66
XULOSA
Hozirgi paytda quyosh energiyasidan foydalanishga katta e‘tibor
berilmoqaa. Quyosh energiyasi an‘anaviy ishlab
chiqilayotgan energiyalarga
qо‗shimcha bо‗lib, о‗zgartirilayotganda ekologik tozadir.
Yonilg‗ining kamyobligi va tannarxining о‗sib borishi quyosh
energiyasining cheksiz resurslarini о‗zlashtirish ilmiy texnikaning asosiy
muammolaridan hisoblanadi. Keyingi о‗tkazilgan izlanishlar va qator
mamlakatlarda tо‗plangan quyosh
energiyasidan foydalanish, quyosh
qurilmalarini yaratish yо‗lidagi tajribalar shuni kо‗rsatadiki, hozirgi kunda
zamonaviy texnik imkoniyatlarga asoslangan holda
quyosh energiyasidan
keng foydalanish mumkin.
Planetamizda
ishlab chiqiladigan, olinadigan hamma energiyalar oxiri
issiqlik energiyasiga transformatsiya bо‗ladi va о‗z navbatida hosil bо‗lgan
issiqlik atmosfera haroratini kо‗taradi. Insoniyat oldida planeta havo
basseynini ―issiqliqaan ifloslanish― muammosi paydo bо‗lmoqda. Yerga
keladigan quyosh energiyasi planetaning issiqlik balansiga ta‘sir
qilmaydi,
shuning uchun ―toza― kо‗rinishdagi energiya hisoblanadi.
Quyosh energiyasidan foydalanish MDXnipg kо‗p hududida (Ukraina,
Janubiy Qrim, Shimoliy Kavkaz, Zakavkazye, Povoljye, Qozog‗iston va О‗rta
Osiyo respublikalari) halk xо‗jaligini rivojlantirish uchun asosiy о‗rin tutadi
va mamlakatlarda yonilg‗ini va atrof-muhit ifloslanishini kamaytirishda
sezilarli darajada yordam beradi.
Quyosh
energiyasi
issiqlik
energiyasiga
aylantirish,
MDH
mamlakatlarining janubiy rayonlarida binolarni isitish; issiq suv ta‘minoti,
havoni konditsionerlash, qishloq xо‗jaligi mahsulotlarini
quritish uchun joriy
etilsa, yiliga 15...20 mln tonna shartli yoqilg‗i tejaladi.
Bu yо‗nalishda qachonki yirik iste‘molchilarni issiqlik bilan ta‘minlash
uchun quyosh energiyasidan foydalanilsagina, sezilarli yutuqlarga erishish
mumkin. Masalan, yengil, ozik-ovkat va kimyo sanoatining tarmoqlarida 300°S
67
dan past bо‗lgan harorat talab qilinadi. Bunga erishish uchun quyosh
energiyasidan keng foydalanilsa bо‗ladi.
Hozirgi paytda quyosh qurilmalarini yaratish va ularni ishlab chiqarishga
joriy etishda ma‘lum
yutuqlarga erishilgan, ammo ular hozirgacha keng
masshtabda qо‗llanilmayapti, chunki qurilmalarning tannarxi yuqori. Shuning
uchun asosiy masalalardan biri - bu amaliyotda qо‗llaniladigan texnik va
iqtisodiy xarakteristikalari bо‗yicha tejamli bо‗lgan
quyosh qurilmalarini
yaratishdir. Bu esa mavjud qurilmalarni takomillashtirib borishni hamda har xil
konstruktiv sxemalarning zamonaviy variantlarini tadqiqot qilishni talab qiladi.
Qishlok xо‗jalik tarmoqlarida arzon quyosh energiyasi, chorvachilik
fermalarini isitish, kо‗k ozuqa tayyorlash va boshqa muammolarni yechishga
yordam beradi.
Bizning mamlakatimizda yakka xо‗jalik uylarida quyosh energiyasidan
foydalanishning
asosiy
muammolari
-
quyosh
kollektorlari,
quyosh
akkumulyatorlari va boshqa jixozlarni kо‗plab ishlab chiqarilmasligidir. Quyosh
energiyasidan samarali foydalanishda, quyosh qurilmalari buzilishining texnik-
texnologik xususiyatlariga, nur tо‗plagichlarining quyoshga nisbatan mо‗ljallash
sistemalari aniqlashga katta e‘tibor beriladi.
Dostları ilə paylaş: