59
qurilmalarining konstruksiyalari mashinalar va texnologik jarayonlarning
xususiyatlariga bog'liq holda turlicha bo'lishi mumkin.
Ishlab chiqarishdagi xavfli faktorlarning hosil bo'lishi tabiatiga ko'ra
saqlash qurilmalari 4 guruhga bo'linadi.
1.
Mexanik zo'riqishlardan saqlovchi;
2.
Mashinalar qismlarining belgilangan chegarada harakatlanishini
ta'minlovchi;
3.
Bosim va haroratni ruxsat etilgan me'yordan oshishini taqiqlovchi;
4.
Elektr toki kuchini ruxsat etilgan miqdordan oshmasligini taqiqlovchi.
Birinchi guruhdagi saqlash qurilmalariga muftalar, ko'tarishni cheklash
moslamalari, uziluvchi shtiftlar va shpilkalarni aylanishlar soni regulyatorlari
kiradi.
Ikkinchi guruh saqlash qurilmalariga mashina yoki mexanizmlarning
harakatlanuvchi qismlarini belgilangan chegarada harakatlanishini ta'minlovchi
moslamalar: ajratgichlar, tayanchlar, to'xtatgichlar kiradi.
Uchinchi guruh saqlash qurilmalariga bosim ostidagi bug' yoki suyuqliklar
bilan ishlovchi mexanizmlardagi saqlash klapanlari va membranalar misol bo'la
oladi. Barcha bug' qozonlari, gidravlik va pnevmatik sistemalar, bosim
belgilangan normadan oshib ketganda avtomatik ravishda ishga tushuvchi
klapanlar bilan jihozlanadi. Saqlash klapanlaridan foydalanish yuqori yetarli
bo'lmagan sharoitlarda membranalardan foydalaniladi. Membranalar yupqa
metall plastinkalardan tayyorlanadi va bosim belgilangan miqdordan oshib
ketganda plastinka yorilib, ortiqcha bosim atmosferaga chiqarilib yuboriladi.
Shu sababli, membrana plastinkasining qalinligi sistemadagi bosimga mos holda
tanlanadi.
Dostları ilə paylaş: