MathCAD dasturida pog’onali va uzlukli funksiyalar, matritsalar
4.6. Pag’onali va uzlukli funksiyalar ifodalarida shartlarni ishlatish
Funksiyalarni hisoblashda hamma vaqt ham u uzluksiz bo’lavermaydi. Ayrim hollarda
uzulishga ega bo’ladigan va pag’onali (ступенчатый) funksiyalarni ham hisoblash kerak bo’ladi.
Bunday hollar uchun Mathcad shartlarni kiritish uchun uch хil usulni ishlatadi:
•
if
funksiya sharti yordamida;
•
Dasturlash panelida berilgan
if operatori yordamida;
•
mantiqiy (Bool) operatorlarni ishlatgan holda.
Misol tariqasida balkaning egilishida uning siljishini aniqlash masalasini Mora integrali
yordamida hisoblashni qaraymiz.
Balka egilish paytida har хil M1(x) va M2(x) funksiyalar
bilan ifodalanuvchi ikki
bo’limdan iborat.
if
funksiya shartini ishlatishning proцedurasi quyida berilgan:
1. Funksiya nomini va (:=) yuborish operatorini yozish.
2. Standart vositalar panelida Insert Function (Funksiyani qo’yish) tugmasini bosish va qurilgan
funksiyalar ro’yхati muloqot oynasidan if funksiyani tanlash, undan keyin Insert (Qo’yish)
tugmasini bosish kerak. if funksiyasi shabloni uch kiritish joyida paydo bo’ladi
3. Kiritish joyi to’ldiriladi.
Dostları ilə paylaş: