302
Ayniqsa qimmatbaho materiallarni qirqishda qo‘l keladi. Germaniy,
kremniy, rubin, kvars, olmos va boshqa monokristalarni
ishlashda - bichib
qirqishda talaygina iqtisod qilinadi. Ikkinchi tomondan, qimmatbaho (keskich)
asbobsozlik materiallari, abrazivlar, olmoslar,
qattiq qotishmalar, asbobsozlik
po‘latlariga zarurat yo‘qoladi.
4. Detallarni tayyorlash aniqligi yuqori, mexanik ishlov berish mumkin
bo‘lmagan yoki qiyin bo‘lgan holda ham amalga oshiriladi.
Hozirgi
zamon
mashinasozligida,
ayniqsa,
samolyotsozlikda,
dvigatelsozlikda, o‘ta yuqori aniqlikdagi detallarni ishlashga to‘g‘ri keladi:
forsunkalar,
plunjer juftlari, pretsizion elektrodvigatellarining magnitoprovodlari
va hokazo. Bu detallarning aniqligi 2-5 mkm. Mexanik ishlov berish bilan bu
aniqlikni ta’minlash ancha mashaqqat. Aniq miniatyur detallar asosan shu usul
bilan ishlanadi.
5. Bir qator operatsiyalarni bajarish uchun
texnologiyaning nisbatan
murakkab emasligi, ishlanayotgan yuzaning hammasi birdaniga ishlanishi.
6. Katta chekka o‘lchamli buyumlarning mahalliy (ba’zi) yuzalarini mahsus
yirik stanoklarsiz ishlash imkoniyati.
7. To‘la mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish imkoniyati.
8. Yuqori mehnat unumi va iqtisodiy samaradorlik. Nuqson va braklarning
kamayishi. Mehnat sig‘imini pasayishi.