Collection b



Yüklə 2,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/126
tarix15.08.2023
ölçüsü2,36 Mb.
#139448
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   126
VOL 2.5 2023 B

MAY 
2023
ISSN: 2181-3558
 
96 
INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM VA TADQIQOTLAR JURNALI 
JOURNAL OF INTEGRATED EDUCATION AND RESEARCH
Zamon, biz yashayotgan dunyo taraqqiy etarkan, bizni o’rab turgan 
atrofimizdagi jamiki narsa-buyumlar, xususan, atamalar ham o’zgarish kasb etishi 
tabiiy holdir. Jumladan, “
pult”
so’zi ham innovatsiya natijasida o’z manosini 
boyitib bormoqda. Endilikda “
pult”
so’zi “
kalit”
ma’nosida ham qo’llanilmoqda. 
Yaqqol misol tariqasida mashina pultini olishimiz mumkin. Hammamizga 
ma’lumki, mashina pulti kalit vazifasini o’taydi, demak, bu o’zlashmaning ma’nosi 
milliy tilimizda yana bittaga ko’payadi. 
Olmon tilidan 
der Teller
so’zi o’zbek tiliga 
tarelka
shaklida o’zlashgan 
bo’lib, bu so’z asliyat tilida “ dumaloq shakldagi soy yoki tubi keng, ovqat 
solishga mo’lljallangan oshxona buyumi, idish-tovoq turi” ni anglatadi. Tilimizda 
esa ushbu o’zlashmaning bir necha ma’no ostida qo’llanilishiga guvoh bo’lishimiz 
mumkin: 
a) Cheti biroz ko’tarilgan, tubi keng, yassi oshxona idishi, likopcha; 
Chinni 
tarelka xolvaytar; Oshqovoqdan pishirilgan qozon somsani tarelkaga tuzab… 
ularning oldiga olib borib qo’yib, o’zi uyga kirib ketdi (S. Zunnunova, Olov).
b) (musiqa) bir-biriga uriluvchi ikkita metal barkash shaklidagi uzma cholg’u 
asbobi; 
Boburning ha deganda o’sha qurmagur tarelkasini chalib shovqin 
solaverishi boshimni g’uvlatib yubordi.
c) Afsona tarzidagi, tarelkaga o’xshash, osmonda uchib yuruvchi noma’lum 
jism; 
Uchar tarelkalar;
Yulduz desa, yulduz emas,
Yo yo’ldoshmi bir daydi.
Har holda, u shov-shuv slogan
Tarelkaga o’xshaydi (A. Oripov, yillar armoni).
d) shakli likopchaga o’xshash bo’lgan, parabolaning optic xususiyatlariga 
asoslangan televizor signalini olib boradigan antenna turi
; Dadam sotib olib kelgan 
tarelkasini o’rnatgandan buyon televizorimiz son-sanoqsiz chet el kanallarini 
ko’rsatayapdi.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Navbatdagi misolimiz nemis tilidagi 
die
Tabelle 
so’zi bo’lib, u 
jadval
ma’nosini anglatadi. O’zbek tiliga esa bu so’z 
tabel
shaklida o’zlashgan va 
quyidagi ma’nolarda qo’llaniladi: 
a) (esk) Biror narsani hisobga olish varaqasi, jadval: 
Sinfdagi barcha stol-
stullar va qolgan jihozlar soni tabelda aniq yozib qo’yilgan.
b) Ishchi va xizmatchilarning ishga kelish va ketish vaqti qayd qilinadigan 
maxsus daftar yoki taxta:
Tabellarda yozilsa “Ro’zibish kampir”,
Tabelchiga xo’mrayib asta qaraydi ( G’. G’ulom)
c) Maktab o’quvchilarining darsdan ulgurishlari (baholari) qayd qilib 
boriladigan varaq: 
Akamning tabelidagi “hulq” deb yozilgan grafada hamma vaqt 
“5” bahosi bo’lardi (S. Anorboyev, Oqsoy). 
d) Maktabda o’qituvchilarning o’tgan dars miqdoriga monand holda ishlab 
chiqiladigan oylik miqdori haqidagi hisobot: 
Maktabimiz o’quv ishlari bo’yicha 



Yüklə 2,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin