O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi falsafa ma’ruzalar matni



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/191
tarix25.08.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#140467
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   191
Falsafa ma’ruzalar matni

Mazmun va shakl. 
Falsafada mazmun va shakl kategoriyasi narsa, hodisalarning mavjudligi va rivojlanish 
jarayonini bilish usuli sifatida muhim ahamiyatga ega. Mazmun - narsa va hodisalarning rivojlanish jarayonidagi 
sistemani tashkil qilgan elementlarning strukturaviy bog’lanishi bo’lib, uni boshqa sistemalardan farqini belgilaydigan 
aloqadorliklar va munosabatlarini ifodalaydi. 
Shakl esa – sistemani tashkil qilgan elementlarning strukturaviy bog’lanishlari, aloqadorliklari, munosabatlarining 
ifodalanishidir. Hozirgacha falsafiy adabiyotlarda mazmun va shakl o’rtasidagi bog’lanishlarni bir-biridan ajratib tahlil 
qilish an’anaviy xarakterga ega. Ya’ni, mazmunning o’zgarishi shaklning o’zgarishiga olib keladi, degan xulosa ustuvor 
bo’lgan. Vaholanki, sistemaning elementlari strukturaviy bog’lanishlarsiz, aloqadorliklarsiz mavjud bo’lish mumkin 
bo’lmaganligidek mazmun va shakl ham bir-birisiz mavjud bo’la olmaydi. Biz faqat nisbatan mustaqil bo’lgan mazmun 
va shaklni bilish xususiyatiga qarab, shunday mantiqiy xulosaga kelishimiz mumkin. Boshqacha qilib aytganda
mazmun va shakldagi har qanday juz’iy o’zgarish ham bir-biridagi o’zgarishlarni taqozo qiladi, faqatgina biz ularni 
bilib olgan yoki bilmagan bo’lishimiz mumkin. Masalan, suvning agregat holati, shakli o’zgarishi bilan uning mazmuni 
ham o’zgaradi. Ya’ni, suv bug’ holatida chanqoqni qondirmaydi, o’simliklarni sug’orish uchun yaramaydi. Bundan 
tashqari, elementlarning strukturaviy bog’lanishlari sistemaning xarakterini belgilashidan kelib chiqib aytadigan 
bo’lsak, strukturaviy bog’lanishlar shakl sifatida sistemaning mazmunini ham belgilab turadi. Shunga ko’ra, shaklni 
mazmunga nisbatan «ikkilamchi» deyish noo’rindir. Bunga ijtimoiy hayotdan misol keltiradigan bo’lsak, demokratiya 
boshqarishning shakli sifatida jamiyatning mazmunini belgilab turadi. 
Falsafada mazmun va shakl kategoriyasini boshqa kategoriyalar tizimidan ajratib olib, nisbatan mustaqil tahlil 
qilganda, unga insonlarning muayyan manfaatlar va ehtiyojlar asosida yondashishlarini alohida e’tiborga olish kerak. 
Bu umuman mazmun va shaklning ob’ektiv xarakteriga putur etkaza olmasa ham, ularni baholashdagi sub’ektiv, 
muqobil qarashlarda o’z ifodasini topadi. 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin