintepa (I-asr) qazilmalaridan topilgan, rasm, naqsh qoldiqlari orqali buni
isbotlab berganlar, Xorazmdagi Tuproqqal’a zallari monumental naqshlar bilan
bezatilganligi bizga ma’lum. VI-VII asrlarda qasrlar va boylarning uylari naqshlar
hamda tasvirlar bilan bezatilgan.
IX-X-asrlarda O‘rta Osiyoda naqqoshlik san’ati avj olib rivojlandi.
Arxitekturada g‘isht qolab naqsh solish yuksak rivojlandi, binolarning ichki
tomonlariga ganch, yog‘och o‘ymakorligini qo‘llash yuksak rivoj topdi. Ayniќsa
maktablarning peshtoqlari devor va ravoqlar ganch naqshlar bilan nafis bezatilgan.
XVIII –asrning oxiri XIX-asrda Qo‘qonda, Farg‘ona,Buxoro kabi shaharlarda
etuk ustalari etishib chiqdi. Misgarlik, naqqoshlik, ganchkorlik, chilangarlik va
boshqa san’at turlari rivojlandi.
Qadimda hunar o‘rganish muqaddas sanalgan. Har bir xalq kelajak
avlodlariga o‘zidan qoldirgan takrorlanmas hunarlari bilan qadrlangan.
O‘zbekiston qadimda hunarmandlar markazi bo‘lgan, desak xato qilmagan
bo‘lamiz. Masalan, Andijon viloyatida SHaxrixon, Samarqand viloyatida Urgut,
Farg‘ona viloyatida Qo‘qon, Marg‘ilon, Namangan viloyatida CHustda xalq
hunarmandchiligi gullab yashnagan. hunarmandlar o‘zga davrda mahallalarga
bo‘linib egallagan, chunonchi zargarlik mahallasi, pichoqchilik mahallasi deb
yuritilgan. O‘sha davrlarda yana misgarlik, zargarlik, buyrachilik, sandiqchilik,
pichoqchilik , aravasozlik, kulolchilik mahallalari mavjud bo‘lgan. Masalan, XIX
asr oxiri XX asr boshlarida Buxoroda buyrachi mahallasi bo‘lib, u erda umuman
Buxorodagi buyra to‘qiydigan ustalar yashagan. Buyrachi mahallasida 120 ta oila
yashagan.
Har bir kasbkorlik mahallasida qo‘ni-qo‘shnilar o‘rtasida raqobat bo‘lgan.
Chunki kimning mahsuloti sifatli bo‘lsa, xalq o‘shaning ishlab chiqargan
mahsulotini sotib olgan. SHuning uchun har bir usta sifatli mahsulot tayyorlashga
intilgan. Har bir ustaning o‘z rastasi bo‘lgan. Bozorda odatda bozor begi bo‘lgan.
U barcha rastalarga keltirilgan mollarni kuzatib ularga narx belgilab chiqqandan
keyin savdo-sotiќ boshlanar edi. Sifatsiz mahsulot ishlagan ustaning bozori
kasodga uchragan.
Naqqosh o‘tmishda xalq ustalarining eng bilimdoni hisoblangan. CHunki ular
madrasada tahsil olib adabiyot, tarix, musiqa, matematika, Kimyo fanlarini yaxshi
bilganlar. Naqqoshlik texnologiyasi avloddan-avlodga o‘sib kelgan. Qadimdan
naqqoshlar naqsh yaratish sir asrorlari usta bo‘lganlaridan so‘ng ular ha mo‘z
115
shogirdlariga o‘rgatgan. Shunday qilib, naqqoshlik kasbini hunarmandchilikka
asos qilib an’ana tariqasida rivojlantirib kelganlar. Zamonamizda naqqoshlik yosh
avlodga: texnologiyaning turi, to‘garak, kasb shaklida o‘rgatilmoqda. Aslida
naqqoshlikni o‘rgangan o‘quvchi-shogird xalq hunarmandchilik boshqa soha,
tarmoq kasblarni ham osonlik bilan o‘zlashtirishi oson ko‘chadi.
Buning uchun halq badiiy hunarmandchiligi sohalari: ganch, o‘ymakorlik,
yog‘och, tosh va suyak o‘ymakorligi, kandakorlik, misgarlik, kulolochilik,
sandiqsozlik, beshiksozlik, pichoqchilik, zargarlik, chilangarlik, chopon tikish,
kiygiz, bosish, do‘ppidozlik, sharq miniatyurasi, rixtagarlik, zardo‘zlik, patdo‘zlik,
kashtachilik, chitgarlik, savat to‘qish, bo‘yrachilik, gilam to‘qish va boshqa shu
guruxga kiradigan badiiy hunarmandchilik kasblarini o‘rganish texnologiyasida
naќќoshlik asos hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |