42
2.2-rasm. Mablag‘lar sarfining quyim va IT ishlash aniqligiga bog‘liqligi.
Aniqlik (IT) ortishi bilan yoki quyim kamayishi bilan mablag‘lar sarfi (S)
jiddiy ortadi. Mana shu ishlash aniqligi va mablag‘
sarfi orasidagi munosabat
muammosi texnologik jarayonlarning asosiy muammolarining birinchisidir.
Zagotovka aniqligi harakteristikalariga qarab ishlash rejimi, texnologik
asbob-uskunalarni (masalan, moslamalar)
loyihalash, boshqa uskunalarni tanlash,
detal aniqligini olish hisoblari va boshqa texnologik moslamalar aniqlanadi.
Avtomobil, stanok, dvigatellar va boshqa mahsulotlarni zagotovkalarini
quyish,
bosim ostida ishlash, prokatlash, elektr uchqun va boshqa usullarda olish
mumkin.
Quyma zagotovkalarning aniqligi quyish usuliga bog‘liq.
Gil-qumdan
yasalgan qoliplarda qo‘lda quyma olishda zagotovka massasi (og‘irligi, hajmi)
chegaralanmagan.
Bu usul bilan cho‘yan, po‘lat, rangli metallar qotishmalaridan quyma
olinadi. Agar qolip mashinada tayyorlansa (formovka) zagotovka aniqligi oshadi,
lekin massasi 10 tonnadan oshmaydi.
Qobiqli shaklga quyilsa, massasi 0,15
tonnadan kam bo‘ladi.
Aylanma harakat shaklidagi detallar uchun markazdan qochirma usuldan
foydalanib, zagotovka quymasini olish maqsadga muvofiq. Bu usul bilan cho‘yan,
po‘lat, rangli metallar qotishmalaridan quyma olinadi: Massasi 0,01 dan 1
tonnagacha bo‘ladi.
43
Agar zagotovkalarning soni 300 donadan ortiq bo‘lsa, unda erigan metal,
metal qoliplarga – “Kokilga” quyiladi. Massasi 0,25-7 tonna.
Rangli metallar
qotishmalari, zagotovkalar soni ko‘p bo‘lganda, bosim ostida quyib, zagotovka
olinadi. Massasi 0,1 tonnadan oshmaydi.
Quymalarning
chiziqli
o‘lchamlaridagi
quyim
ularning
nominal
o‘lchamlariga bog‘liq, hamda quymaning aniqlik sinfiga bog‘liq. Bularning har biri
davlat tomonidan belgilanadi (Ba’zan korxonani o‘zi belgilashi mumkin). Masalan,
Rossiyada nominal o‘lchami 4-10000 mm bo‘lgan
quymalar uchun standart
bo‘yicha 16 sinf aniqligi ko‘zda tutilgan.
Bosim ostida olingan zagotovkalarning aniqligi ham, olish usuliga bog‘liq.
Massasi – 250 tonnagacha bo‘lgan pokovkalar molotlarda-bolg‘alarda erkin
bolg‘alash usuli bilan olinadi. Uglerodli, legirlangan va mahsus po‘latlar ham erkin
bolg‘alanadi.
Molot va presslarda shtamplangan zagotovkalarni aniqligi yuqori bo‘ladi.
Bosim ostida ishlangan zagotovkalarning aniqligini to‘g‘rilash yo‘li bilan ko‘tarish
mumkin. Bunda zagotovkaning qiyshayganligi va egilgani to‘g‘rilanadi va bu issiq
yoki sovuq holda olib boriladi.
Dostları ilə paylaş: