Obodonlashtirish va transport


Shahar telefon tarmoqlari



Yüklə 4,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/171
tarix19.08.2023
ölçüsü4,24 Mb.
#139918
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   171
Инженерлик ободонлаштириш ва транспорт Исамухамедова Д У

Shahar telefon tarmoqlari
asosan yer tagidagi kabellarda 
joylashtiriladi. Kabellar ochiq holda, qo'rg'oshinli va qoplamali 
bo'ladi. Ochiq va qo'rg'oshinli kabellar beton, asbesbeton sopol 
quvurlari 
va 
kanallarda 
joylashtiriladi. 
Qoplamali 
kabellar 
to 'g 'rid a n -to 'g 'ri yerga ko'm iladi. Kmish uchun kovlangan 
handaqning bitta kabel uchun kamida 0,3 metr, ikkitasi uchun 0,33 
m etr, uchtasi uchun 0,45 m etr eni, chuqurligi esa kamida 0,7 m etr 
yer sathidan pastda bo'lishi ta ’minlanadi. Kabel tarm oqlari 6—10 
kV turkum lari shaham ing asosiy ko'chalari tagida ayrim hollarda 
kabellar guruhlari bilan birgalikda kollektorlarda o'm atiladi.
Radioeshittirish, televidenie va maxsus signal tarm oqlari ham 
kabellarda shahar ko'chasining qizil chizig'i yonidan 0,6 m etr 
masofadan keyin o'm atiladi.
G az t a ’minoti. 
Oxirgi yillarda shaharni yoqilg'i energetikasi 
bilan ta ’m inlashda tabiiy gazga bo'lgan ehtiyoj kundan-kunga oshib 
borm oqda. Shundan ko'rinib turibdiki, gaz ta ’m inotidan nafaqat 
m am lakatim izda, balki yaqin qo'shni mamlakatlardagi tabiiy gaz 
zaxirilaridan foydalanish, 
ularni isrof qilmaslik bugungi kunning 
dolzarb masalalaridan biri bo'lib qolmoqda. Shaham ing va undagi 
sanoat hududlarini gaz bilan ta ’minlashda qattiq jismli yoqilg'i 
m anbaalaridan 
gaz korxonalari orqali sun’iy gazlar olish yoig.5, 
qo'yilgan. 
Hozirgi 
kunda tabiiy gazdan 
foydalanish 
yaxsln 
rivojlangan bo'lib, ular uchta turkum ga bo'linadi: toza gaz 
olinadigan m anbaalardan olinadigan iste’mol gazlari, neft bilan 
birga ajratib olinadigan yo'lovchi nomi bilan ataladigan gazlar;
42


kondensat manbaalardan olinadigan (quruq gaz aralashmasi va 
og‘ir uglevodorod bug'lari) gazlari. Sun’iy gazlar qattiq turdagi 
yoqilg'ini term ik jihatdan qayta ishlash orqali olinadi. Buning 
asosiy manbayi esa ko‘mir toshlari hisoblanadi. Shahar sharoiti 
uchun esa tabiiy gazdan foydalanish ham arzon ham qulay 
hisoblanadi. Ikkinchi tomondan esa uning ta ’minotida cheksiz 
qulayliklar mavjud, ya’ni gaz asosan turli diametrdagi quvurlar 
orqali gaz tarqatish uskunasi yordamida kerakli iste’molchiga 
uzatiladi. Shahar gaz ta ’minotining sarfi undagi sanoat maishiy 
xizmat-xo'jalik talablari va gaz bilan ta ’minlangan turar joy va 
jamoat 
binolarining 
o'sib 
borishidan 
kelib 
chiqqan 
holda 
aniqlaniladi. Kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, shahar gazining asosiy 
iste’molini 85 %ga yaqinini sanoat korxonalari evaziga to'g'ri 
kelishi, qolgan miqdorlari esa shahaming boshqa iste’moli uchun 
sarflanadi. Kimyo korxonalari mavjud bo'lgan shaharlarda ushbu 
ishlab chiqarish korxonalarining asosiy xomashyosi sifatida tabiiy 
gaz hisoblanadi. 
Shahaming gazga bo'lgan ehtiyoji quyidagi 
guruhlarga bo'linadi: maishiy xizmat (oziq-ovqat tayyorlash va 
issiqlik ta ’minoti uchun); maishiy xizmat-xo'jalik (mazkur sohu 
bo'yicha xizmat ko'rsatadigan jamoat binolari va ishlab chiqarish 
korxonalari uchun); bino va inshootlaming isitish va shamollatish 
uskunalari uchun. 

Viloyat, tum an, shahar aholi turar joy maskanlari uchun gaz 
ta ’minotining loyihalari shu joyning istiqbolli rejalari asosida 
tuziladi. Unda joylaming o'sishi, kengayishi inobatga olinadi. Unda 
mujassamlashgan asosiy gaz quvurlar majmuasi, 
yer ostida 
j;ylashgan gaz zaxirasi va halqa usulda tashkil qilingan gaz quvurlar 
silsilasi ulam i ishonchli darajada butunlay gaz ta ’minoti bilan 
ta’minlovchi 
gaz 
ta ’minoti 
silsilasini 
tashkil 
etadi. 
Yirik 
shaharlaming gaz ta ’minoti - bu turli hajmdagi gaz saqlaydigan gaz 
zaxiralar va ularga xizmat qiluvchi inshootlar ham da turli 
bosimdagi quvurlar tarmoqlari va uni iste’molchiga yetkazuvchi 
silsila demakdir. Shahar gaz quvurlarining tasnifi quyidagilardan 
iborat: gazni uzatish turkumi bo'yicha - tabiiy gaz neftdan olingan, 
yo'lovchi gaz, pasaytirilgan uglevodorod gazi, sun’iy gaz, aralashma 
gaz uchun qo'llaniladigan gaz quvurlari.
Yirik shaharlar uchun asosan tabiiy gazdan foydalaniladi 
Shunga 
qaram asdan 
past 
qavatli 
turar 
joy 
maskanlarida 
pasaytirilgan gazdan ham foydalaniladi; gazning bosimi bo'yicha- 
yuqori, o 'rta va past bosimli gaz quvurlari; yer sathidan nisbiy 
joylashishi bo'yicha — yer ostki, yer ustki. Shahaming 
rejaviy
43


silsilasini inobatga olgan holda — tashqi (ko'chada va tu rar joy 
maskanlari 
hududida) 
va ichki 
(im oratlar ichkarisida); gaz 
silsilasining xizmat vazifasi bo'yicha — shahar uzluksiz tarm og'i, 
tarqatuvchi tarm og'i, uzatuvchi tarm og'i, gaz quvurini qabul 
qiluvchi tarm og'i. Tarqatuvchi gaz quvurining qurilma talabi 
bo'yicha halqasimon boshi berk aralashgan usul; quvurning 
materiali bo'yicha — metall 
(po'lat), 
nometall 
(plastmassa, 
asbessement, rezinali to'qim ali va boshqalar). Gaz ta ’minotiga ega 
bo'lgan h a r qanday shahar hududida ko'plab kilometr masofada 
turli diam etr uzunlikda gaz quvurlariga ega bo'ladi. Injenerlik 
tarm oqlarining ish faoliyatida ulam ing buzilishlari o'rganilganda 
birgina Toshkent shahrining o'zida ichimlik suv tarm og'ida 6000— 
7000, oqova suv tarm og'ida 3000 atrofida talafotlar sodir bo'lishi 
aniqlangan. Toshkent shahrining gaz tarm og'ida esa bir yilda 9 
tagacha talafot aniqlangan. Gaz quvuridagi bir talafotning o'zi ham
shahar hayotida mushkul oqibatlar olib keladi. Shu sababdan ham
shahar gaz ta ’minoti quvurlari silsilasi asosan yer tagida, ya’ni 
shahar ko'chasining piyodalar qatnov qismi tagida joylashishi 
belgilangan.
Shahar tashqarisidagi gaz tarqatish markazidan shahar gaz 
tarm oqlari boshlanadi (2.4-rasm).

Yüklə 4,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin