15
V.I.Bogoslovskiy tizimli yondashuvning tushunchalar apparati sifatida
quyidagi tushunchalarni ajratib ko’rsatadi: harakatlanish, tashkil etish, munosabat,
muvozanat, tartibga solish, aloqa, muhit, mustaqil uyushish, tashkil topish,
tashkiliy
tuzilish,
boshqarish,
chidamlilik,
funktsiyalar,
yaxlitlilik,
markazlashtirish, tizim.
Tizimli yondashuvning asosiy tushunchasi “tizim” bo’lib, aloqa,
munosabatlar, integratsiya, yaxlitlik, tashkil etuvchi qismlar kabi tushunchalar
orqali ifodalanadi. Bu tizimning bir-biri bilan bog’liq bo’lgan, o’zaro ta’sir etuvchi
qismlarining majmui yaxlit ob’ektni tashkil etadi. Har qanday tashkil etuvchi
qismlarning o’zaro bog’liqligi va o’zaro aloqalari biror bir tizimni tashkil etmaydi.
Tizimli yondashuvda ularning bu xususiyatlari va umumiy majmuasi integrativ
tuzilishga ega bo’lib, mazkur tizimning asosiy omillari hisoblanadi. Tizimni
vujudga kelishi quyidagi omillarga bog’liq bo’ladi: o’zaro ta’sir etuvchi
qismlarning ko’pligi; bir-biri bilan o’zaro muvofiqligi hamda xususiyatlarining
umumiyligi; o’zaro ta’sir etishga yo’nalganligi, o’zaro kirishib ketish xususiyatlari.
Pedagogikada “tizim” tushunchasi juda keng qo’llaniladi, masalan, ta’lim
tizimi, tarbiya tizimi, ta’lim-tarbiya jarayonining
tashkil etish shakllari va
metodlari tizimi va h.k. P.K.Anoxin (32, 23-b.) odatda, bu atamadan foydalanishda
uning tub mazmun va mohiyatiga asoslanilmasligini ta’kidlab: “Ko’zlangan
maqsadga erishish uchun yo’naltirilgan o’zaro ta’sir va o’zaro munosabatlarning
majmuasini tizim deb atash mumkin”, – deb asoslaydi.
Ijtimoiy tizimning turlaridan biri hisoblangan pedagogik tizim – “insonlarga
va yosh avlodga ta’lim va tarbiya berish, ta’lim jarayonini tashkil etish
maqsadlariga xizmat qiluvchi turli strukturaviy va funktsional bog’liq bo’lgan
komponentlar majmuasidan iboratdir” (12, 112-b.).
Tadqiqotchining fikricha, pedagogik tizim umumiy maqsadlar yo’nalishida,
funktsional vazifalarni amalga oshirish va boshqarishda tashqi muhit bilan o’zaro
ta’sir ko’rsatuvchi, alohida xususiyatlarga ega bo’lgan o’zaro bog’liq qismlarning
yaxlit holda vujudga kelishidir.
Dostları ilə paylaş: