Angren universiteti "ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasi


“2019-2024 yillarda mamlakatda oziq-



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/27
tarix25.08.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#140426
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy.pdf1

“2019-2024 yillarda mamlakatda oziq-
ovqat xavfsizligini taʼminlash milliy dasturi”
ni qabul qilishi kerak. 
Qishloq xoʻjaligi vazirligi mamlakatimizda meva-sabzavot yetishtirish boʻyicha 
klaster tizimi qanday holatda ekanini chuqur tahlil qilib, 2019 yil 1 martga qadar 
bu boradagi mavjud toʻsiqlarni bartaraf etishga doir takliflarni kiritsin. 
Hurmatli parlament aʼzolari! 
Iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy himoya oʻzaro uzviy bogʻliq tushunchalar boʻlib, 
ularni bir-biridan ajralgan holda tasavvur qilib boʻlmaydi. 
2019 yil – 
“Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”
da ijtimoiy sohani 
yanada rivojlantirish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish zarur. 
Birinchidan, aholi oʻrtasida ishsizlikni kamaytirish, odamlar va oilalarning 
daromadini oshirish lozim.
Hukumat bir oy muddatda 2019 yil uchun bandlikka koʻmaklashishning yangi 
davlat dasturini tasdiqlashi kerak. 
Bu borada ishsizlarni kasbga oʻqitish, ularga huquqiy va boshqa maslahatlar berish 
hamda boshqa ijtimoiy yordam usullaridan keng foydalanish kerak. 
Xalqimizning hayot darajasini yuksaltirish uchun mehnatga munosib haq toʻlash 
tizimini shakllantirish va aholi real daromadlarini oshirishimiz zarur. 
Eng kam oylik ish haqi miqdorini belgilash tartibini qayta koʻrib chiqish, soliq va 
boshqa toʻlovlarning eng kam ish haqi miqdori bilan bogʻliq boʻlishiga barham 
berish kerak. 
Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda ushbu masalani hal etish yuzasidan 
kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqsin. 


Ikkinchidan, pensiya va nafaqalarni tayinlash va toʻlash tartibini qayta koʻrib 
chiqish, pensiya tizimini tubdan isloh qilish zarur.
Xabaringiz bor, yaqinda ushbu masala boʻyicha Prezident farmoni qabul qilindi. 
Unga koʻra, 2019 yil 1 yanvardan boshlab, ishlaydigan barcha pensionerlarga 
pensiyalar toʻliq miqdorda toʻlanishi belgilandi. 
Shuningdek, pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqining maksimal miqdorini 
eng kam oylik ish haqining 8 barobaridan 10 barobarigacha oshirish boʻyicha 
yangi tizim joriy etilmoqda. 
Islohotlarning keyingi bosqichida ushbu cheklovlar ham butunlay bekor qilinadi. 
Ayni vaqtda nogironligi boʻlgan bolalar va ularning oila aʼzolarini, boquvchisini 
yoʻqotganlarni oʻn olti yoshgacha ijtimoiy muhofaza qilish masalasi doimo 
eʼtiborimiz markazida turishi kerak. Umrini nogiron farzandiga qarash, uni 
parvarish qilishga bagʻishlagan onalar uchun alohida ijtimoiy nafaqa turini joriy 
etamiz. 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin