(
5
.
3
)
306
mahsulot (13.2-rasm, ko‘rinish A), oksidlar bilan to‘ladi. Zagotovka yuzasining
qayeriga elektrod - katodga yaqin bo‘lsa, shu yerda tok zichligi yuqori bo‘lib u
eriydi. Natijada yuzaning cho‘qqilari yeyilaverib, silliqlashadi, jilolanadi. Bu
usulning yaxshi tomonlari:
1. Detalning elektrofizik xossalari yaxshilanadi.
2. Ishlangan yuza deformatsiyalanmaydi.
3. Struktura o‘zgarmaydi, yuzaning termik o‘zgarishlari yo‘q,
mexanikaviy
o‘zgarish, ya’ni puxtalanish yo‘q.
4. Yuzaning yemirilishga qarshiligi ortadi.
13.3. Elektroximik o‘lchamli ishlash
Bu jarayonning teshik ochishdagi ishlash sxemasi 13.3-rasmda berilgan.
Elektrod butun uzunligi bo‘yicha bir xil ko‘ndalang kesim o‘lchamidagi trubka
tarzida bo‘ladi.
13.3-rasm. Elektroximik teshik ochish prinsipial sxemasi.
Elektrolit bosim ostida katod va anod orasidan o‘tkaziladi: zagotovka - anod,
asbob- elektrod- katod. Elektrolit to‘xtovsiz beriladi.
Bunda zagotovka yuzasida
ximiyaviy reaksiya mahsuloti, ya’ni tuzlar hosil bo‘ladi. Bu tuzlar elektrolitdan va
ishlash zonasidan bosim bilan chiqariladi. Ishlanishi lozim bo‘lmagan yuzalar
izolyatsiya qilinadi. Bu bilan teshik ochish yo‘nalishi ta’minlanadi
va energiya
(
5
.
3
)
307
sarfi kamayadi. Izolyatsiya plastmassa bilan qoplash,
epoksid smola bilan va
hokazo. orqali amalga oshiriladi.
Bu usul aniqligi va ishlangan yuza sifati yaxshiligi bilan harakterli.
Bu usul yuqori mustahkamlikdagi qotishmalarni,
qiyin ishlanadigan
materiallarni, karbidli qotishmalarni ishlashda qo‘llaniladi. Elektrolitlar sifatida
N0
3
;
S0
4
tuzlarining eritmalari ishlatiladi.