1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


-rasm. Plazmali payvandlash sxemalari



Yüklə 8,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə185/208
tarix27.08.2023
ölçüsü8,73 Mb.
#140741
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   208
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari

13.26-rasm. Plazmali payvandlash sxemalari. 
 
Bu yerda, a) elektrik sxema (1- payvandni taminlash manbai; 2- yuqori 
chastotali generator; 3- erimaydigan elektrod; 4- plazma hosil qiluvchi gaz; 5- 
sovutuvchi suv; 6- himoya gazi; 7- himoya gazi uchun soplo; 8- mahsulot). b) 
plazma yoyini o‘rab turgan har xil temperaturadagi gazlar oqimining sxemasi (1- 
tashqi sovuq oqim; 2- ichki issiq oqim; 3- yoy ustuni). c) qo‘shimcha gaz oqimi 
bilan fokuslashtirilgan - yig‘ilgan plazma yoyi sxemasi (1- plazma hosil qiluvchi 
gaz; 2- fokuslovchi - yig‘uvchi gaz; 3- himoya gazi; 4- fokuslovchi - yig‘uvchi gaz 
yo‘qligidagi chegara ko‘rinishi). 
Payvandlanayotgan material turiga qarab himoya gazi sifatida argon, 
argonning vodorod yoki geliy bilan aralashmasi ishlatiladi. Himoya gazining sarfi, 
odatda, (0,11
÷
0,99) m
3
/soat ga teng. 
13.30. Plazma oqimi bilan zagotovkalarni yo‘nish 
 
Bu usulda tokarlik stanogidagi keskich o‘rnini plazmali gorelka egallaydi. 
Aylanayotgan zagotovka yuzidan qatlam eritib olinadi (13.27-rasm). Gorelka 
aylanayotgan zagotovka yuzasiga urinma (tangensial) tarzida o‘rnatiladi. Yuza 


(
5
.
3
)
337 
eriydi va zagotovkadan olib tashlanadi. Olovbardosh qotishmalarni plazmali 
qirqish tezligi (mehnat unumi) mexanik usulga nisbatan (5÷10) barovar katta. 
Alyuminiy, latun va uglerodli po‘latlarni qirqishda qirqish tezligi uncha katta 
emas, lekin, yuza sifati pastroq chiqadi. 
13.27-rasm. Plazma oqimi bilan yo‘nish 
sxemasi: 
α- gorelkaning vertikalga engashtirish 
burchagi; β- qirqish burchagi. 1- gorelka; 2- 
detal. 
13.31. Yorug‘lik nuri bilan materiallarni ishlash
Bu usul elektrofizik ishlash usullaridan bir xilidir. Material optik kvantli 
generator (OKG) hosil qilgan - nurlanaytgan yorug‘ nur lazer vositasida ishlaydi. 
Yorug‘lik nuri energiyasi juda yuqori zichlikka ega va yetarli masofada ham 
zichligi kamaymaydi. Yorug‘lik nurini hosil bo‘lishi muhitiga qarab, optik kvantli 
generatorlar (OKG) uch xil bo‘ladi: gazli, suyuqlikli, kristalli (qattiq jismli). 
Qattiq; jism sifatida har xil minerallarning kristallari yoki siyrak moddalar 
qo‘shilgan shisha qo‘llaniladi. Eng ko‘p tarqalgan kristal bu sintetik rubindir: 
alyuminiy oksidiga uch valentli xrom atomi (0,04÷0,05%) qo‘shiladi. 13.28-
rasmda rubinli OKG ni qurilmasini sxemasi ko‘rsatilgan. Rubinli sterjen chaqmoq 
(“vspishka”) spiral lampa ichiga joylashtirilgan bo‘ladi. Lampa tokni kondensator 
batareyasidan oladi. Sterjen shisha trubka ichida bo‘ladi. To‘xtovsiz sovutilib 
turiladi. Sterjen prujina bilan mahkamlab qotirilgan. Rubinni qo‘zgalishi natijasida 
hosil bo‘lgan yorug‘lik nuri sterjenni uchlarining biridan tashqariga chiqadi. 13.28-
rasm, b da OKG ni boshqa konstruksiyasi ilova qilingan. 


(
5
.
3
)
338 

Yüklə 8,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   208




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin