7
Алексеев.С.С. Теория права и государства. - М., 1999. -С.131
8
Березина. И.А. Толкование договора как вид юридического толкования. Автореф..дис. ... канд.юрид.наук. -
Екатинбург, 2001. -C.7.
9
Матузов, Н.Н. Теория государства и права: Курс лекций / Н.Н.Матузов, А.В.Малько – М.: Юристъ,
“INTERNATIONAL С
ONFERENCE ON EDUCATIONAL INNOVATIONS AND APPLIED SCIENCES 2022/8
”
121
Ushbu sharhlash turi yuridik adabiyotlarda aynan yoki adekvat sharhlash deb ham
qayd etiladi. So‘zni tom ma’noda sharhlashga misol qilib, O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 21-moddasini ko‘rsatish mumkin. Unda shunday deyilgan:
“O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yagona fuqaroliko‘rnatiladi.
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi, unga qanday asoslarda ega bo‘lganligidan
qat’iy nazar, hamma uchun tengdir.
2.Cheklangan sharhlash. Bunda huquq normasining so‘zda ifodalangan va
rasmiylashtirilgan ma’nosi uning mantiqiy ma’nosi va mazmunidan keng bo‘lgan
hollarda qo‘llaniladi. Ayrim hollarda huquq normasining mazmuniuning matndagi
ifodasidan torroq bo‘lishi mumkin. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 10-moddasida: “ O‘zbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan
Respublika Oliy Majlisi va Prezidenti ish olib borishi mumkin.
Jamiyatning biron-bir qismi, siyosiy partiya, jamoat birlashmasi, ijtimoiy harakat
yoki alohida shaxs O‘zbekiston xalqi nomidan ish olib borishga haqli emas “ deb qayd
etilgan. Bu yerda O‘zbekiston xalqi nomidan faoliyat olib boradigan subyektlar doirasi
Respublika Oliy Majlis va Prezidenti ish olib borishi mumkin deb cheklab qo‘yilgan.
Shu cheklashni asoslash uchun ushbu normada turli xil tashkilotlar, mansabdor
shaxslar va davlat organlari O‘zbekiston xalqi nomidan ish olib borishi mumkin
emasligi qayd etilgan.
3.Kengaytirilgan sharhlash. Bunda huquq normasi mohiyati va mazmuni, unda
ko‘zda tutilganidan kengroq holatda sharhlanadi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 112-moddasida “Sudyalar mustaqildirlar, faqat qonunga
bo‘ysunadilar”, deyilgan. Bunda qo‘llanilgan “sudya” iborasining haqiqiy ma’nosi
keng tushuniladi. Qonun chiqaruvchi idora “sudya” iborasi orqali faqat sudyalarni
emas, shu bilan birga xalq maslahatchilarini ham mustaqilligini va faqat qonunga
bo‘ysunishini nazarda tutgan
10
.
Huquq normalarini subyektlariga ko‘ra sharhlash rasmiy va norasmiy turlarga
ajratiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan
2001 – С. 357.
10
O`z.R. IIV Akademiyasi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga sharh. 526-b.
|