88
- UO’TM pedagoglarini akmeologik usul faoliyatiga QTMO bo’yicha ishlab
chiqilgan o’quv dasturining samaradorligini ekspert baholash yordamida
tekshirish;
- mazkur o’quv dasturini qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayoniga
tatbiq etish imkoniyatlarini aniqlash;
- mazkur o’quv dasturi asosida o’qitishning eng qulay va samarali bo’lgan
shakl va metodlarini aniqlash;
- qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonini tashkil etishning blok-
modulli yondashuv texnologiyasini amaliyotga tatbiq etish;
- yangi o’quv dasturiga va blok-modulli yondashuv texnologiyasiga
tinglovchilarning munosabatlarini aniqlash.
Pedagogik tajriba-sinov ishining asosiy natijalari ishlab chiqilgan o’quv
dasturining hamda pedagoglarni QTMO jarayonini blok-modulli yondashuv
asosida tashkil etish texnologiyasining samaradorligini tasdiqlash, shuningdek,
pedagogikada akmeologik usullar asosidani akmeologik usul faoliyatiga
tayyorgarligi, bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirish va rivojlantirishdan
iborat.
Taklif etilayotgan o’quv dasturini va mavzularning ahamiyatini hamda
samaradorligini baholash jarayoniga ekspertlar sifatida A.Avloniy nomidagi Xalq
ta’limi rahbar xodimlari malakasini oshirish Markaziy instituti o’qituvchilari
malakasini oshirish kursi tinglovchilari, Sherobod tumani xalq ta’limi bo’limlariga
qarashli maktablarning pedagoglari jalb etilgan bo’lib, jami 168 nafar pedagoglar
qatnashdi.
Taklif etilayotgan mavzularning ahamiyati, dolzarbligi, samaradorligi va
boshqa barcha ko’rsatkichlar ekspertlar tomonidan 2 ball, 1 ball va 0 ballari bilan
quyidagi mezon asosida baholandi:
2 ball – to’liq mos keladi;
1 ball – qisman mos keladi;
0 ball – mos kelmaydi.
Dostları ilə paylaş: