O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus


 Issiq suv bilan ta‟minlovchi qurilmalarining tahlili



Yüklə 1,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/22
tarix13.08.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#139309
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Quyosh energiyasi yordamida suv isitish tizimlarini

 
1.2. Issiq suv bilan ta‟minlovchi qurilmalarining tahlili 
Quyoshli isitish tizimi (KIT) aktiv va passiv tizimlari bilan farqlanadi. 
Aktiv KITning xarakterli belgisi shundan iboratki, unda quyosh energiyasi 
kollektor (KEK)ida issiqlik akkumulyatori qо‗shimcha (rezerv) energiya manbai 
(KEM), issiqlik almashtirgichlar (ikki konturli tizimlarda), nasos yoki 
ventilyator, biriktiruvchi yoki havo uzatgichlar, boshqarish tizimlari ham 
bо‗lishidir. 
Passiv tizimlarda esa KEK va issiqlik akkumulyatori vazifasini binoning 
tо‗siq konstruksiyalari bajaradi, quyosh energiyasi bilan isitilgan havoni uzatish 
esa odatda tabiiy konveksiya yo‘li bilan amalga oshiriladi. Passiv sistemalarda 
binoga uning katta oynasi orqali tushayotgan quyosh nurini janub tomondagi 
bino devorlari va poli bevosita tutib olishini ta‘minlashga mо‗ljallangan bо‗ladi, 
uning issiqlik tо‗plash va saqlash miqdori devor, pol va suv tuldirilgan idish 
massasiga bog‗liq yoki binoning janub tomonida о‗rnatilgan qurilma, bino 
ichiga issiqlikni uzatish qurilmasi miqdoriga va sifatiga bog‗liq. 
Tungi yoki quyosh bо‗lmagan vaqtlarda binoning issiqlik yо‗qotishini 
kamaytirish uchun binoning yorug‗lik qaytaruvchi yuzasida issiqlikni tutib 
qoladigan issiqlik izolyatori bilan (panjara, tо‗siqlar va boshqalar) ham 
jixozlanishi ta‘vsiya qilinishi mumkin. 
Izolyatsiya darajasi yuqori bо‗lgan, quyosh nuri kо‗p miqdorda bо‗lgan va 
tashqi havoning о‗rta meyorda bо‗ladigan hududlarda passiv quyosh bilan isitish 
tizimi oynalar bо‗lganda, bino poli va shifti о‗rtasida havo sirkulyatsiyasi uchun 
yetarli oraliq bо‗lganda issiqlik tо‗plash samaradorligi yuqori bо‗ladi. (1.3-
rasm). Bunda sistemaning foydali ish koeffitsenti 40% gacha borishi mumkin. 


13 
Passiv KITdan foydalanganda binoning issiqlik izolyatsiyasi sifatiga, issiqlikni 
saqlab turish talablariga javob berishiga ham e‘tibor berish kerak. 
1.3-rasm
.
Passiv quyosh sistemasi bilan isitiladigan binoning oynalangan 
janubiy tomoni va issiqlik tо‗plagich devori oralig‗ida 
havoning tabiiy sirkulyatsiyasi. 
1. Bino 2. Issiqlik tо‗plagich 3.Oyna 
Hozirgi vaqtda, aktiv quyosh sistemalaridan kо‗proq foydalaniladi. QEK 
(quyosh energiyasi kollektori) konturidagi issiqlik tashuvchi turiga qarab 
suyuqlikli va havo tizimligi bilan farqlanadi. QEK issiqlik tashuvchi suyuqlik 
yoki suv bо‗lishi mumkin, jumladan, 40-50% li etilen yoki propilenglikol 
eritmasi gazsimon simolasi organik issiqlik tashuvchi va boshqa bо‗lishi 
mumkin. Issiqlik tashuvchilarning har bir ma‘lum afzalliklarga va nuqsonlarga 
ega bо‗lishi mumkin. Masalan, havodan foydalanilganda muzlab qolish va 
zanglash muammosidan hal qilinadi, qurilma massasini yengilashtiradi, suyuq 
issiqlik tashuvchining sizib chiqishidan quriladigan zararni bartaraf qiladi va 
hokazo, ammo havoni KITning issiqlik bilan ishlaydigan qurilmalarnikiga 
qaraganda ancha past. Shuning uchun ham, suv shu vaqtgacha ishlatilib 


14 
kelinayotgan KIT qurilmalarida kо‗pincha issiqlik tashuvchi bо‗lib xizmat 
qiladi. 
1.3 va 1.4-rasmlarda havo va suv bilan ishlaydigan geliosistemalarnin 
prinsipial sxemalari berilgan. Bino ichida issiqlikni ventilyatsiya sistemalari 
bilan issiqlik tarqatuvchi panelga joylashtirilgan bо‗lib, radiator va konvektor 
shakliga ega, haroratli issiqlik tashuvchi bо‗lib, xizmat qilishi mumkin. 
1.4-rasm. Havoni isituvchi quyosh kurlimasi tizimining prinsipial sxemasi 
1. Quyosh energiyasi kollektori. 2. 
Shagalli issiqlik akkumulyatori. 
3. Ventilyator. 4.Sozlovchi klapan. 5.Qо‗shimcha issiqlik manbai 
1.5-rasm. Isitish va issiq suv ta‘minoti suyuqlik quyosh tizimining 
sxemasi. 
1.quyosh energiyasi kollektori; 2. quyosh energiyasi kollektori 
konturidagi issiqlik almashtirgich; 3. issiqlik akkumulyatori; 4. qо‗shimcha 


15 
energiya manbai; 5.bino; 6.nasos; 7. aralashtiruvchi jumrak; 8. issiq suv 
ta‘minoti konturidagi issiqlik almashtirgich 
Binoni isitish va issiq suv bilan ta‘minlash quyosh qurilmalari issiqlik 
uzatish kombinatsiyalashgan gelioyoqilg‗i tizimi tarkibiga kirib, is‘temolchini 
quyosh energiyasi hisobiga yillik issiqlik ehtiyojini tо‗la qoplashga xizmat 
qiladi. Issiqlikni zahira manbai mо‗ljaldagi issiqlik ehtiyojni tо‗la qoplashga 
xizmat qilishi kerak. Ayrim hollarda esa, gelioqurilmalar unumdorligidan tо‗la 
bо‗lmagan miqdorda foydalanib, qolgan qismini zaxirada saqlash imkoniyati 
ham yaratilishi mumkin. Buning uchun binolar xozirgi zamon issiqlikni tejash 
va energiyani saqlashning zamonaviy talablariga tо‗la javob beradigan bо‗lishi, 
uning barcha elementlari va gelioqurilmasi jixozlari ayniqsa puxta 
loyihalashtirilgan bо‗lishi kerak. Sanab о‗tilgan barcha shartlarga tо‗la rioya 
qilingan taqdirda quyosh energiyasidan foydalanish samaradorligining eng 
yuksak darajasiga erishish mumkin. 
Yassi (konseitratorsiz) quyosh qurilmalari, asosan issiqlik tashuvchining 
harorati 100° S dan oshmagan hollarda keng qо‗llaniladi. Bunday quyosh 
qurilmalaridan, asosan issiq suv va boshqa kо‗rinishdagi issiqlik olish 
maqsadida foydalaniladi. 
Qurilma quyosh energiyasi kollektori, issiq suv akkumulyator baki va 
ulanish quvurlaridan iborat bо‗ladi. Suv akkumulyatori bakining pastki 
tomonidan sovuq suv beriladi, yuqori tomonidan iste‘molchiga issiq suv 
uzatishganda (1.6-rasm). 


16 
1.6-rasm. Tabiiy aylanishli Quyosh suv isitgichining sxemasi. 1-Quyosh 
energiyasi kollektori; 2-issiq, suv akkumulyatori baki. 
Quyosh energiyasi hisobiga kollektordagi suv isib, akkumulyator bakiga 
yuqoridan quyiladi. Bak kollektordagi sovuq suv keladi va bu aylanish tabiiy 
davom etaveradi. Yuqori quvurdagi suvning о‗rtacha harorati pastki 
quvurdagiga qaraganda yuqoriroq bо‗ladi, suvning zichliga esa aksincha. Shu 
sababli suvning aylanishini hosil qiluvchi, bosimlar farqi hosil bо‗ladi. 
ΔP=qH(p
1
- p
2
), (1.1.)
bu yerda: q-erkin tushish tezlanishi, 9,81 m/s
2

I - quyosh kollektorining quyi satxi bilan bakka issiq suv quyilish 
joyigacha bо‗lgan masofa, m; 
R
1
- xarorat T, da pastki quvurdagi suvning zichligi, kg/m
3

r
2
- xarorat T2 da yuqori quvurdagi suvning zichligi, kg/m
3

Kо‗rinib turibdiki, suvlar haroratlarining farqi qancha kо‗p bо‗lsa, 
bosimlar farqi va suvning jadal harakati kо‗payadi. Termasifon tipidagi Quyosh 
suv isitkichlarining samarali ishlash shartlaridan asosiysi Hamma isitilayotgan 
yuzalarni issiqlik izolyatsiyalashdir. Issiqlik о‗tkazish koeffitsiyenti 0,04-0,045 
Vt/ (m.K) bо‗lgan mineral paxtadan tayyorlangan issiqlik izolyatsiyasi 50 ... 75 


17 
mm qalinlikda bakka uraladi. Uzatish quvurlariga uraladigan issiqlik 
izolyatsiya- larining qalinligi 25 mm dan 50 mm gacha bо‗ladi. 
Suvni qо‗shimcha isitish uchun elektr energiyasidan foydalanishga imkon 
bо‗lsa, u holda elektr isitgich bak ichining yuqori qismiga gorizontal holatda 
о‗rnatiladi. Aylanish jarayoni yaxshi bо‗lishi uchun quvurning yuqori qismi 
bilan bakni ulanish joyi umum bak balandligining 2/3 qismidan kam bо‗lmasligi 
kerak. Bunday shartlarga e‘tibor berilsa, bak balandligi bо‗yicha xarorat hosil 
bо‗ladi. Bakning yuqori qismida yuqori, pastki qismida esa past xarorat hosil 
bо‗ladi. Shu sababli kollektorga past xaroratli suv keladi, natijada kollektorning 
FIK kо‗payadi va Quyosh energiyasi samarali qо‗llaniladi. 
Sovuq iqlim sharoitlarida issiqlik tashuvchi modda muzlab qolmasligi 
uchun, muzlamaydigan issiqlik tashuvchilardan foydalaniladi. Masalan, suvni 
etilen yoki glitserin bilan aralashmasi. Bunday hollarda sxema ikki konturli 
bо‗ladi. Birinchi germetik muzlamaydigan issiqlik tashuvchi aylanadigan 
kontur. Ikkinchisi issiqlik almashgichdan oladigan iste‘mol suvi aylanadigan 
kontur. 
Katta obyektlarni suv ta‘minoti uchun majburiy aylanishli qurilmalardan 
foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Majburiy aylanishli quyosh suv 
isitgich qurilmasi 1.7 - rasmda keltirilgan. [3] 
1.7-rasm. Majburiy aylanishli Quyosh suv isitish qurilmasi. 1-Quyosh 
energiyasi kollektori; 2-akkumulyator-bak; 3- nasos; 4-klapan. 


18 
Sovuq iqlimlarda suv isitish qurilmalarini ikki konturligi qо‗llanilatsi. 
Ikki konturli suv isitish qurilmasining

Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin