PEDAGOGS
international research journal
www.pedagoglar.uz
Volume-3, Issue-1, February–2022
167
A) Oila davlat himoyasida.
Oila davlat himoyasida deyilganda avvalo vujudga kelgan oilalarni saqlab qolish va
ularni mustahkamlashga qaratilingan davlat tomonidan ko‘rilgan tadbir choralarni
tushuniladi.
B) Oila jamiyat muhofazasida.
Jamiyat tomonidan oila muhofaza qilinadi deyilganda, mamlakatda mavjud bo‘lgan
jamiyatlar va jamg‘armalar tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlarni oilaga ham
moddiy, ham ma’naviy yordam berishlari tushuniladi.
Bu qoida mustaqil
Respublikaning Konstitutsiyasida belgilangan yangi qoidadir.
Mamlakatimizda jamoat tashkilotlari har xil jamg‘armalar
hisobidan oilani
mustahkamlash, bolalar manfaatini himoya qilish uchun turli moddiy va ma’naviy
yordam ko‘rsatib kelmoqda.
2) Barcha fuqarolar – jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi,
shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar qonun oldida tengligi.
Oila huquqida
barcha fuqarolar millati, irqidan qat’iy
nazar teng ekanligi
ifodalangan «...barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi,
millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’iy
nazar, qonun oldida tengdirlar» (O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 18-
modda). Bu xalqlar do‘stligidan kelib chiqadigan o‘zgarmas qoida bo‘lib oila
huquqida o‘z ifodasini topib odamlarni har xil millatga tegishli ekanligi yoki irqiga
mansubligi oilaviy munosabatlarda hech qanday
ahamiyatga ega emasligini
anglatadi.
Nikoh tuzish uchun
fuqarolarni har xil millatga, dinga e’tiqod etishligi to‘siq
bo‘lolmaydi.
Dostları ilə paylaş: