(
5
.
3
)
312
13.7-rasm. Elektroabraziv ishlash jarayoni sxemasi. 1- abraziv donalar; 2- jilvir tosh; 3-
elektrolit; 4- erish mahsulotlari; 5- chuqurlik; 6- ishlanayotgan detal.
Detal 6 bilan jilvir tosh 2 orasidagi tirqish (dona 1 tashkil qilgan) elektrolit 3
bilan to‘lg‘iziladi. Ishlanayotgan yuza anod erish jarayonida yemiriladi.
Erish
mahsulotlari 4 buyum yuzidan aylanayotgan jilvir tosh donalari vositasida chiqarib
tashlanadi. Bir vaqtni o‘zida tirqishga yangi elektrolit uzatiladi. Erish
mahsulotlarini bir oz qismi chuqurliklarni 5 to‘ldiradi.
Elektroabraziv ishlashni prinsipial sxemasi 13.8-rasmda ko‘rsatilgan. Tok
o‘tkazadigan jilvir tosh 3 sirpanuvchi kontakt 2 orqali doimiy tok manbaining 1
manfiy qutibiga ulangan.
Ishlanayotgan detal 4, reostat 6 orqali musbat qutbga ulangan.
Ishlash
zonasiga elektrolit 5 quyiladi.
Jilvir tosh
V
ayl
=(20÷30) m/sek aylanadi.
Shpindel
kallagi yoki detal u yoki bu yoqqa suriladi.
Qattiq qotishmalarni elektroabraziv
ishlashda yuza sifati
R
a
=(0,08÷0,04)
mkm ga yetadi.