48
6.
Qirqib ishlash aniqligi ko‘p jihatdan nimaga bog‘liq?
7.
Birikmalar hosil qilishdagi harajatlarga ta’sir
qiluvchi asosiy faktorlarni
ko‘rsating.
49
III BOB
DEТALNING YUZA QAТLAMI VA UNING
EKSPLUAТATSION ХOSSALARI
3.1. Detalning yuza (sirt) qatlami
Detallarni ishlab chiqarish va foydalanish
mobaynida ularning yuzasida
notekisliklar hosil bo‘ladi; detal sirt qatlamida struktura, fazaviy va kimyoviy
tarkib o‘zgaradi. Detalda qoldiq kuchlanish hosil bo‘ladi.
Detalning, asosiy
metalga nisbatan strukturasi, faza va kimyoviy tarkibi
o‘zgargan qismi
yuza (sirt) qatlami
deb ataladi. Qatlamning tashqi yuzasi tashqi
muhit yoki boshqa detal bilan chegaralanadi.
Yuza qatlamida (3.1-rasm) quyidagi asosiy qismlarini ajratish mumkin:
3.1-rasm. Detal yuza qatlamining sxemasi:
1-adsorbsiya qismi; 2- oksidlangan qism; 3-
metallning chegaraviy zonasi; 4- strukturasi,
fazaviy va kimyoviy tarkibi o‘zgargan (mayda
donali) zona; 5- asosiy metal.
1-detalning atrof muhit organik va noorganik molekula va atomlar bilan
adsorbsiyalangan sirt qismi (masalan, suv, moylovchi-sovutuvchi suyuqliklar,
erituvchilar, yuvish suyuqliklari). Bu qatlamning qalinligi 1...10
2
nm
atrofida
bo‘ladi;
2-metalning atrof-muhit bilan o‘zaro kimyoviy aloqasi natijasida hosil
bo‘lgan qatlam (ko‘p hollarda oksidlar), qalinligi 10
-3
.. 1 mkm bo‘ladi;
3-bir necha atomlararo masofaga teng bo‘lgan chegaraviy zona. Bu qismda
metalning kristal va elektron tuzilishi asosiy metalning tuzilishidan farq qiladi.
50
4-strukturasi, fazaviy va kimyoviy tarkibi o‘zgargan zona.
U detalni ishlab
chiqarish va ekspluatatsiya qilish davrida hosil bo‘ladi, uning qalinligi ko‘p
hollarda 0,01...0,1 mm ni tashkil etadi.
Detal yuzasidagi notekisliklar, yuza qatlamining strukturasi,
fazaviy va
kimyoviy tarkibi uning fizik-kimyoviy va ekspluatatsion xossalariga ta’sir qiladi.
Umuman mashina detallarining ishlash ishonchliligiga yuza qatlami katta
ta’sir ko‘rsatadi. Ekspluatatsiya davrida detalning yuza qatlamiga kuchli fizik-
kimyoviy ta’sir ko‘rsatiladi: mexanik,
issiqlik, magnitoelektrik, yorug‘lik,
kimyoviy va boshqalar. Detalning xizmat vazifasini yo‘qotishi va uning ishdan
chiqishi ko‘p
hollarda yuzadan boshlanadi, masalan charchash yorig‘larini hosil
bo‘lishi, yeyilish, erroziya, korroziya.
Yuza qatlamini detalning fizik-kimyoviy va ekspluatatsion xossalari bilan
bog‘liqligi 3.2-rasmda ko‘rsatilgan.
Dostları ilə paylaş: