O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus


Kombinatsiyalashgan tizimlarni isitish tizimida qо„llanishi



Yüklə 1,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/22
tarix13.08.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#139309
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22
Quyosh energiyasi yordamida suv isitish tizimlarini

Kombinatsiyalashgan tizimlarni isitish tizimida qо„llanishi 
Odatda, bir necha tizimlar qо‗shilgan holda yaratilgan quyosh isitish 
tizimidan ham foydalanish mumkin, masalan, aktiv va passiv tizimlar 
elementlarini о‗z ichiga oladigan gibrid tizimlar kо‗proq qо‗llaniladi. 
Issiqlik uzatishning kombinatsiyalashgan gelioissiqlik nasoslari tizimi 
ancha afzalliklarga ega bо‗lib, unda issiqlik nasoslari ketma-ket va parallel 
ulangan sxemada bо‗lishi mumkin. Bundan tashqari QITga bog‗lantiruvchi 
issiqlik nasosidan ham foydalanish mumkin.. 
Issiqlik nasosi bog‗lantirgichni oynasiz quyosh energiyasi kollektorini 
(QEK) binoning tо‗sqich konstruksiyasi bilan birgalikda quriladigan «energetik 
tom» yoki «energetik fasad» hosil bо‗ladi, bu esa quyosh energiyasidan, atrof 
muhitdagi kо‗rinib turgan va yashirin issiqlikdan foydalanish imkonini beradi. 


47 
Kompressorlar binoni isitish va issiq suv bilan ta‘minlash quyosh 
qurilmalari issiqlik uzatish kombinatsiyalashgan gelioyoqilg‗i tizimi tarkibiga 
kirib, is‘temolchini quyosh energiyasi hisobiga yillik issiqlik ehtiyojini qismini 
qoplashga xizmat qiladi. Issiqlikni tо‗la qoplash xizmat qilish kerak. 
Gelioqurilmaning tо‗g‗ri ishlash uchun ma‘lum bir shartlarni bajarish 
zarur. Tizimni ish holatida saqlash bо‗yicha, asosiy qoidalardan biri tashqi muhit 
ta‘siri ostida bо‗lgan panellarni davriy ravishda tozalab turishdan iborat. Bundan 
tashqari proflaktik kuriklarni о‗tkazish amaliyoti mavjud. Bunga tutashish 
joylari, muftalar, birikmalar va boshqalarni tekshirish kiradi. Shu bilan birga, 
qurilmaning samarali ishlashini ta‘minlovchi nazorat qurilmalari harorat 
datchiklari va klapanlar ishlarini tekshirish zarur. Kuzgi qishgi mavsum oldidan 
tekshirish о‗tkazish va zarur bо‗lsa, birlamchi konturda antifirizni almashtirish 
zarur. Uncha katta bо‗lmagan gelioqurilmalardan foydalanishda (misol uchun, 
shaxsiy uylarda) foydalanuvchining o‘zi davriy ravishda tizimini texnik 
quriqdan о‗tkazilishi mumkin. Katta qurilmalar ekspluatatsiyasi bilan 
ixtisoslashtirilgan tashqilotlar shug‗ullanishi mumkin. 
Quyosh radiatsiyasi - amaliy jixatdan qaraganda tugamaydigan va 
ekalogik sof , Yer yuzasida esa-1,2 × 10
14
kVt ga teng. Yerga yetib keladigan 
quyosh energiyasining yillik
umumiy miqdori 1,05 × 10
18
kVt soatni tashkil qiladi, shu jumladan quruq 
yuzasiga yetib 
keladigan miqdori 2 × 10
17
kVt soatni tashqil etadi. Yetib keladigan 
quyosh energiyasi 1.5% bо‗lgan qismidan ekologik muhitga hech kanday zarar 
yetkazmagan holda foydalanish mumkin. 
Tropik zonalarda va sahrolarda quyosh nurlari oqimining sutkalik о‗rtacha 
intensivligi 210’250 Vt/m
2
(18’21,2 MDt/m
2
ga teng, Markaziy Osiyoda 
130’210 Vt/m
2
)ga, maksimal kattaligi esa 1000 Vt/m
2
gacha yetadi. О‗rta Osiyo 
respublikalarida yillik quyosh nurlari miqdori 2700’3035 soatni tashqil etadi. 
Kavkaz orti respublikalarida 2130’2520 soatni, Ukrainada va Moldaviyada 
2000’2080 soatni tashqil etadi. Bir yilda 1 kv.m gorizontal yer sirtiga 


48 
tushadigan quyosh energiyasi miqdori Ashxabodda 1720 Vt/soat, Odessada 
1345 Vt/soat , Moskvada 1015 Vt/soatga teng keladi. Geliotexnika qurilmalari 
yordami bilan shu energiyaning 10-15 foizidan foydalanish mumkin. 
Isroilda esa quyosh nurlanishining tushayotgan oqimi yuqori zichligi 
tahminan 2000 Vt/ m
2
ni tashqil qiladi. Shu bilan birga mamlakat tabiiy 
energetika resuslariga ega emas; elektr energiyasi va yoqilg‗i kо‗mir neftni 
import qilish asosida olinadi. Hozirgi paytda mamlakat elektr energiyasi 
generatsiyalashgan quvvati tahminan 6,5 GVt ni yoki aholi jon boshiga qariyib 1 
kVt ni tashqil qiladi-bu kattalik so‘nggi yillarda kо‗tarildi, chunki hayotning 
barcha sohalarida elektr energiyasiga ehtiyoj kuchaydi. Bunday hol quyosh 
energiyasidan foydalanish sohasidagi yangi ishlanmalarga turtki berishi tabiiy. 
Bundan tashqari ulkan chо‗l hududlarining mavjudligi (mamlakat butun 
hududining tahminan 60 foizni tashkil qiladi) mazkur maydonlarni energetika 
quvvatlarini olish uchun qullash imkoniyatlarini izlab topishga majbur qiladi. 
Quyosh issiqlik energiyasidan binolarni isitish uchun muvaffaqiyatli 
qо‗llanilmoqda. quyosh energiyasidan foydalanib isitilgan yoki suyuqlikning 
harorati (50
0
S atrofida) pol ichida isituvchi yoki «ventilyator zmeyevik» turli 
tizimlarida foydalanish uchun yetarlidir. Oddiy issiq suv radiatorlarini qullash 
maqsadga muvofiq emas, chunki kollektordan chiqishdagi ishchi harorat yetarli 
darajada past (80
0
S atrofida). quyosh isitgichning asosiy afzalligi shubhasiz past 
qiymatligidir. Shunga qaramasdan agar qо‗shimcha (rezerv) qurilmani uz 
vaqtida ishga solinmasa, binodagi issiqlik zahirasi yо‗qolishi mumkin. Chunki 
yilning sovuq davrida issiqlikka bо‗lgan talab yuqori bо‗ladi. Boshqa kamchiligi 
«ventilyator zmeyevik» Odatda, isitish qurilmasi issiq suv ta‘minoti tizimi bilan 
boshqaruvchi moslama orqali birlashtiriladi. Boshqaruvchi moslama issiq suvga 
talab bо‗lganda qurilmani ishga tushiradi yoki harorat past bо‗lganda isitish 
tizimini foydalaniladigan issiq suv bilan ta‘minlaydi. Energiya tejashining 
boshqa yо‗li bu markaziy issiqlik ta‘minoti tizimida quyosh isitish 
qurilmalaridan foydalanish. Bunday holda yig‗uvchi yuza maydoni 500 m
2
dan 
katta bо‗lishi kerak bо‗ladi. 


49 

Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin