6 - turarjoy hududlaridagi ko'kalamzorlar; 7 - bolalar muassasalari va maktablar ko'kalamzorlari; 8 — jamoat binolari oldidiagi yashil ekinlar; 9 - sport inshootlari oldida; 10 - sanoat korxonalari oldida; 11 - himoya ko'kalamzorlari; 12 - qabristonlar; 13 - pitomniklar; 14 - bog'dorchilik yerlari; 15 - botanika bog'lari, hayvonot bog'lari.
Hududning yashil o'simliklari ehtiyojini hisoblashda bitta odamga to ‘g ‘ri keladigan ko'kalamzor hududlar m e’yoridan foydalaniladi (qurilish m e’yorlari vaqoidalari). Umumiy foydalanishdagi ko'kalamzorlar 1. Madaniyat va istirohat bog'lari — uzoq muddatli dam olish va aholi o'rtasida siyosiy-tarbiyaviy, madaniy-oqartuv ishlarini olib borish uchun mo'ljallangan ko‘kalamzor massivlar. Madaniyat va istirohat bog'lari o ‘z navbatida quyidagi turlarda bo'lishi mumkin: a) yirik shaharlarda markaziy madaniyat va istirohat bog‘i; b) shahar va tuman miqyosidagi madaniyat va istirohat bog‘i; d) kurort-shaharlardagi madaniyat va istirohat bog‘i; e) kichik shaharcha, posyolkadagi, tuman markazidagi madaniyat va istirohat bog'i. 2. Bolalar parklari (ular ham ko'pincha madaniyat va istirohat bog'lari qatoriga kiritiladi) — bolalar bilan dam-olish, o'yin-kulgu, jismoniy tarbiya-sog'Iomlashtirish, madaniy-tarbiyaviy ishlar uchun mo'ljallangan yashil massiv. 3. Sport parklari (stadion) — o'yin maydonlari va sportning turli xillari bo'yicha mashqlar va musobaqalar o'tkazish uchun inshootlari bo'lgan, shuningdek, tashrif buyuruvchilaming dam olishi uchun va madaniy-oqartuv ishlarini olib borish uchun inshootlari bo'lgan yashil massiv. Sport bog'ining boshqa turlariga