70
2.
Sirt noteksliklarini va yuza qatlam fizik-kimyoviy holatini aniqlovchi
parametrlarini aytib bering?
3.
G‘adir-budurlik, to‘lqinsimon va yuza qatlamining fizik-kimyoviy holatini
o‘lchash usullari va vositalarini aytib bering?
4.
Yuza qatlamining asosiy qismlarini aytib bering?
5.
Yuza qatlamini detalning ekspluatatsion xossalari
va ishonchliligiga
ta’sirini tushuntirib bering?
6.
Yuza qatlam parametrlariga ishlov berish usullari va rejimlari qanday ta’sir
qiladi?
71
IV BOB
MEXANIK ISHLOV BERISHDAGI XATOLIKLAR
Asosiy tushunchalar
Ishlab chiqarishda albatta detal aniqligini
buzuvchi xatoliklar vujudga
keladi. Bularning sabablari juda ko‘p. Xatoliklar kelib chiqish sabablariga qarab
ikki xil bo‘ladi: sistematik va tasodifiy.
Sistematik xatoliklar ham o‘z navbatida sistematik
doimiy va sistematik
o‘zgaruvchan xatoliklarga bo‘linadi. Sistematik doimiy xatoliklar xatolik
ko‘rilayotgan detallar guruhi uchun doimiy hisoblanadi. Masalan,
stanokning,
moslamaning, keskichning (parma, protyajka va h.k.) xatoliklari. Sistematik
o‘zgaruvchan xatoliklar ma’lum qonuniyat bo‘yicha o‘zgaradi:
keskichning
yeyilishi, stanok-moslama-asbob-detal (SMAD) tizimining temperatura ta’sirida
deformatsiyalanishi. Sistematik xatoliklarni oldindan hisobga olish mumkin.
Tasodifiy xatoliklarni oldindan bilib bo‘lmaydi. O‘z nomi bilan, xohlagan
vaqtda
vujudga keladi va yo‘qoladi. Masalan, qirqish kuchining o‘zgarishi, qiytim
qalinligini o‘zgarishi va h.k.
Dostları ilə paylaş: