(
5
.
3
)
337
eriydi va zagotovkadan olib tashlanadi. Olovbardosh qotishmalarni plazmali
qirqish tezligi (mehnat unumi) mexanik usulga nisbatan (5÷10) barovar katta.
Alyuminiy, latun va uglerodli po‘latlarni qirqishda qirqish tezligi uncha katta
emas, lekin, yuza sifati pastroq chiqadi.
13.27-rasm. Plazma oqimi bilan yo‘nish
sxemasi:
α- gorelkaning vertikalga engashtirish
burchagi; β- qirqish burchagi. 1- gorelka; 2-
detal.
13.31. Yorug‘lik nuri bilan materiallarni ishlash
Bu usul elektrofizik ishlash usullaridan bir xilidir. Material optik kvantli
generator (OKG) hosil qilgan - nurlanaytgan yorug‘ nur lazer vositasida ishlaydi.
Yorug‘lik nuri energiyasi juda yuqori zichlikka ega va yetarli masofada ham
zichligi kamaymaydi. Yorug‘lik nurini hosil bo‘lishi muhitiga qarab, optik kvantli
generatorlar (OKG) uch xil bo‘ladi: gazli, suyuqlikli, kristalli (qattiq jismli).
Qattiq; jism sifatida har xil minerallarning kristallari
yoki siyrak moddalar
qo‘shilgan shisha qo‘llaniladi. Eng ko‘p tarqalgan kristal bu sintetik rubindir:
alyuminiy oksidiga uch valentli xrom atomi (0,04÷0,05%) qo‘shiladi. 13.28-
rasmda rubinli OKG ni qurilmasini sxemasi ko‘rsatilgan. Rubinli sterjen chaqmoq
(“vspishka”) spiral lampa ichiga joylashtirilgan bo‘ladi. Lampa tokni kondensator
batareyasidan oladi. Sterjen shisha trubka ichida bo‘ladi. To‘xtovsiz sovutilib
turiladi. Sterjen prujina bilan mahkamlab qotirilgan. Rubinni qo‘zgalishi natijasida
hosil bo‘lgan yorug‘lik nuri sterjenni uchlarining biridan tashqariga chiqadi. 13.28-
rasm, b da OKG ni boshqa konstruksiyasi ilova qilingan.