Jurnal 1918-yil dekabr oyidan chiqa boshlagan



Yüklə 2,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/88
tarix15.08.2023
ölçüsü2,59 Mb.
#139502
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   88
2-son qushimcha

Kamolaxon ABRORXONOVA, 
Boshlangʻich taʼlim pedagogikasi kafedrasi mudiri, pedagogika bo‘yicha falsafa 
doktori, dotsent
Shaxnoza BO‘RIYEVA,
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasi
UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMIDA MEDIAMADANIYATNI 
RIVOJLANTIRISH MEXANIZMI
M
amlakatimizda har tomonlama yetuk va barkamol avlodni tarbiyalash mu
-
him vazifalardan biri sanaladi. Bu vazifani bajarish, asosan pedagoglarga 
bog‘liq bo‘ladi. Shu maqsadda yoshlarni bilim olishiga katta e’tibor qara
-
tish lozim. Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, yoshlarni erkin fikrlash va mustaqil hayotga 
yo‘naltirishimiz kerak. Shu bilan birga axborotni himoyalash, mediamadaniyat haqida 
ma’lumot berish hozirgi kunimizning dolzarb muammosi sifatida o‘rganilib bu borada 
davlatimizda turli samarali chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, bu sohada 
yosh tadqiqotchilar xorijiy amaliyotlarga tayangan holda ish olib bormoqda. 
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi ‘‘Axborot texno
-
logiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora tadbirlari 
tо‘g’risida’’gi (PF-5349-son), 2017-yil 7-fevraldagi ‘‘О‘zbekiston Respublikasini yanada 
rivojlantirish bо‘yicha Harakatlar strategiyasi tо‘g’risida’’gi (PF-4947-son) farmonlari, 
2017-yil 20-apreldagi ‘‘Oliy ta‘lim tizimini yanada rivojlantirish chora tadbirlari tо‘gri
-
sida’’gi (PQ-2909-son) qarorida ta‘lim muassasalari pedagog o‘qituvchilarining ilg‘or 


13
pedagogik texnologiyalarni va zamonaviy axborot texnologiyalarini ta‘lim-tarbiya ja
-
rayoniga tatbiq etishlari uchun uslubiy va amaliy yordam berish ko‘zda tutilgan. Ta’lim 
jarayoniga pedagogik va axborot texnologiyalarni joriy etishda xorijiy mamlakatlarning 
tegishli tashkilotlari yaqindan yordam ko‘rsatmoqda. “Pedagogik texnologiya” so‘z bi
-
rikmasi asosida “texnologiya”, “texnologik jarayon” tushunchalari yotadi. Ushbu tus
-
hunchalar orqali sanoatda tayyor mahsulotni olish uchun bajariladigan ishlarning ket
-
ma-ketligi haqidagi texnik hujjat, ta’limda esa fan bo‘yicha uslubiy tadbirlar majmuasi 
tushuniladi. Pedagogik texnologiyani tushunishning asosiy yo‘li aniq belgilangan maq
-
sadlarga qaratish, ta’lim oluvchi bilan muntazam o‘zaro aloqani o‘rnatish, pedagogik 
texnologiyaning falsafiy asosi hisoblangan ta’lim oluvchining xatti-harakati orqali o‘qi
-
tishdir. O‘zaro aloqa pedagogik texnologiya asosini tashkil qilib, o‘quv jarayonini to‘liq 
qamrab olishi kerak. Pedagogik texnologiya atamasiga har bir didakt olim o‘z nuqtai 
nazaridan kelib chiqgan holda ta’rif bergan. Hali bu tushunchaga to‘liq va yagona ta’rif 
qabul qilinmagan. Ushbu ta’riflar ichida eng maqsadga muvofig‘i YUNESKO tomoni
-
dan berilgan ta’rif sanaladi. 
O‘zbekistonda uzluksiz ta’lim tizimi quyidagicha:
Ushbu ta’lim berish davrlarida axborot kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni beqi
-
yos. Hozirgi yoshlar yangicha fikrlashga va zamon bilan hamnafas bo‘lishga intilmoq
-
da. Uning asosi esa intellekt hisoblanadi. Yuqori suratdagi kompyuter texnologiyasi 
taraqqiyoti insoniyat tafakkurida yanada kengaytirilgan sermazmun ahamiyat kasb 
etmoda. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda, “Bizni 
hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-ax
-
loqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon 
shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim 
– yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda 
o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat 
ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga 
nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan” Axborot 
asri, deb nom olgan asrimizni telekommunikatsiyasiz tasavvur qilish qiyin. So‘nggi 
rusumdagi telefon, planshet, noutbuk va kompyuterlar, internet orgali bizga asosiy 
ma’lumot va yangiliklarni bir zumda aniqlashda beminnat xizmat qiladi. Bu borada 
yoshlar ma’naviyati va milliy madaniyati ustuvor ahamiyat kasb etadi. Yoshlarni ma’na
-


14
“XALQ TA’LIMI”
ilmiy-metodik jurnali. 2023. № 2. www.pubedu.uz
viy immunitet va ularda ilmiy va dunyoviy qarashlarini shakllantirish dolzarb masala 
hisoblanadi. Har qanday jarayonning salbiy va ijobiy tomonlari bo‘lganidek, internet 
va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining salbiy tomonlari ham mavjud. Tan olib 
aytishimiz kerakki, internet va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanmagan 
vaqtlarda yoshlar ilm olishga, kitob o‘qishga qiziqishgan, sport mashg‘ulotlari bilan 
shug‘ullanishgan. Bugungi yoshlarning qiziqishi esa aksincha. Endi ularning ko‘pchiligi 
internet kafelari, kompyuter o‘yinlari markazlariga intilmoqdalar. Ammo ular bu yoshida 
bilim egallash, kasb-hunar o‘rganish, o‘zini kelajagini yaratish uchun harakat qilishlari 
lozim. Internetda tarqaladigan turli yoshlar ma’naviyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan 
xabarlar, be’mani rasmlar, videolar va kompyuter o‘yinlari natijasida yoshlarning sa
-
viyasi pasayib, hayotga, atrof-muhitga va insonlarga bo‘lgan munosabati tubdan yo
-
monlashib bormoqda. Beshavqat kompyuter o‘yinlari yoshlar ongini zaharlamoqda. 
Shoir Ahmad Shavqiy aytganidek, “Millatlar ahloqi bilan millat bo‘ladi, ahloqi ketsa
millat ham ketadi”. Millatimizning uzoq yillik tarixi mavjud. Ushbu davrlar mobaynida 
qanchadan-qancha mutafakkirlar, olimlar, ulamolar, din peshvolari yetishib chiqdi. Ular 
dunyo olimlari va mutafakkirlari tomonidan tan olinib, jahon sivilizatsiyasiga munosib 
hissalar qo‘shdilar. Bugungi kunga kelib esa bizni eng qiynayotgan muammolardan 
biri, aynan yoshlarning intellektual salohiyati va tafakkurining sustligi, bu esa ularning 
aynan internetdan foydalanishida ham o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatmoqda. 

Yüklə 2,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin