O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus


II –BOB. QUYOSH ENERGIYASIDAN ISSIQLIK MANBAI



Yüklə 1,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/22
tarix13.08.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#139309
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
Quyosh energiyasi yordamida suv isitish tizimlarini

II –BOB. QUYOSH ENERGIYASIDAN ISSIQLIK MANBAI 
SIFATIDA FOYDALANISH YO‟LLARI. 
2.1 Quyosh kollektorlarini konstruksiyalari. 
Yerdagi hayot millionlab yillar davomida quyosh bilan bog‗langan bo‗lib, 
buni quyidagi misollarda, birinchi navbatda, yorug‗lik bilan bog‗liq bo‗lagn 
fotosintez jarayonida ko‘rish mumkin. 
Ma‘lumki, o‗simlik yaproqlarida yashil modda-xlorifill bo‗lib, yorug‗lik 
energiyasi ta‘sirida karbonat angidrid gazi va suv hisobiga organik modda hosil 
qiladi. Bu jarayonda karbonat angidridni havodan, suvni esa ildizlar orqali 
tuproqdan oladi. Natijada o‗simlik tanasida uglerodlar, oksil, yog va boshqa 
murakkab moddalar to‗planadi. Bu kishi organizmi uchun uning sog‗ligi uchun 
zarur moddalar hisoblanadi. 
Ikkinchidan, hozirgi kunda insonlar foydalanayotgan organik yoqilg‗ilar 
toshko‗mir, torf, tabiiy gaz, neft va boshqalar.Bir vaqtlar fotosintez jarayonida 
quyosh energiyasi hisobiga hosil bo‗lgan. 
Aniqlanishicha, Yerdagi yoqilg‗i zapasi chegaralangan bo‗lib, jami 
energiya zapasi 198×10
21
J ni tashkil etadi. Bu energiyaning katta qismi (94%) 
kattik yoqilg‗ilarga, qolgan qismi esa gaz va suyuq yoqilg‗ilarga to‗g‗ri keladi.
Yerdagi hayot uchun muhim omillardan biri, suvning aylanishidir. quyosh 
nurlari ta‘sirida Yer yuzasidan, ko‗llardan, dengizlardan va okeanlardan suv 
bug‗lanib, atmosferaga ko‗tariladi. Natijada bo‗lutlar hosil bo‗lib, ma‘lum bir 
sharoitlarda yomg‗ir, qor shaklida Yer yuzasiga qaytib tushadi va yog‗in-
sochindan daryolar, qo‗llar hosil bo‗ladi. Daryolar suvi energiyasidan esa elektr 
energiyasi olishda foydalaniladi. Shu bilan birga, yog‗in-sochin o‗simliklarning 
o‗sishi uchun ham eng zarur sharoitlaridan biridir. 
Quyosh nurlari ta‘sirida Yer sathining turli qismlari bir xil isimaydi, 
natijada atmosferada shamol hosil bo‗ladi. Shamol energiyasidan ham amaliy 
maqsadlar uchun 


25 
foydalanish mumkin, chunki uning yillik o‗rtacha energiya zapasi 1,66 - 1O20 J 
ni tashqil etadi. 
Sayyoramizning issiqlik balansini shaklantirishda ham quyosh energiyasi 
asosiy rol o‗ynaydi, masalan quyosh radiasiyasi hisobiga yer yuzasida issiqlik 
taqsimoti amalga oshiriladi. Issiq havo oqimi faqat materiklardan ob-havo va 
iqlim sharoitlarini vujudga keltirmasdan, balki okeanlarda ham iliq oqimni 
yuzaga keltiradi. 
Issiqlik quyosh energiyasi - bu foydalanishda eng sodda va amaliy 
qo‗llanish nuqtai nazariga ko‗ra, istiqbolli qayta tiklanadigan energiya manbasi 
hisoblanadi. Undan foydalanish bevosita insonning kundalik ehtiyojlari bilan 
bog‗liq va issiq suv isitish xar bir insonning kundalik ehtiyojlari safiga kirar 
ekan, dolzarb bo‗lib qolaveradi. 
Insonlarning turmush tarzi, mehnat faoliyati, jamiyatdagi ko‗pgina 
harakatlarida turli xil energiyalardan keng foydalanishiga to‗g‗ri keladi. Albatta, 
bu bilan mehnat tarzini anchagina yengillashtirish mumkin. Bundan ko‗rinib 
turibdiki, hozirgi davrda insonlar faoliyatini turli xil energiya manbalarisiz 
ta‘savvur etib bo‗lmaydi. Energiya manbalariga bo‗lgan ehtiyoj birgina tabiat 
tomonidan in‘om etilgan energiyalar bilangina qondirilib bo‗lmaydi. Insonlar bu 
masalani hal etishda, ya‘ni energiya manbalariga bo‗lgan ehtiyojni qondirish 
maqsadida turli hil yul va usullar bilan noa‘nanaviy energiya manbalarini o‗ylab 
topmoqdalar. Tabiat tomonidan sodir etiladigan har bir voqea va hodisadan 
unumli foydalana bilish natijasida cheksiz energiya manbalariga ega bo‗lish 
mumkin bo‗ladi. Shu o‗rinda qadimda ota-bobolarimiz keng foydalangan 
shamol va suv tegirmonlari hamda shu holdagi turli hil uskuna hamda, 
qurilmalarni ko‗z o‗ngimizga keltiraylik. Hozirga kelib zamon taraqqiyoti 
natijasida yana bir qator yangi energiya manbalari kashf etilmoqda. Shamol 
energiyasi, daryo va okeanlardan olinadigan, quyosh energiyasi, atom 
energiyalari, issiqlik reaktorlari, termoyadro energiyalari, vodorod energiyalari, 
fotosintez hamda biomassa energiyalari shular jumlasidandir. qisqacha qilib 
aytadigan bo‗lsak, jamiyatimizdagi barcha iste‘mol mollari, qo‘yingki inson 


26 
ehtiyoji uchun zarur bo‗lgan har bir maxsulot zaminida, ularni ishlab-chiqarish 
va tayyor maxsulot holatiga keltirguncha, energiya muhim ahamiyat kasb etadi. 
Bu energiya manbalaridan foydalanish va uni inson izmiga bo‗ysundira 
olish bilangina aniq bir maqsadga erishish mumkin. Energiya manbalari turli hil 
bo‗lib, ularni birma-bir o‗rganib chiqish natijasida, keyinchalik ulardan unumli 
foydalana olishimiz uchun cheksiz imkoniyatlar vujudga keladi. 
Bugungi kunda jaxon tajribasi shuni ko‗rsatadiki, energiya tashuvchi 
muhit bahosining o‗sishi bilan bog‗liq ravishda, ikkinchi tomondan quyosh 
issiqlik energiyasidan foydalanish texnologiyasining rivojlanishi bilan bu 
energiya manbasi raqobatbardosh bo‗lib bormoqda, ya‘ni an‘anaviy energiya 
manbasi bilan bir hil sharoitda qo‗llanishi mumkin. 
So‘nggi 
yillarda 
Yevropa 
Hamjamiyati 
mamlakatlarida 
quyosh 
energiyasining bilan bog‗liq ravishda keyingi yillarda quyosh energiyasidan 
foydalanishning ahamiyati Germaniya, Belgiya, Lyuksemburg, Daniya kabi 
mamlakatlarda ham keskin oshdi. 
Mamalakatimiz hududidagi tabiiy va iqlimiy sharoitlarning turli 
tumanligi, shimoliy va janubiy tumanlar orasidagi katta farqlar bilan past 
tekisliklar, tog‗li tumanlar borligi bilan tavsiflanadi. 
Lekin, shunga qaramasdan, mamlakatimiz hududining katta qismi quyosh 
radiasiyasining intensivligiga va uning ta‘siri davomiyligiga ko‘ra quyosh 
energiyasidan foydalanish masalasi istiqbolli hisoblanadi. 
Qurilma yuzasining inzolyatsiya kattaligiga qator omillar ta‘sir qiladi. 
O‗zbekiston sharoitida bu kattalik o‗rtacha 1 kVt /m2 ni tashqil qiladi. 
Quyosh nuri oqimining zichligi asosiy omil hisoblanib, gelioenergetik 
loyihalarni amalga oshirishda va gelioqurilmalarni ishlatishda hisobga olish 
zarur. Chunki, u bevosita ularning qo‗llanish va boshlang‗ich kapital 
qo‗yilmalar hajmiga ta‘sir qiladi. 
Shu sababli, aniq gelioenergetik loyihani amalga oshirishga kirishishdan 
oldin, obyekt joylashgan mintaqadagi quyosh nurlari miqdori ko‗rsatkichlari 


27 
haqida ma‘lumotlarni tahlil qilish zarur. Bundan asosiy maqsad, aniq amaliy 
ehtiyojlarni qondiruvchi quyosh qurilmasini tanlashdan iborat. 
Unchalik katta bo‗lmagan qurilmani tanlashda yoki unchalik katta 
bo‗lmagan loyixani amalga oshirishda montaj qiluvchi tashkilot mutaxassislari 
tajribasi yoki analogik qurilma bilan tanishish yetarli bo‗lishi mumkin. Shunga 
qaramasdan, murakkabroq va miqyosi kengroq loyihalarni ko‘rib chiqishda 
texnik-iqtisodiy asoslashni tanlash zarurati kelib chiqadi. Bunda uskuna 
is‘temolchi yoki buyurtmachi o‗xshash qurilmalar haqida yetarlicha, aniq 
tasavvurga ega bo‗lish kerak. 
Mamlakatimizda ikkilamchi energiya manbasidan, shu jumladan quyosh 
energiyasidan foydalanishga qiziqish muttasil ortib bormoqaa. 
Shuningdek, turli maqsadlarida (issiq suv ta‘minoti, isitish, quritish va 
hokazo) past potensialli quyosh energiyasidan samarali va amaliy 
foydalanishning qator misollari bor. 
Tobora ko‗p sonli xo‗jalik rahbarlari o‗zlarining korxonalari energiya 
ta‘minoti muammolarni yechishda bunday yo‗lning katta imkoniyatlariga jiddiy 
e‘tiborni qaratishlari noan‘anaviy energiya manbalaridan bugungi kun 
talablaridan biri hisoblanadi. 
O‗rta Osiyo mamlakatlarida iqlim yozda isiq, qishda sovuq bo‗ladi. Qish 
oylarida kun davomida harorat sezilarli darajada o‗zgarib turiladi, ya‘ni kechasi 
-10°S dan quyi bo‗lsa, kunduzi +15°S dan yuqori, yoz oylari kun davomida 
harorat yetarli darajada o‗zgarmaydi. Tekshirishlar natijasi bo‗yicha o‗rtacha 
kunlik harorat 
29,6 dan 35,1°S gacha o‗zgarib turadi. Shu sababli, Quyosh qurilmalari 
ichida O‗rta Osiyo sharoitida yuqori samara beradigan, yaxshi tekshirilgan va 
keng ko‗lamda ishlatish hozirning o‗zida mumkin bo‗lgan qurilma bu individual 
mavsumiy quyosh suv isitgich qurilmalaridir. 
Shuning uchun bu bo‗limda bunday qurilma asosiy konstruktiv unsurlari 
ko‗rib chiqiladi va shu bilan bir qatorda ularga quyiladigan talablar umumiy 
xususiyatlari ko‗rsatiladi. 


28 
2.1-rаsm.Quyosh kollеktorininг tаshqi kо‗rinishi 
Bunday qurilmalar ishlash prinsipi oddiy. U maxsus qurilmalar-quyosh 
kollektorlari tomonidan quyosh energiyasini singdirishga va uni is‘temolchi 
tomonidan keyin foydalanish uchun issiqlikni saqlash tizimiga uzatishga 
asoslangan. [2] 
Gelioqurilmalarni o‗rnatish vaqtida mahkamlash moslamalari elementlar 
sifati katta ahamyatga ega. Chunki quyosh kollektori katta va og‗ir bo‗ladi (o‗rta 
hisobda 2 metr kv.ga 50 kg og‗irlik to‗g‗ri keladi) Yuqorida aytib o‗tilganidek, 
tayanch va maxkamlash moslamalarini ishlab chiqishda kollektorning gorizontal 
va vertikal tekisliklarda joylashishini hisobga oluvchi shartlardga rioya qilinishi 
kerak. Kollektorlar yetarli darajada katta yuzaga (odatda 2 m kv.) ega bo‗ladi. 
Shuning uchun, yiguvchi panelning turli yiguvchi qismlarini mahkamlashda 
shamol kuchi va yo‗nalishini hisobga olish kerak, ya‘ni bir jiddiy narsa 
kollektordan suyuqlikning sizib yoki oqib chiqishining oldini olish, ayniqsa u 
bino oldi tomoniga cherepitsiyali yoki tekis tomda joylashgan bo‗lsa yanada 
muxim ahamiyat kasb etadi. [3] 
Quyosh suv isitgich qurilmasi namunaviy konstruksiyasi tizimi 5-6-
rasmlarda ko‗rsatilgan. Rasmdan ko‗rinib turibdiki, qurilma 4 ta asosiy 
qismlardan tuzilgan: kollektor tizimi -issiqlik saqlash tizimi -taqsimlash va 
is‘temol tizimi -nazorat qilish


29 
2.2-rasm. Bir konturli qurilma tizimi chizmasi 
1-quyosh 
kollektori 2-sirkulyatsiya nasosi 3-bak,akkumulyator
4-datchik sozlagich 5-nazorat qilish va boshqarish qurilmasi 
2.3-rаsm. Ikki konturli qurilmа tizimi chizmаsi 
1-quyosh 
kollеktori 2-sirkulyatsiya nаsosi 3-bak, аkkumulyator
4-datchik sozlагich 5-nаzorаt qilish va boshqarish qurilmаsi 6-issiqlik 
аlmаshtirгich 


30 
Quyosh kollektori shunday qurilmaki, u quyosh nurlari oqimini qabul 
qilib, bu oqim energiyasini issiqlikka aylantirib, uni isitilayotgan suyuqlikka 
issiqlik tashuvchiga uzatadi. Kollektorlarning eng ko‗p tarqalgani shishali yassi 
quyosh kollektori hisoblanadi. Undan tashqari bir qator murakkab kollektorlar 
ishlab chiqilmoqda va amaliyotga tadbiq etilmoqda. Vakuum kollektorlari 
shunday kollektorlardan hisoblanadi. 
Quyosh nurini yig‗uvchi, harakatlanuvchi va boshqa tuzilishga ega 
bo‗lgan kollektorlarni bir qatorining konstruksiyalari yaratilmoqda. Ular o‗rta va 
yuqori haroratda ishlatish uchun mo‗ljallangan. Lekin, shunga qaramasdan, 
quyosh suv isitgichlari konstruksiyalarida yassi quyosh kollektorlari 
ishlatilmoqda. 
2.4-rаsm. Yassi quyosh kollеktori chizmаsi. 
1. Shаffof yopkich 2. Yig‘uvchi yuza 3.Qaytargich ekran 4. Issiqlik 
o‗tkazmaydigan qatlam 5. Korpus 
Suv isitishga mo‗ljallangan yassi quyosh kollektori har xil materiallardan 
(po‘lat, gips, alyuminiy, plastmassa va boshqalar) tayyorlanishi mumkin. Lekin, 
ularning ishlashi bir xil prinsipga asoslangan. 


31 
Bu- «Parnik effekti» deb atalib, quyosh energiyasini singdirish va uni 
minimal yo‗qotishlar bilan issiqlik energiyasiga aylantirishdan iborat. 
Quyosh kollektorlari konstruktiv jihatdan bajarilishiga ko‘ra turlicha 
bo‗lishi mumkin. Lekin, shunga qaramasdan konstruksiyalar quyidagi sanab 
o‘tiladigan bir qator o‗xshash unsurlarga ega. 
a).Yig‗uvchi yuza - quyosh kollektorlarining asosiy unsuri hisoblanadi. 
Odatda u misdan tayyorlanadi. Lekin, ba‘zi hollarda, alyuminiy va 
plastmassaning maxsus turlari qo‗llanilishi mumkin. Yig‗uvchi yuza g‗ovak 
quvurlar qatoridan tashkil topadi. U quvur ichida aylanayotgan suvga quyosh 
issiqligini beradi. Quyosh nurlari tushayotgan yuza shunday xususiyatga ega 
bo‗lishi kerakki, energiya yo‘qolishining minimal darajasida nur oqimining 
singishi maksimal bo‗lishi kerak. Bunday sifatga ega bo‗lgan yuzalar hosil qilish 
texnologiyasi bizga ma‘lumki, selektiv qoplama bilan qoplashdan iborat. Har bir 
ishlab chiqaruvchi ko‗p hollarda, uz «nou-xau»sini qo‗llaydi. Ba‘zi hollarda 
selektiv koplamalar bilan qoplash o‗rniga kollektorning ishlash davri davomida 
quyosh nuri ta‘siri va haroratning sikllik ravishda o‗zgarishiga chidamli bo‗lgan 
maxsus bo‗yoqlar bilan yuzani qoplashda foydalaniladi. Yig‘uvchi yuzalarning 
ko‗plab shakllari mavjud. Lekin, ularning ko‗pchiligi po‗lat konstruksiyali 
«Payvandlangan yuzalar» prinsipi asosida (2.4-rasm) yoki misdan tayyorlangan 
buyum uchun to‗siqli quvurlar panjarasi ko‗rinishida bo‗ladi. [12] 
Quyosh kollektorlarining o‗lchamlari turlicha 0,5 dan 4 m
2
gacha bo‗lishi 
mumkin, lekin, ko‗p hollarda u 2 m
2
atrofida bo‗ladi. 
b) 
Shaffof qoplama 3 ta asosiy funksiyani bajaradi: «Parnik effekti»ni 
yuzaga keltirish, tashqi muhit ta‘siridan kollektorni himoya qilish, energiya 
yo‘qolishini kamaytirish. 
Plastmassadan tayyorlanadigan shaffof qoplamali kollektorlarning 
qo‗llanishi mavjud konstruksiyaning og‗irlik va tannarhini kamaytiradi. 
Konstruksiya mustahkamroq bo‗ladi va shunga mos ravishda mexanik ta‘sirga 
chidamli bo‗ladi. Ammo, plastmassa tez eskiradi, ya‘ni atmosfera ta‘siriga u tez 
kirishadi va uning o‗tkazish qobiliyati tushib ketadi. Shular bilan bog‗liq holda 


32 
qoplama sifatida maxsus sifatga va yuqori o‗tkazish qobiliyatga ega bo‗lgan 
shishadan ko‗proq foydalaniladi. Shishaning qalinligi 4 mm dan kam 
bo‗lmasligi kerak. 
v).Issitslik izolyatsiyasi - energiyaning tashqi muhitga sochilishi hisobiga 
yo‘qolishini kamaytirish uchun xizmat qiladi. Kollektorning yon tomonlari va 
pastki yuzasi issiqlik izolyatsiyasi bilan qoplanadi. Odatda, izolyatsiyalovchi 
ashyo sifatida shisha tola, mineral paxta, penoplas va boshqa issiqlik 
o‗tkazuvchanligi kam bo‗lgan materiallardan foydalaniladi. Bundan tashqari
izolyatsiyalovchi va yiguvchi yuzalar o‗rtasida qaytaruvchi ekran joylashtiriladi. 
U bu yuzalar orasidagi kontaktni oldini oladi va yiguvchi yuzadan ajralib 
chiqayotgan energiyaning bir qismini orqaga ishchi hajmga
qaytaradi.
2.4-rаsm. Quyosh kollеktori ishini tаvsiflovchi egri chiziq 
g) Korpus - bu konstruksiyaning tutib turuvchi unsuri hisoblanadi. Unda 
kollektorning komponentlari joylashgan. U po‗latdan, alyuminiy qotishmasidan 
va ba‘zi hollarda plastmassadan tayyorlanishi mumkin. Korpus konstruksiyasini 
tashqi ta‘sirdan himoya qiladigan, ya‘ni u ob-havo sharoitlari o‗zgarishidan 
himoyalangan bo‗lishi va mexanik jihatdan mustahkam bo‗lishi kerak. Bundan 
tashqari, uning konstruksiyasi kollektorni mahkamlash imkoniyatini berishi va 


33 
quvurlarni tutashtirish uchun bo‗laklarga bo‗linadigan birikmalarga ega bo‗lishi 
kerak. 
Rasmda ko‗rinib turibdiki, tashqi muhit va kollektorga tushayotgan 
suyuqlik haroratini o‗zaro teng bo‗lganda kollektor maksimal samara bilan 
ishlaydi. Kollektorga kirishdagi suyuqlik haroratining ko‗tarilish bilan uning 
FIKi tushadi va shunday fursat keladiki, kollektor orqali o‗tayotgan suyuqlik 
harorati ko‗tarilmaydi, ya‘ni kollektor FIKi nolga teng bo‗ladi. 
Ba‘zan kollektor quyosh tizimining mo‘tadil harorat tartibida ishlashini 
ta‘minlash maqsadida bir necha kollektorlarni parallel yoki ketma-ket ulashni 
amalga oshirish foydalidir. 
Kollektor ishi sifati uning joylashishi bilan ham bog‗liq. Kollektorning 
joylashtirishda qiyalik burchagini to‗g‗ri ta‘minlash lozim. Uning kattaligi 
joylashtirish o‗larnining geografik kengligiga bog‗liq. Kollektorga tushayotgan 
quyosh nurlari iloji boricha to‗g‗ri burchak hosil qilib tushishi kerak. Bundan 
tashqari, kollektor ekvatorga tomonga yo‗nalishda oriyentirilgan bo‗lishi kerak. 
Noto‗g‗ri oriyentirlash uning samaradorligini sezillarli darajada (25%) gacha 
pasayishga olib keladi. Quyosh suv isitgichi BSV-60 ning ko‗rinishi 3.6-
chizmada keltirilgan. 
2.5-rasm
.
Quyosh suv isitgichi BSV-60 ning prinsipial konstruktorlik 
sxemasi. 1 -akkumulyator-bak; 2 - oynak; 3 - defektor; 4-issiq izolyatsiyali 
korpus; 5-suv isitish kolonkasi uchun aralashtirgich. 


34 
Quyosh suv isitgich individual iste‘molchilarni issiq suvga bo‗lgan 
talabini qondirish uchun mo‗ljallangan. Quyosh suv isitigichi quyidagi texnik 
xarakteristikaga ega: 
Nur yutish yuzasi maydoni, m

- 1 
Bak hajmi, dm
3
- 60 
Ishlatish davri, oy (aprel-oktabr) 
- 7 
Quyoshli kunda suvning isish harorati °S
- 40...60 
Suvsiz og‗irligi, kg 
- 75 
Bu qurilmada Quyosh radiasiyasi oynaqdan o‗tib, bakning qoraga 
bo‗yalgan yuza devoriga yutiladi va suvni isita boshlaydi. Isigan suv yuqoriga 
ko‗tarilib, uning o‘rnini sovuq suv egallaydi va baqda tabiiy aylanish hosil 
qilinadi. Defektor 3 aylanishni avj olishiga imkon yaratadi. O‗z navbatida 
bakning yuqori qismida issiq suv to‗plana boshlaydi. Tushayotgan issiq suvdan 
foydalanish mumkin. BSV-60 maishiy xizmat quyosh suv isitgichi Kalinin 
ekskavator zavodida ishlab chiqarilmoqda. 

Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin