(
5
.
3
)
335
yoki alyumin qotishmasidan yasaladi. Qoplanayotgan
material poroshok yoki sim
tarzida plazma gorelkasiga uzatiladi va katta tezlikda plazma alangasi (“fakeli”)
bilan model yuzasiga otiladi. Qoplamani qalinligi yetarli o‘lchamga
yetgach
jarayon to‘xtatiladi. So‘ngra, qoplama ichidagi model eritiladi: mis 30-50% li azot
kislotasi eritmasida, alyuminiy 50% li natriy ishqorli eritmasida eritiladi.
13.28. Plazmali kesish
Elektr va gaz yordamida kesish qo‘llash mumkin bo‘lmagan
holatlarda, bu
usul katta samaradorlik beradi. Mehnat unumi yuqori.
Plazmali gorelkalar bilan
100 mm qalinlikdagi zanglamaydigan po‘latlarni, 125
mm qalinlikdagi alyuminiy
qotishmalarini kesish mumkin. Uglerodli po‘latlarni kesishda inert gazi o‘rniga
havo yoki kislorodni ishlatish mumkin. Kesilgan yuza tekis va qirralari bo‘lmaydi
(13.25-rasm).
13.25-rasm. Plazmali kesish sxemasi: 1- tok manbai, 2- gaz.
13.29. Plazmali payvandlash
Plazmali payvandlash sxemalari 13.26-rasmda ko‘rsatilgan.
Yoy elektrod
bilan mahsulot orasida yonadi. Plazma oqimi yoy ustuniga to‘g‘ri keladi.
Metallarni payvandlashda ko‘pincha shu sxema qo‘l keladi. Yig‘ilgan yoy turg‘un.
(
5
.
3
)
336
Yonish mahsuloti yo‘q. Inert gaz himoyani ta’minlaydi. Payvand chok sifati yaxshi
bir tekisda chiqadi.
Dostları ilə paylaş: