Buning uchun urugʻchilik va seleksiya bilan shugʻullanadigan institutlarning
moddiy-texnik bazasini yaxshilash, davlat-xususiy sheriklik asosida urugʻchilik
klasterlarini tashkil qilish talab etiladi.
Qishloq xoʻjaligi ekinlari va chorvachilik boʻyicha
yangi tarmoqlarni
rivojlantirishimiz zarur.
Bugungi kunda fermer xoʻjaliklarining yillik chorva ozuqasiga boʻlgan
ehtiyojining faqat 35 foizi mahalliy imkoniyatlar hisobidan qoplanmoqda.
Shu sababli yangi yerlarni oʻzlashtirish orqali ekin maydonlarini kengaytirish
evaziga chorvaning ozuqa bazasini mustahkamlash,
shuningdek, baliqchilik,
parrandachilikni rivojlantirish hisobidan oziq-ovqat mahsulotlari hajmini keskin
koʻpaytirishimiz kerak.
Yana bir muhim vazifa – suvni tejaydigan sugʻorishtexnologiyalarini keng
qoʻllashdan iborat.
Vazirlar Mahkamasiga ikki oy muddatda bu masala boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni
ishlab chiqish topshiriladi.
Qishloq xoʻjaligi maqsadlarida yer berish tizimini tubdan qayta koʻrib chiqish
kerak.
Yerdan samarali foydalanib, moʻl hosil olayotgan koʻp tarmoqli fermer
xoʻjaliklariga oʻz faoliyatini kengaytirishi uchun qoʻshimcha
yer maydonlarini
ajratish lozim.
Agrar sohada eng katta muammo – fermerlarning qishloq xoʻjaligi sohasida yetarli
bilimga ega emasligidir.
Toʻgʻri, ularda kuch-gʻayrat, tashabbus, yerga mehr bor, koʻpchiligining koʻzi
yonib turibdi.
Lekin, afsuski, birgina xohish bilan biz yuqori hosildorlikka
va pirovard natijaga
erisha olmaymiz.
Bizga qishloq xoʻjaligi texnologiyalarini mukammal egallagan, zamonaviy ishlab
chiqarish va innovatsiya usullaridan xabardor fermerlar suv bilan havodek zarur.
Fermerlar kengashi Qishloq xoʻjaligi va Suv xoʻjaligi,
Innovatsion rivojlanish
vazirliklari bilan hamkorlikni kuchaytirishi, fermerlarni oʻqitish va qayta
tayyorlash dasturlarini ishlab chiqishi lozim.
Qishloq xoʻjaligidagi islohotlardan maqsad – iqtisodiy foyda koʻrish bilan birga,
oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, xalq farovonligini oshirishdan iboratdir. Buni
hech qachon esimizdan chiqarmasligimiz zarur.
Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda
Dostları ilə paylaş: