56
Mehnat muhofazasining asosiy vazifalaridan biri, ishchilarga xavfsiz ish
sharoitini yaratib berishdan iboratdir.
Xavfsiz ish sharoiti, ya'ni mehnat
xavfsizligi – bu ishlab chiqarish sharoitida ishchilarga barcha xavfli va zararli
faktorlar ta'siri bartaraf etilgan mehnat sharoiti holatidir.
Ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar ishlab chiqarish sharoitida ko'pgina
fizik va kimyoviy faktorlar ta'sirida yuz beradi. Bunday xavfli faktorlarni yuzaga
kelishi texnologik jarayonlarning harakatiga, shu jihozlarining konstruksiyasiga
mehnatni tashkillashtirish darajasiga va shu kabi bir qancha omillarga bog'liq
bo'ladi. Xavfli faktorlar yuzaga kelish harakteriga bog'liq holda real va yashirin
bo'lishi mumkin. Real xavf aniq ko'zga ko'rinarli
tashqi belgilari bilan
xarakterlanadi. Masalan, mashinaning harakatlanuvchi kismi, ko'tarilgan yuk va
boshqalar. Yashirin xavf mashina, mexanizmlar va shu jihozlarida yashirin
nuqsonlar, nosozliklar bo'lishi
bilan xarakterlanib, ma'lum bir sharoitda xavfli
holatga avariyaga olib keladi. Yashirin xavflarga ish joyining tartibsizligi,
iflosligi, xavfsizlik talablariga javob bermasligi, ish jihozlari va moslamalaridan
noo'rin, ya'ni boshqa maqsadlarda foydalanish, uzilgan elektr simlari, ishchining
xato va noto'g'ri harakati kabilar ham kiradi.
Ishlab chiqarishda
jarohatlanishlarni oldini olish bu murakkab kompleks muammo hisoblanib,
birinchi navbatda mashina va mexanizmlarni loyihalash bosqichida xavfsizlik
talablariga katta e'tibor berishni talab etadi.
Xavfsizlikni ta'minlovchi texnik vositalar.
Ishlab chiqarishda xavfsizlikni
ta'minlash asosan quyidagi tadbirlar yordamida amalga oshiriladi:
а) Texnikalarni xavfsizlik talablari asosida
loyihalash va tayyorlash;
б) Xavfdan himoyalanishning injener – texnik vositalardan foydalanish;
в) Xavfsiz texnologik jarayonlarni tadbiq etish;
г) Ishchilarni xavfsizlik texnikasi bo'yicha malakali o'qitish;
д) Xavfsiz ish joyi va ish sharoitini takomillashtirish.
Yuqorida ta'kidlangan tadbirlar amalda kompleks holda qo'llanilgandagina
ijobiy natijalarga to'liqroq erishiladi. Vaholanki, ushbu tadbirlarni ishlab chiqish,
57
birinchi navbatda xavfning turini, uning kelib chiqish sabalarini o'rganishni talab
etadi.
Xavfning turi va kelib chiqish sabablariga bog'liq holda xavfli faktorlardan
himoyalanish usullari ikki xil: aktiv va passiv turlarga bo'linadi.
Aktiv himoya xavfli faktorlarni hosil bo'lishini yoki uning ta'sir darjasini
kamaytirishga yo'naltirilgan bo'ladi.
Passiv himoya xavfli faktorlarni insonga ta'sirini bartaraf etishga qaratilgan
tadbirlar majmuidan bo'lib,
u ishni tashkil etish, shaxsiy himoya vositalaridan
foydalanish, xavfsizlikni ta'minlovchi texnik vositalardan foydalanish yo'llari
orqali amalga oshiriladi.
Xavfsizlikni ta'minlovchi texnik vositalar jumlasiga to'siqlar, saqlash
qurilmalari,
blokirovkalash moslamalari, signalizasiya, masofadan boshqarish
jihozlari va tormoz qurilmalari kiradi.
Dostları ilə paylaş: