184
kuchlanishlar olish uchun bu elementlarni o’zaro ulash masalalari
takomillashtirish ustida ilmiy izlanishlarni olib borilmoqda.
Quyosh batareyalarni yasash texnologiyasi quyidagicha: kremniy
plastinkani yuqori temperaturali elektropechga o’rnatib, unga
p
yoki
n
tipidagi yarim o’tkazgich materiali vakuumga diffuziya yo’li bilan
kiritiladi. Bu material qalinligi taxminan bir necha 10 mikronni tashkil
etadi. Bu material – aralshma kremniy plastinkasining hamma
tomoniga diffuziyalanadi. Shuning uchun plastinkaning yuqori
qismidagi qatlam qoldirilib, qolgan qismlaridagi qatlamlar olib
tashlanadi, so’ngra plastinka pastki va yuqori qismlariga elektrodlar
ulanadi.
Krjijanovskiy
nomidagi
Energetika
instituti
xodimlari
yarimo’tkazgichli termoelementlarning shunday kombinasiyasini
ishlab chiqdilarki, termobatareya FIK 20% ni tashkil etadi.
Quyosh batareyalarining asosiy afzaliklari – FIK katta bo’lishi,
uzoq muddat davomida ishlashi, oddiyligi, solishtirma quvvatining
katta bo’lishi (quvvatni element massasiga nisbati), ammo nisbatan
qimmat turishi va qo’shimcha energiya manbai talab etishi quyosh
batareyasining kamchiliklaridan biridir.
Hozirgi vaqtda quyosh batareyasi tannarxini kamaytirish ustida
izlanishlar olib borilmoqda.
Dostları ilə paylaş: