118
Ijtimoiy foydali unumli mehnat.
YOshlarni mustaqil hayotga va mehnatga tayyorlashni tubdan yaxshilash
maqsadida umum ta’lim maktabi oldiga o‘z ishida ta’limni unumli mehnat bilan
qo‘shib olib borish tamoyilini to‘laroq amalga oshirish vazifasi qo‘yilgan.
Texnologiya fanidagi unumli mehnatga va o‘quv dasturidagi ko‘zda tutilgan
unumli mehnatga ajratilgan vaqtlar birlashtiriladi, butun unumlm mehnat esa
o‘quvchilar texnologiya fanida olgan bilim hamda o‘quvlar zaminida tashkil
qilinadi.
4-ilova
Texnologiya faniga ajratilgan vaqtni majburiy
unumli mehnat hisobiga
ko‘paytirishga imkon beradi, bu esa umumiy kasbiy ta’lim sharoitida ham juda
muhimdir.O‘quvchilar mehnat (kasb o‘rgatish) ta’limi jarayonidan unumli mehnat
bilan bir qatorda ijtimoiy foydali mehnatga jalb qilinadilar, bunday mehnatga o‘z -
o‘ziga xizmat ko‘rsatish, qariyalarga qarashishi, xiyobon va parklarni tozalash va
shu kabilar kiradi.
O‘quvchilar unumli mehnatiga muvoffaqiyatini jalb
qilinishi uchun quyidagi
talablar bajarilishi kerak: tashkiliy pedogogik, texnik iqtisodiy,
metodik
psixologik-pedagogik
5-ilova
Tashkiliy –pedogogik talablarga
quyidagilar kiradi: Ishlab chiqarish korxonalari
bilan aloqa o‘rnatish; tayyorgarlik ishlari ro‘yxatini
aniqlash; unumli mehnatni
ishlab chiqarish mantiqaga xos tarzda tashkil qilish;
Ishlab chiqarish rejasini
tuzish; Kadrlar tanlash; o‘quvchilarning unumli mehnatini pedagogik jihatdan
boshqarish mehnat o‘qituvchilari faoliyatini maktabning boshqa o‘qituvchilari
faoliyati
bilan muvofiqlashtirish, ishlab chiqarishni tashkil qilish jarayonida
o‘quvchilarning o‘z - o‘zini boshqarish organlarini jalb qilish,
maktab hamda
ishlab chiqarish jamoalarining o‘zaro hamkorligi, o‘quvchilar unumli mehnatining
sistematik xarakterda bo‘lishi, o‘quvchilarning ish o‘rinlarini va mehnat
mazmunini rejali ravishda almashtirib turish, kallektiv,
guruxiy va shaxsiy ish
shakllarini samarali tarzda qo‘shib olib borish, o‘quvchilar mehnatini xafvsizligini
tashkil etish.
Dostları ilə paylaş: