O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi buхоrо davlat univеrsitеti



Yüklə 5,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/160
tarix14.08.2023
ölçüsü5,44 Mb.
#139358
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   160
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari

Aralashmali o’tkazuvchanlik. 
Yuqorida ta’kidlanganidek, yarim 
o’tkazgichlarning o’tkazuvchanligi elektronlarning va teshiklarning 
konsentrasiyasi va ularning harakatchaligiga bog’liq. Shuning uchun 
ham turli usullar bilan yarim o’tkazgichlardagi zaryad tashuvchilar 
sonini ko’paytirishga harakat qilinadi. Bunday usullardan biri 
aralashmalar kiritishdir. Yarim o’tkazgichlarning ko’pchiligiga 
aralashmalar kiritilib, ularning elektr o’tkazuvchanligi yaxshilanadi. 
Aralashmalar ikki xil: donor va akseptor bo’lishi mumkin.
Donor aralashma. 
Agar to’rt valentli germaniyning kristall 
panjarasiga beshta valent elektronli mishyak, surma va shunga 
o’xshash moddalarning atomlari aralashma sifatida kiritilsa, yarim 
o’tkazgichlardagi elektronlarning konsentrasiyasi keskin ortadi. Bunga 
sabab aralashma atom elektronlarining to’rttasi germaniy atomi bilan 
kimyoviy bog’lanish hosil qilishda qatnashib, beshinchisining bo’sh 
qolishidir. Natijada uning o’z atomi bilan bog’lanishi juda kuchsiz 
bo’lib, uni osongina tark etishi va “erkin” elektronga aylanishi 
mumkin (7.4
-
chizma). Shunday qilib, bu holda aralashma atomlar o’z 
elektronlarini beradi, ya’ni elektronlar donori bo’ladi va shuning 
uchun ham donor aralashma deyiladi. Donor aralashmada elektr 
o’tkazuvchanlik erkin elektronlar harakatining natijasi bo’lganligi 
sababli unga elektronli yoki 
n
– tip o’tkazuvchanlik deyiladi. 
Akseptor 
aralashma. 
Agar 
germaniyning kristall panjarasiga uchta 
valent elektronli indiy, galley va shunga 
o’xshash moddalarning atomlari aralashma 
sifatida 
kiritilsa, 
yarim 
o’tkazgich 
o’tkazuvchanligini xarakteri o’zgaradi. Bunga 
sabab germaniyning atomi bilan juft electron 
bog’lanish hosil qilish uchun indiy atomida 
bitta 
elektron 
yetishmaydi. 
Boshqacha 
aytganda, bu ikki atom orasida to’ldirilmagan 
valent bog’lanish, ya’ni teshik vujudga keladi va shuning uchun ham 
aralashmaga aakseptor aralashma deyiladi (7.5-chizma). Kristalldagi 
teshiklar soni aralashma atomlar soniga teng bo’ladi. Akseptor 
7.4-chizma 


181 
aralashmada elektr o’tkazuvchanlik teshiklar harkatining natijasi 
bo’lganligi sababli unga teshikli yoki 
p
– tip o’tkazuvchanlik deyiladi.

Yüklə 5,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin