O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi falsafa ma’ruzalar matni



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/191
tarix25.08.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#140467
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   191
Falsafa ma’ruzalar matni

Temuriylar davri
da tasavvuf ta’limoti keng quloch yoydi. Sohibqiron tasavvuf qoidalaridan mamlakatdagi salbiy 
illatlarni yo’qotishda, turli janjal va nizolarni bartaraf qilishda, haqiqat va adolat o’rnatishda, insonparvarlik g’oyalarini 
tarqatishda foydalangan. Temur tasavvufdagi poklanish, to’g’ri va sofdil bo’lish, zino va fahsh ishlar bilan 
shug’ullanmaslik, harom-harish ishlardan qochish, halol mehnat qilish, biror kasbni egallash, muhtojlarga mehr-shafqat 
ko’rsatish kabi g’oyalarni xalqqa singdirish uchun kurash olib bordi. Naqshbandlik tariqatining yirik shayxlari bo’lmish 
Sayyid Amir Kulol, Shayx Abu Bakr Tayobodiy, Mir Sayyid Barakalar Temurning pirlari bo’lib, sohibqiron ular bilan 
tez-tez muloqot qilib turgan. 
Temuriylardan Shohrux, Ulug’bek, Xusayn Boyqaro, Bobur Mirzolar davlatni boshqarishda, din va tasavvuf 
qoidalariga amal qilishda, ilm-fan va madaniyatni rivojlantirishda uning an’analarini izchil ravishda davom ettirdilar. 
Bu davrda me’morchilik san’ati yuksak darajaga ko’tarildi. Amir Temur Ko’ksaroy masjidi, Shohizinda, Bibixonim 
madrasasini qurdirdi. Keshda (Shaxrisabz) Oqsaroy barpo qila boshladi. Mirzo Ulug’bek davrida 1417-1420 yillarda 
Registonda, keyinchalik Buxoroda, 1432-1433 yillarda G’ijduvonda madrasalar qurildi, Bibixonim masjidi, Go’ri Amir 
maqbarasi qurib bitkazildi. 1429 yili esa Ulug’bekning falakiyot rasadxonasi nihoyasiga etdi. Xirotda ham ko’plab 
me’morchilik binolari barpo qilindi. Ular jumlasiga masjid, madrasa va xonaqohlardan iborat bo’lgan Gumbazi sabz, 
Alisher Navoiy qurdirgan «Ixlosiya», «Nizomiya», «Shifoiya» madrasalari, Marv shahridagi «Xusraviya» madrasasi va 
boshqalar kiradi. Navoiy yashagan zamonda Xirotda «Sharq Rafaeli» deb nom olgan Kamoliddin Behzod (1456-1535) 
va shoh Muzaffar kabi dunyoga mashhur rassomlar ijod qildi. Behzod «Zafarnoma» kitobiga, Xusrav Dehlaviyning 
«Hamsa», Sa’diyning «Bo’ston» asarlariga naqsh bergan va Xusayn Boyqaro, Xotifiy, Jomiy va boshqalarning rasmini 
chizgan, xalqning mehnatini, tabiat manzaralarini haqqoniy tasvirlagan. 
XIV-XV asrlarda Movarounnahr va Xurosonda ilm-fanning ko’p sohalarida yuksalish yuz berdi. Jahonga mashhur 
olimlar, tabiatshunoslar va shoirlar etishib chiqdi. Tibbiyot, riyoziyot, handasa, tarix, adabiyot, jug’rofiya, pedogogika, 
mantiq, falsafa, axloqshunoslik va boshqalarga e’tibor berildi. Ayniqsa, badiiy adabiyot va adabiyotshunoslik tez rivoj topa 
boshladi, ularda o’sha davrning muhim ijtimoiy muammolari va insonparvarlik g’oyalari olg’a surildi. «Gul va Navro’z» 
muallifi Lutfiy (1366-1465), «Behro’z va Bahrom» asarini yozgan Binoiy (1453-1512), «Tazkirat ush-shuaro» (shoirlar 
haqida tazkira) ning muallifi Davlatshoh Samarqandiy, «Yusuf va Zulayxo», «Mahzan ul-asror» (Sirlar xazinasi) 
asarlarining mualliflari Durbek (XIV-XV asrlar), Haydar Xorazmiy hamda Kamol Xo’jandiy (1402 yilda vafot etgan), 
Hofiz Xorazmiy (XIV-XV asrlar), Ismat Buxoriy (1365-1436), Yaqiniy (XV asr), Hiloliy (XV asr), Atoiy (XV asr) va 
boshqalar o’sha davrda yashab ijod etdilar. 
Bu davrda tarix faniga e’tibor kuchaydi, yirik tarixnavislar paydo bo’ldi. Temuriylar davrida Abdurazzoq 
Samarqandiyning (1413-1482) «Matlaa as-sa’dayn va majma’ al-bahrayn» («ikki dengizning qo’shilishi»), Hofizi 
Abruning (1361-1430) «Zubdat at-tavorix» («Tarixlarning sarasi»), Muyiniddin Isfizoriyning (1494 da vafot etgan) 
«Ravzat al — jannat fi avsof madinat», Fosih Havofiyning (1375-1442) «Mujmali fosihiy», Sharafiddin Ali Yazdiyning 
(1454da vafot etgan) «Zafarnoma»si, Nizomiddin Shomiyning (X1V asr XV asrning boshi) «Zafarnoma»si va 
boshqalar mashhur edi. 
O’sha zamonning eng mashxur tarixchilari 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin