Texnologik jarayonni tushuntirish, o‘quvchilar
ustaxonadagi
mashg‘ulotlarda detallar tayyorlashga kirishganlarida ilk bor texnologik hujjatlarga
duch keladilar. SHuning uchun avvalo texnologik xaritalarni o‘qishni o‘rganishlari
kerak. Bunda o‘qituvchi zarur izohlarni beradi va ularni o‘quvchilar qolganlarini
tushunganligini tekshiradi.SHu maqsadda o‘quvchilardan texnologik kartalarning
mazmunini tushuntirib berishni, ya’ni ular shuni qanday tartibda va qaysi sabablar
bilan bajarishlarini va h.k larni so‘zlab berishlarini so‘raydi.
Tayyorlanma tanlash. O‘quvchilarning texnologik prosessini mustaqil
ishlab chiqish buyum zagatovkasini tanlashdan boshlanadi. Tayyorlanma tanlash
texnologik ishining juda muhim va ma’suliyatli bosqichidir. Tayyorlanmani to‘g‘ri
tanlash uchun operasiya texnologiyasini bilish va operasiyalarda quyidagilarni
hisobga olish kerak.
Asboblar tanlash. O‘quvchilar tegishli mehnat operasiyalari va ularda
qo‘llaniladigan asboblar bilan ta’minlanganlaridan keyingina asboblar tanlashga
kirishadilar.
Tayyorlanma va asboblarni ishlatish usulini tanlash. O‘quvchilar
materiallarga ishlov berish bo‘yicha amaliy tajribalar qo‘llash prosessida
tayyorlanma va asboblarni mahkamlashning to‘g‘ri usullariga duch keladilar.
Mehnat oprasiyalarini bajarish tartibini belgilash. Mehnat operasiyalarini
bajarish tartibini belgilash uchun tayyorlanma ni mahsuli yo‘l bilan tayyorlash
bo‘yicha aylantirish maqsadida unga ishlov berish jarayonida uning shakli qanday
o‘zgarishi kerakligini aniq tasavvur etish zarur. SHunga ko‘ra birinchidan
o‘quvchilarni texnologik yo‘l yo‘riq tutishga amal qiladigan qoidalar bilan
tanishtirish, ikkinchidan ularda zagotovkaning operasiyalar bo‘yicha chizmalar
haqidagi tasavvurni hosil qilish juda muhimdir. Ikkinchidan talabni bajarish uchun
o‘quvchilar mukammal texnik hujjatlar bo‘yicha ishlayotgan paytlaridayoq mehnat
o‘qituvchisi ularga operasiyalar bo‘yicha chizmalarni aslida yoki plakatda
ko‘satadi.