O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus


sxemasi 1.8. rasmda keltirilgan



Yüklə 1,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/22
tarix13.08.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#139309
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Quyosh energiyasi yordamida suv isitish tizimlarini

 
sxemasi 1.8. rasmda keltirilgan. 
 
1.8-rasm. Kuyosh suv isitish qurilmasining ikki konturli sxemasi 
1-quyosh energiya kollektori; 2-issiqlik almashgich; 3-issiq suv 
akkumulyatori; 4-gaz qozoni; 5-nasos; 6-kengaytirish о‗agi;
7-avtomatik aralashtiradigan klapan. 
Quyosh kollektori, issiqlik almashgich, aylantiruvchi nasos va 
kengaytirish bakidan iborat birinchi konturda muzlamaydigan issiqlik tashuvchi 
modda qо‗llanilatsi. Ikkinchi kontur akkumulyator baki, nasos va issiqlik 
almashgichdan tashkil topgan bо‗ladi. Sovuq suv akkumulyator bakining pastki 
tomonidan beriladi, issiqlik almashgichda isigan suv bakning yuqori qismiga 
boradi, u yerdan avtomatik aralashtiradigan klapan va gaz qozon orqali 
iste‘molchilarga beriladi. Quyosh kollektoridan tashqari hamma jixozlar bino 
ichiga о‗rnatiladi, shuning uchun sistemadan yilning sovuq paytlarida ham 
foydalanilsa bо‗ladi. Gaz qozoni issiq suv haroratini kerakli darajada olish 
uchun qо‗llaniladi. Quyosh radiatsiyasi kam va yo‘q paytda issiq suv ta‘minoti 
gaz qozoni yordamida amalga oshiriladi. 


19 
Iqtisodiy nuqtai nazaridan qaralganda, Quyosh energiyasi hisobiga issiq 
suv ta‘minoti yuklamasini 80% ini koplasa bо‗ladi, shuning uchun KEK bilan 
birgaliqaa qо‗shimcha energiya manbaidan (KEM) foydalaniladi. KEM energiya 
berishning har xil sxemalari 1.9-rasm keltirilgan. KEM sifatida elektr isitgich 
yoki issiqlik qozonlaridan foydalanish mumkin. 
Qо‗shimcha energiya tо‗g‗ridan-tо‗g‗ri akkumulyator bakiga berilganda 
(1.9-rasm) kollektordagi issiqlik tashigichning о‗rtacha harorati kо‗tariladi, 
uning FIK va issiqlik unumdorligi kamayadi hamda qо‗shimcha energiya 
iste‘moli kо‗payadi. Bu shuni kо‗rsatadiki, quyosh energiyasidan foydalanish 
samaralirok bо‗ladi. Bunday holda kollektorda issiqlik tashuvchining о‗rtacha 
harorati past, uning FIK va issiqlik unumdorligi yuqori bо‗ladi. 
Qо‗shimcha energiya manbaidan issiqlik energiyasini sovuq suvga berish 
sxemasi 1.9-rasm keltirilgan bо‗lib, yetarli qulaylikka ega emas, chunki sovuq 
suvning bir qismi quyosh energiyasi hisobiga isitiladi. 
Katta energetik sistemalarida yassi kollektorli qurilmalarini qо‗llash 
mumkin. Bunday energetik qurilma sxemasi 1.9-rasm keltirilgan. 


20 
1.9-rasm.
Qо‗shimcha energiya manbaidan issiq, berish sxemasi. 
a) qо‗shimcha energiya manbaini tо‗g‗ridan-tо‗g‗ri akkumulator- о‗zagiga 
ulash; b) qо‗shimcha energiya manbaini Quyosh energiyasi bilan ketma-ket 
ulash; v) qо‗shimcha energiya manbaini sovuq suvga ulash sxemalari. 
1.10-rasm
.
Energetik qurilma sxemasi. KEK-B quyosh energiya kollektori 
B-bug‗latgich; K-qizdirgich; T- trubogenerator; K-kondensator; N-nasos. 


21 
Qurilma asosan quyosh kollektorlari tо‗plami issiqlik almashgich, 
trubogenerator elektr nasos va о‗tkazish quvurlaridan tashkil topgan. Qator 
quzg‗almas quyosh kollektorlari orqali yopik zanjir buylab aylanayotgan issiq 
suv kondensatorlarni sovutish uchun foydalaniladi. Ishchi jism (freon yoki 
yengil bug‗lanuvchi modda) issiqlik manbai hisobiga bug‗lanib bosim hosil 
qiladi. Ishchi jism usti berk trubogeneratorda kengayadi va kо‗tarilgan suv bilan 
sovutiladi, keyin nasos yordamida kondensat yangitdan bug‗latgichga uzatiladi. 
Turbina elektr generatorini harakatlantiradi, natijada mexanik energiya 
iste‘molchiga beriladi. Ishchi jism konturi germetik berk bо‗ladi. 
Quyosh termodinamik elektr energiyasi ishlab chiqarish qurilmasi О‗rta 
Osiyo va Kozogiston Respublikalari sahrolarini о‗zlashtirish uchun birdan bir 
samarador vosita hisoblanadi. Bunga о‗xshash qurilmalarni chuchuk suv 
manbalari va elektr uzatish liniyalaridan 30 km dan uzoqaa joylashgan obyektlar 
uchun kо‗rish iqtisodiy maqsadga muvofiq hisoblanadi. [3] 

Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin