Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/240
tarix23.08.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#140204
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   240
Ривожланиш психологияси

Realizm.
Rivojlanishning ma’lum bir bosqichida bolalar pred- 
metlarni qanday bevosita idrok qilsalar, ana shunday talqin 
qiladilar. (Masalan, sayr davomida oy bolani kuzatib boradi), rea­
lizm intellektual bo‘ladi — shamol daraxt shoxlarini silaydi, pred- 
metning nomi predmetni o‘zi kabi shu qadar aniq bo‘ladiki, pred- 
met ko‘rinishi ochiq-oydin va bola buyum haqida nimani bilsa 
barchasini qamrab oladi. Axloqiy realizm bola xatti-harakatlarida 
ichki maqsadni inobatga olmay u haqida faqat pirovard natija- 
ga qarab fikr yuritishida namoyon boladi. Masalan, kim ko‘proq 
piyola sindirgan bolsa ana shu ko‘proq aybdor boladi, ya’ni bit- 
tasi yordam berishni xohlab, tasodifan idishni qolidan tushirib 
yuborgan bolsa ikkinchisi, g‘azablanib atayin idishlarni sindir- 
gani hisobga olinmaydi.
Animizm umumiy ruhlantirish, ong va hayot, his-tuyg‘ular 
bilan buyumlarni taqsimlashni birinchi navbatda mustaqil ha- 
rakatlanuvchilarni, masalan, bulut, daryo, oy, avtomobil, ulov 
o‘zida namoyon qiladi.
157


Artifikalizm tabiat hodisalarini inson faoliyati bilan taqqoslab 
tushunishdir. Barcha mavjudlik inson uchun yoki uning irodasi- 
ga ko‘ra inson tomonidan yaratilgan sifatida talqin etiladi, quyosh 
bizga yorug‘ bo'lishi uchun, ko‘l kemalar suzishi uchun. J.Pia­
je tomonidan bolalar mantiqining o'ziga xos xususiyatlari ajratil- 
gan ro‘yxat orasida sinkretizm bolalar tasavvurining subyektivli- 
gi va dolzarb umumiyligi, barcha bilan barchani bog‘lash fikri, 
tendensiyasi bir-biriga yaqin sifatida tafsilot, sabab va oqibatlarni 
idrok qilish;
— transduksiya umumiylikni chetlab xususiydan xususiylikka 
o‘tish;
— sintez va o‘z holatiga qobiliyatsizligi flkr-mulohazalar 
o‘rtasidagi bog‘liqlikni mavjud emasligi;
— qarama-qarshilikka sezgir emaslik;
— o‘zini o‘zi kuzata olmaslik;
— anglashdagi qiyinchiliklar;
— tajriba uchun sir boy bermaslik bola tashqi ta’sirlar, tarbi- 
yadan ayrim izolatsiya qilinmagan, lekin unda bu o'zlashtirilgan 
va shakli o'zgargan.
Barcha bu xususiyatlar bola mantig‘ini belgilovchi kompleks- 
ni, kompleks asosida esa egotsentrik nutq va tafakkur yotadi. 
A.Binening uch aka-ukalar haqidagi vazifani hal etish jarayonida 
bolalarda egotsentrizmning yaqqol namoyon bo‘lishi kuzatiladi. 
Shunday qilib, oilada uchta aka-uka Mitya, Vova, Sasha bo'lsa- 
yu va Sashadan uning nechta akasi borligi so‘ralganda, u o‘zining 
ikkita akasini Mitya va Vova deb aytib, to‘g‘ri javob beradi. Keyin 
Mityada nechta ukasi borligi aniqlashtirilganda odatda olti-yetti 
yoshgacha bola yanglishadi. Bitta Vova deya javob berdi vaholan- 
ki, to‘g‘ri javob uchun u xayolan o‘rnini, pozitsiyasini o'zgartiri- 
shi zarur edi, akasi Mitya o‘rnini egallashi kerak, buni esa u ud- 
dalay olmaydi.
Bolaning egotsentrik holatini yaqqol namunasi sifatida uch 
tog‘ maketi bilan bog'liq bo'lgan eksperiment xizmat qiladi. Bo­
la uchta har xil rangdagi va qo'shimcha farqlanuvchi belgilarda-
158


gi qorli cho‘qqi, uycha, daraxt tog‘ maketlari joylashtirilgan stol 
qarshisiga o‘tiradi. Boshqa tomonda qo‘g‘irchoqlar joylashtiril­
gan. Boladan (topshiriq variantlaridan birida) unga havola etil­
gan nusxalardan tog‘ ko‘rinishi tasvirini qo‘glrchoq ularni qa­
nday ko‘rayotgan bo‘lsa, xuddi shunisini topish so'ralgan, 6—7 
yoshgacha bolalar o‘zlari nimalarni ko‘rsalar, u aks ettirilgan su- 
ratni tanlashga moyildirlar. J.Piaje «Egotsentrik illyuziyaning bu 
fenomenini boshqa nuqtayi nazarlar mavjudligi va ularni o‘ziniki 
bilan solishtirib bolmasligi tasavvurlarning mavjud emasligi bi­
lan tushuntirgan.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar pozitiyasi (holati) si­
fatida egotsentrizm ildizi nimadan iborat? J.Piaje ularni bola­
lar faoliyatining o‘ziga xos xarakterida (masalan, ota-onaning 
g‘amxo‘rligi bolaning barcha moddiy ehtiyojlarini oldindan ba- 
jarib qo‘yadi va u deyarli ziddiyatli narsalar bilan uchrashmaydi) 
bolani nisbatan kechroq ijtimoiylashuvida, ijtimoiy muhitga 7—8 
yoshdan oldinroq moslashmasligida ko‘radi.
Egotsentrizmni bartaraf etish uchun subyekt sifatida o‘z 
«Men»ini anglash va obyektdan subyektni ajratish boshqalar bilan 
o‘z nuqtayi nazarini muvofiqlashtirishga o‘rganish zarur. Egot­
sentrizmni pasayishiga yangi bilim qo‘shilmasdan, balki oldingi 
yondashuv o‘zgarganligi bilan izohlanadi.
Kattalar bilan munosabat ko‘proq majbur qilish munosabatidir 
u bolani o‘z subyektivligini anglashiga olib kelmaydi. 0 ‘zi ha­
qidagi bilimlarni rivojlantirishi ijtimoiy o‘zaro ta’sirdan sodir 
boladi, bu munosabatda bolaning tengdoshlari bilan hamkorlik 
qilish juda muhimdir. Bunday tarzda asta-sekin bilish tendensi- 
yasi markaziy ba’zi bir vazifalarni mahalliyga berilishi sodir bolib 
ijtimoiylashgan fikr egotsentrizmni siqib chiqaradi va egotsentrik 
nutq yo‘qolib, yo‘q bolib ketadi.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin