152
7.6-rasm. Yig
‘
uv o
‘
lcham zanjiri. a- ishchi chizma, b- sxema.
O‘lchamlar zanjiri nazariyasini asosiy tenglamasi quyidagi ko‘rinishga ega;
(7.19)
Yig‘ish jarayonini o‘zaro almashinuvchanlikni to‘liq bo‘lmagan
usuli bilan
ham amalga oshirish mumkin. Bu usulda bir-birlari bilan yig‘iladigan detallar
o‘lchamlarini quyim qiymatlari oldingi usulnikidan kattaroq bo‘ladi. Yakunlovchi
zveno aniqligi hamma mahsulotlar uchun ta’minlanmaydi. Mahsulot sifati, aniqligi
qanchalik talabga javob berishi ehtimollik nazariyasi qoidalari asosida aniqlanadi.
Lozim o‘lchamga o‘tkazish (“posadka”) guruhlab o‘zaro almashinuvchanlik
usulida ham ta’minlanishi mumkin. Bu holda konstruktorlik
quyim texnologik
quyimdan kichik bo‘ladi. Barcha olingan detallar guruhlarga bo‘linadi. Qamrovchi
va qamranuvchi detallar o‘zini mos guruhidan tanlab olinadi.
Sozlab yig‘ish usulida o‘lcham zanjiriga kiruvchi detallar o‘zlarining
texnologik quyimiga ega bo‘ladilar. Yakunlovchi zveno o‘lchami kompensatsiya
qiluvchi zveno hisobiga olinadi. Masalan, 7.6-rasmdagi A
1
…A
4
zvenolarning katta
xatoliklarida
yakunlovchi zveno A
0
- tirqish qiymatini talab qilingan o‘lchami,
kompensatsiyalovchi zveno shayba (7.7-rasm, a) yoki vtulka 2 (7.7-rasm, b)
hisobiga ta’minlanadi.