O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus


 Quyosh energiyasi yordamida suv isitish tizimlarining umumiy tahlili



Yüklə 1,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/22
tarix13.08.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#139309
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
Quyosh energiyasi yordamida suv isitish tizimlarini

2.2. Quyosh energiyasi yordamida suv isitish tizimlarining umumiy tahlili 
Binolarni isitishda quyosh energiyasidan foydalanilsa bо‗ladi. Binolarni 
isitish sistemasi suv isitish sistemasiga о‗xshash bо‗lib, ulardan о‗lchamlari 
kattaligi bilan farq, qiladi. Kо‗pincha issiqlik tashuvchi vazifasida suv va 
havodan foydalaniladi. Isitish sistemasiiing asosiy tarkibi kollektor, 
akkumulyator, yuklama (isitiladigan xona yoki bino) va roslovchi qurilmalardan 
iborat bо‗ladi. Mо‗tadil iqlim sharoiti uchun isitish sistemasini qо‗shimcha 
energiya manbai bо‗lishi kerak. Sistemalarni loyihalash va hisoblashda quyosh 
va qо‗shimcha energiyalar orasidagi optimal nisbatni aniqlashga tо‗g‗ri keladi. 
Quyosh qо‗yi joylashganda ekvator tarafga qaratilgan Shimoliy yarim 
sharda, Janubga, Janubiy yarim sharda Shimolga qaratilgan katta oynali 
binolarda qish paytlari quyosh nurini tutish juda samaradorli bо‗ladi. 
Kollektor, akkumulyator va qо‗shimcha energiya manbai quyosh isitish 
sistemasining asosiy qismini tashkil qiladi. Bunday sistemalarni ekspluatatsiya 
sharoitiga bog‗liq holda tо‗rtta ish rejimiga ajratib qarash mumkin. 
A-rejim- Quyosh energiyasi tushayapti, binoning issiqlik ta‘minoti talab 
etilmayapti, unda kollektordan olinadigan hamma energiya akkumulyatorga 
tо‗planadi. 
V-rejim- Quyosh energiyasi tushayapti, binoning issiqlik ta‘minoti talab 
etilyapti, unda kollektordan olinadigan hamma energiya binoning issiqlik 
talabini qondirish uchun sarflanadi. 
S-rejim- Kuyosh energiyasi tushmayapti, binoning issiqdik ta‘minoti 
shart, akkumulyatorda energiya tо‗plami mavjud, unda binoni isitish 
akkumulyatordagi issiqlik energiyasi hisobiga amalga oshadi. 
D-rejim- Quyosh energiyasi tushmayapti, binoni isitish shart, ammo 
akkumulyatordagi energiya tugagan, unda binoni isitish qо‗shimcha energiya 
manbai hisobiga bajariladi. 
Mavjud sistemalarda beshinchi ish rejim ham bо‗lishi mumkin. Masalan, 
akkumulyator energiyasiga tо‗yingan issiqlikka talab yо‗q, kollektor energiya 


50 
ishlab berish mumkin. Bunday sharoitlarda energiyani tо‗plash yoki 
foydalanishga imkon bо‗lmay qoladi, ammo bu energaya sarflanishi kerak. 
Bunday hollar uchun qо‗shimcha ish rejimlarini kо‗rib qо‗yishga tug‗ri keladi, 
ya‘ni issiq suv ta‘minoti rejimi. Ayrim sistemalarda bir vaqtda bir necha ish 
rejimlarini bajarish mumkin. Qо‗shimcha issiqlik manbai va akkumulyatorni 
havo isitish sistemalarining keng qо‗llanilgan sxemasi varianti (2.11-rasm) 
keltirilgan. 
Uch yurishli zaslonka 
2.11-rasm
.
Havoli isitish sistemasining prinsipial sxemasi. 
Bu sistemada (2.11-rasm) energiyani akkumulyatsiyalash mahsuloti 
sifatida toshlar, energiyani kollektordan akkumulyatorga, sо‗ng binoga issiqlik 
tashuvchi sifatida Havodan foydalaniladi. ―Zaslonka‖ larning holatini belgilab 
tо‗rt rejim bajariladi. Ammo sistemada akkumulyatorga bir vaqtda energiyani 
tо‗plash va uni tarqatish rejimlarini bajarib bо‗lmaydi. Agarda yuk1amani 
ta‘minlash uchun energiya yetarli bо‗lmasa qо‗shimcha isitish energiyasini 
kollektor yoki akkumulyatordagi energiya bilan birgalikda binoni isitishga 
sarflash mumkin. 
Sistemada ventilyatorni qо‗llashdan maqsad shuki, kollektordagi bosim 
atrof-muxit bosimidan yuqori bо‗lishi, bu bosim evaziga kollektordagi issiqlik 
yо‗qolishini kamaytirish. 


51 
Havoli isitish sisgemalari boshqa, ya‘ni issiqlik tashuvchi sifatida suv 
olingan sistemalarga Qaraganda bir qator yutuqlarga ega. Havoli sistemalarda 
kollektordagi issiqlik tashuvchining muzlab qolish va issiqlik uzatilmagan 
davrda qizib ketish ehtimollari bо‗lmaydi. Bunday sistemalarda metallarning 
yemirilishi sezilarsiz, issiqlikni rostlash jihozlari esa holi о‗rnatilga. Havoli 
isitish sistemalarining kamchiliklaridan asosiylari - bu havo tо‗ldirilganda katta 
sarf, akkumulyatorning nisbatan katta hajmliligi va sistemaga oddiy absorbsion 
havo konditsionerini ulash qiyinligidir. 
Qо‗shimcha energiya manbali va akkumulyator bakli keng tarqalgan suv 
isitish sistemasining prinsipial sxemasi 
(
2.12-rasm
)
keltirilgan. 
2.12-rasm
. Suvli isitish sistemasining prinsipial sxemasi. 
Bu sistema quyosh kollektori, akkumulyator qismi, qо‗shimcha energiya 
manbai va yuk qismlari bir-biriga bog‗liksiz rostlash jarayonlarini bajarishga 
imkon beradi. Bunday sistemalarda quyosh energiyasi hisobiga qizdirilgan suvni 
akkumulyatorga tushishi va bir vaqtni о‗zida undan binoni isitish uchun issiqdik 
chiqarilishi mumkin. Bu sistemada qо‗shimcha issiqlik manbai hisobiga 
akkumulyatorni isitmaslikka imkon beradigan ―baypas‖ liniyasi kо‗zda tutilgan. 
Sistemaning yaxshi tomonlaridan issiqlik uzatish sistemasi va akkumulyatorda 


52 
umum-issiqlik tashuvchidan foydalanilganligi akkumulyatorni kichik hajmligi, 
sistemada absorbsion havo konditsioneridan foydalanishga imkon borligidadir. 
Ammo sistemada issiqlik tashuvchi sifatida suvdan foydalanish ayrim 
qiyinchiliklarga olib keladi. Masalan, kollektorni muzlab qolish ehtimolidan 
saqlash, sistemada yemirilish havfini borligi va hokazolar. [2] 

Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin