13.27. Plazma yordamida detallarni yasash Boshqa usullar bilan olib bo‘lmaydigan hollarda ishlatiladi. Qiyin eriydigan
metallardan, karbidlardan, oksidlardan va nitridlardan murakkab shakldagi detallar
yasashda qo‘llaniladi. Dastlab, detallarning modeli yasaladi. Ko‘pincha model mis
(
5
.
3
)
335
yoki alyumin qotishmasidan yasaladi. Qoplanayotgan material poroshok yoki sim
tarzida plazma gorelkasiga uzatiladi va katta tezlikda plazma alangasi (“fakeli”)
bilan model yuzasiga otiladi. Qoplamani qalinligi yetarli o‘lchamga yetgach
jarayon to‘xtatiladi. So‘ngra, qoplama ichidagi model eritiladi: mis 30-50% li azot
kislotasi eritmasida, alyuminiy 50% li natriy ishqorli eritmasida eritiladi.
13.28. Plazmali kesish Elektr va gaz yordamida kesish qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlarda, bu
usul katta samaradorlik beradi. Mehnat unumi yuqori. Plazmali gorelkalar bilan
100 mm qalinlikdagi zanglamaydigan po‘latlarni, 125 mm qalinlikdagi alyuminiy
qotishmalarini kesish mumkin. Uglerodli po‘latlarni kesishda inert gazi o‘rniga
havo yoki kislorodni ishlatish mumkin. Kesilgan yuza tekis va qirralari bo‘lmaydi
(13.25-rasm).
13.25-rasm. Plazmali kesish sxemasi: 1- tok manbai, 2- gaz. 13.29. Plazmali payvandlash Plazmali payvandlash sxemalari 13.26-rasmda ko‘rsatilgan. Yoy elektrod
bilan mahsulot orasida yonadi. Plazma oqimi yoy ustuniga to‘g‘ri keladi.
Metallarni payvandlashda ko‘pincha shu sxema qo‘l keladi. Yig‘ilgan yoy turg‘un.
(
5
.
3
)
336
Yonish mahsuloti yo‘q. Inert gaz himoyani ta’minlaydi. Payvand chok sifati yaxshi
bir tekisda chiqadi.