O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus



Yüklə 1,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/22
tarix13.08.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#139309
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Quyosh energiyasi yordamida suv isitish tizimlarini

 
24 
2.1. Quyosh kollektorlarini konstruksiyalari....................................................
 
24 
2.2. Quyosh energiyasi yordamida suv isitish tizimlarining umumiy tahlili....
 
49 
II.ATROF-MUHIT MUHOFAZASI……………………………………....
53 
III. MEHNAT MUHOFAZASI VA XAVFSIZLIK TEXNIKASI………
56 
IV. IQTISODIY QISM.................................................................................. 60 
XULOSA……………………………………………………………………. 66 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………….. 
68 



KIRISH 
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 1-martdagi ―Muqobil 
energiya manbalarini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risidagi‖ 
farmonida qayd etilgandek O‘zbekistonda muqobil energiya manbalaridan, eng 
avvalo, quyosh energiyasidan foydalanish soxasida ilmiy va eksperimental 
tadqiqotlar olib borish borasida salmoqli tajriba to‘plangan bo‘lib, ular 
yuzasidan bir qancha o‘n yillar mobaynida ishlanmalar olib borilmoqda. 
Respublikada Markaziy Osiyoda o‘xshashi yuq ilmiy-eksperimental markaz — 
Fanlar Akademiyasining «Fizika-Quyosh» ilmiy ishlab-chiqarish birlashmasi 
tashkil qilingan bo‘lib, uning tadqiqotlari natijalari jahon miqyosida e‘tirof 
etilyapti. 
Issiq suv va issiqlik ta‘minoti uchun past potensialli qurilmalarni yaratish, 
elektr quvvati olish uchun fotoelektrik va termodinamik o‘zgartkichlar, maxsus 
materiallar sintezi texnogiyalarida, materiallar va konstruksiyalarga termik 
ishlov berishda quyosh energiyasidan foydalanish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va 
tajriba-konstruktorlik ishlari, ayniqsa, faol va samarali olib borilmokda. 
O‘tkazilayotgan tadqiqotlarning natijalari mamlakat iqtisodiyotining turli 
tarmoq va soxalarida amalda eksperimental ravishda keng ko‘lamda 
qo‘llanilmoqda. O‘n yildan ortiq vaqt mobaynida respublikada quyosh 
energiyasi bilan suv isitadigan qurilmalar asosida uy-joylar va ijtimoiy 
obyektlarni issiq, suv bilan ta‘minlash tizimlari ishlab chiqilmoqda va ulardan 
tajriba tariqasida foydalanilmoqda. Toshkent shahrida, Samarqand viloyati va 
boshqa mintaqalarda issiq suv olish uchun gelioqqurilmalar o‘rnatilgan. Turli 
quvvatlardagi fotoelektrik qurilmalarni ishlab chiqarish o‘zlashtirilgan. Ko‘plab 
oliy o‘quv yurtlari va kasb-hunar kollejlarida mazkur soxa uchun malakali 
kadrlar tayyorlab kelinmoqda. 
Quyosh energiyasidan amalda foydalanish uchun O‘zbekistonda 
yaratilgan shart-sharoit va mavjud imkoniyatlar mazkur mintaqadan bu sohadagi 
ilg‘or texnologiyalarni nafaqat respublikamizda, balki butun O‘rta Osiyoda 



tajriba tari-qasida joriy etish maydoni sifatida foydalanishga asos bo‘lib xizmat 
qiladi. 
Ekologik jihatdan toza, energiya tejamkor quyosh energiyasidan 
foydalangan holda qishloq – xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, quyosh 
energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirish, va uning samaradorligini oshirish 
borasida Qashqadaryolik olimlari tomonidan ham bir qator ilmiy tadqiqot 
ishlari olib borilib, aniq tizimga ega bo‘lgan texnologik jarayonlar ishlab 
chiqilgan.

Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin