35
1. Mahsulot konstruksiyasini texnologikligini ta’minlash.
2. Zagotovkalarni tanlash va tayyorlash.
3. Тexnologik jarayonni yaratish.
4. Тexnologik jihozlar vositalarini loyihalash.
5. Тexnologik jarayonni nazorat qilish va boshqarish.
Mashinasozlikda mahsulot
ishlab chiqarish donali, turdosh va guruhli
texnologik jarayonlar asosida amalga oshirilishi mumkin.
Donali texnologik jarayon,
qoida bo‘yicha, ma’lum aniq detal uchun
yaratiladi.
Тurdosh texnologik jarayon
konstruktiv belgilari bir xil bo‘lgan guruh
mahsulotlariga yaratiladi.
Guruhli texnologik jarayon
har xil shaklli, lekin, ba’zi
yuzalari bir xil
mahsuslashtirilgan dastgohlarda (ish o‘rinda) ishlanadigan mahsulotlar guruhiga
yaratiladi.
Тurdosh va guruhli texnologik jarayonlar orasidagi farq shundaki, turdosh
uchun texnolgik yo‘nalish bir xil; guruhli uchun ishlatilayotgan
asbob uskunalar
bir yoki bir necha operatsiyalar uchun bir xil bo‘lishi kerak.
Тexnologik hujjatlar standartlar talablari asosida rasmiylashtiriladi. Standartlar
tomonidan quyidagi texnologik hujjatlar ko‘zda tutilgan:
1. Marshrut kartasi: texnologik jarayonlarni (donali, turdosh, guruhli) va
operatsiyalarni yoritish uchun.
2. Eskizlar kartasi: grafik ko‘rinishlar, sozlash ko‘rsatmalari, o‘rinlar,
o‘rnatish sxemalari va hokazo uchun.
3. Тexnologik jarayon kartasi: operatsiyalarni yaratish uchun.
4. Тurdosh texnologik jarayon kartasi: turdosh texnologik jarayonni
operatsiyali yoritish uchun.
5. Operatsiyali karta: donali, turdosh, guruhli operatsiyalar uchun.
6. Detallar (yig‘uv birliklari) qaydnomalari.
7. Тexnologik hujjatlar qaydnomalari.
8. Yordamchi va keskich asboblar kartasi.
36
9. Belgilangan axborot kartasi.
Detallarni ishlash va mahsulotni yig‘ish texnologik jarayonlarini yaratishda,
konstruktorlik xatoliklar chiqib qolishi mumkin, qo‘yilgan texnik talablar amaldagi
ishlab chiqarish sharoitiga to‘g‘ri kelmasligi mumkin, qog‘ozdagi konstruksiyani
amalda bajarish mumkin bo‘lmasligi, yoki iqtisodiy to‘g‘ri
kelmasligi mumkin
(konstruksiya texnologik emas) va h.k. Bunday holda texnolog detal
konstruksiyasini va yig‘uv birligi konstruksiyasini o‘zgartirish bo‘yicha taklif
kiritadi.
Тexnologik jarayonni yaratishda quyidagi asosiy ikki prinsipga asoslanish
kerak.
Birinchisi - texnik prinsip, ya’ni texnologik jarayon ishchi chizmaning va
mahsulot qabul qilishdagi texnik shartlarning barchasini bajarish. Ikkinchi prinsip-
mahsulotni kam harajatlar bilan ishlab chiqarish (aqliy va jismoniy mehnat
harajatlari).
Dostları ilə paylaş: