Collection b



Yüklə 2,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/126
tarix15.08.2023
ölçüsü2,36 Mb.
#139448
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   126
VOL 2.5 2023 B

MAY 
2023
ISSN: 2181-3558
 
54 
INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM VA TADQIQOTLAR JURNALI 
JOURNAL OF INTEGRATED EDUCATION AND RESEARCH
yechishda mavjud bilim va ko‘nikmalarni amaliy tajribada qo‘llay olishni ham 
anglatadi. Demak, kompetensiya –kutilgan natijaga olib keluvchi faoliyat, 
egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarni amaliyotda qo‘llay olish layoqatidir.
Tilshunoslik tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak “kompetensiya” atamasi ilk 
bor XX asr o‘rtalarida N.Xomskiy tomonidan qo‘llanilgan bo‘lib, tildan 
foydalanish jarayonida faoliyatga yo‘naltirilgan bilim, ko‘nikma va malakalar 
majmui sifatida baho beradi. Uning izdoshlari bo‘lgan ba’zi bir olimlar esa ushbu 
tushuncha 
kompetensiyaviy 
yondashuv 
sifatida 
talqin 
etilgan. 
Bunda 
kompetentlilik 
va 
kompetensiyaviy 
yondashuv 
tushunchalari ta’limda 
natijaviylikni ko‘rsatuvchi omillar sifatida qayd etiladi. 
“Kompetentlik”– subyekt va uning faoliyatiga berilgan tavsif bo‘lib, u 
ko‘pincha, turli ma’lumotlar beradigan lug‘aviy-me’yoriy adabiyotlarda “biror-
nima haqida fikr yuritish, o‘z fikr-mulohazasini bildirish imkonini beradigan 
bilimlarni chuqur egallash” deya ta’riflanadi. Boshqacha aytganda, kompetentlik –
avvalambor, ishni bajarish (maqsadga erishish) uchun nimalar zarur ekanligini 
tushunishning chuqur bilimlarga asoslangan darajasidir. Kasbiy kompetentlik esa 
kasbiy faoliyatga oid masalalarni hal etishda bilim va ko‘nikmalarni amaliy 
tajribada samarali qo‘llay olish mahoratidir.
R.P. Milrudning fikricha: “... kompetensiya –shunday alohida faoliyat 
sohasiki, bunda individ(shaxs) yuqori darajadagi o‘zlashtirilgan yutuqlar 
strategiyasini namoyish qiladi. Tajriba, mavjud bilimlar va doimiy o‘z ustida 
ishlash asosida atrofdagi borliqning turli sohalarida qanday xatti-harakatlarni 
amalga oshirish kerakligi haqidagi strategiyalar, malaka va amaliy bilimlar olish 
maqsadida amalga oshiriladigan xatti-harakatlardir. Demak, kompetentlilik –
shakllangan malaka va egallangan amaliy bilimlar asosida muvaffaqiyat 
strategiyalarini o‘zlashtirish hisobiga samarali faoliyat yuritish qobiliyatidir . 
Shuning uchun kompetentlikni zamonaviy tushunish insonda ham o‘z 
imkoniyatlarini ishga solish va muayyan funksiyalarni bajara olish qobiliyati 
hamda unga mustaqil va mas’uliyatli harakat qilishi uchun imkon beradigan ruhiy 
holatlarning mavjudligini o‘z ichiga oladi.
O‘quv jarayoniga kompetensiyaviy yondashuvni tatbiq etish muammosi o‘z 
tarixiga ega bo‘lib, kelib chiqishiga ko‘ra, N. Xomskiy, R. Uayt, J. Raven, D. 
Xayms kabi chet mualliflar tadqiqotlariga borib taqaladi.
Bizning respublikada ta’limga kompetensiyaviy yondashuvning joriy qilinishi 
ushbu yondashuv asosida Davlat ta’lim standartining takomillashtirilishiga, 
uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqich o‘quv dasturlari va darsliklari 
mazmuniga o‘zgartirishlar kiritilishiga olib keldi. Kompetensiyaviy yondashuv 
asosida takomillashtirilgan va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
tomonidan 2017 yil 8 aprelda tasdiqlangan Davlat ta’lim standartida umumiy o‘rta 
ta’lim bosqichida o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos ravishda tayanch va 
xususiy kompetensiyalar shakllantirilishi talablari belgilab berilgan. Tayanch 
kompetensiyalar sifatida kommunikativ kompetensiya, axborotlar bilan ishlash 
kompetensiyalari, o‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyalari, ijtimoiy faol 



Yüklə 2,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin