3
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 1-martdagi ―Muqobil
energiya manbalarini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risidagi‖
farmonida qayd etilgandek O‘zbekistonda muqobil energiya manbalaridan, eng
avvalo, quyosh energiyasidan foydalanish soxasida
ilmiy va eksperimental
tadqiqotlar olib borish borasida salmoqli tajriba to‘plangan bo‘lib, ular
yuzasidan bir qancha o‘n yillar mobaynida ishlanmalar olib borilmoqda.
Respublikada Markaziy Osiyoda o‘xshashi yuq ilmiy-eksperimental markaz —
Fanlar Akademiyasining «Fizika-Quyosh» ilmiy ishlab-chiqarish birlashmasi
tashkil qilingan bo‘lib, uning tadqiqotlari natijalari jahon miqyosida e‘tirof
etilyapti.
Issiq suv va issiqlik ta‘minoti uchun past potensialli qurilmalarni yaratish,
elektr quvvati olish uchun fotoelektrik va termodinamik o‘zgartkichlar, maxsus
materiallar sintezi texnogiyalarida, materiallar
va konstruksiyalarga termik
ishlov berishda quyosh energiyasidan foydalanish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va
tajriba-konstruktorlik ishlari, ayniqsa, faol va samarali olib borilmokda.
O‘tkazilayotgan tadqiqotlarning natijalari mamlakat iqtisodiyotining turli
tarmoq va soxalarida amalda eksperimental ravishda keng ko‘lamda
qo‘llanilmoqda. O‘n yildan ortiq vaqt mobaynida respublikada quyosh
energiyasi bilan suv isitadigan qurilmalar asosida
uy-joylar va ijtimoiy
obyektlarni issiq, suv bilan ta‘minlash tizimlari ishlab chiqilmoqda va ulardan
tajriba tariqasida foydalanilmoqda. Toshkent shahrida,
Samarqand viloyati va
boshqa mintaqalarda issiq suv olish uchun gelioqqurilmalar o‘rnatilgan. Turli
quvvatlardagi fotoelektrik qurilmalarni ishlab chiqarish o‘zlashtirilgan. Ko‘plab
oliy o‘quv yurtlari va kasb-hunar kollejlarida mazkur soxa uchun malakali
kadrlar tayyorlab kelinmoqda.
Quyosh energiyasidan amalda foydalanish uchun O‘zbekistonda
yaratilgan shart-sharoit va mavjud imkoniyatlar mazkur mintaqadan bu sohadagi
ilg‘or texnologiyalarni
nafaqat respublikamizda, balki butun O‘rta Osiyoda
4
tajriba tari-qasida joriy etish maydoni sifatida foydalanishga asos bo‘lib xizmat
qiladi.
Ekologik jihatdan toza, energiya tejamkor
quyosh energiyasidan
foydalangan holda qishloq – xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, quyosh
energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirish, va uning samaradorligini
oshirish
borasida Qashqadaryolik olimlari tomonidan ham bir qator ilmiy tadqiqot
ishlari olib borilib, aniq tizimga ega bo‘lgan texnologik
jarayonlar ishlab
chiqilgan.
Dostları ilə paylaş: