157
5. O‘zgarmas chizmalar bo‘yicha ishlab chiqarishga mo‘ljallangan
mashinalarning umumiy soni,
6. Mashinani ishlab chiqarishga tayyorgarlik ko‘rish,
ishlash va uni
chiqarishni tashkil qilish va amalga oshirish sharoitlari: yangi, tashkil etilayotgan
yoki
mavjud zavod, unda asbob-uskuna jihozlarning bor-yo‘qligi yangi jihozlarni
olish kerakligi va h.k..
7. Zavodning o‘rnashish joyi: boshqa zavodlar
bilan kooperatsiya qilish
imkoniyati, ta’minlash sharoitlari va h.k..
8. Kadrlar bor-yo‘qligi va ularni ishga olish kelajagi,
9. Yangi mashinani tayyorlash va uni o‘zlashtirish,
hamda uni ishlab
chiqarishni tashkil qilish, reja muddatlari.
8
.
3
.
Mexanik ishlov berish uchun detal texnologik jarayonini
loyihalash uchun lozim bo
‘
lgan materiallar
Mexanik ishlov berishning texnologik jarayonini
yaratish uchun quyidagi
materiallar lozim.
1. Ishlab chiqarish hajmi.
2. Mahsulotni tayyorlashga va qabul qilishga shartlar va ishchi chizma.
3. Zagotovka chizmasi.
5. Qo‘l ostimizda bo‘lgan stanoklar, moslamalar, asboblar.
Vaqt birligi (yil, kvartal, oy) ichida ishlab chiqarishga mo‘ljallangan detallar
soniga, ya’ni ishlab chiqarish hajmiga qarab ishlab chiqarish turi (ommaviy,
seriyali, donabay) aniqlanadi. Iqtisodiy hisoblar natijasida, texnologik jarayon turi
tanlanadi, texnologik jihozlar va mahsus jihoz-uskunalar aniqlanadi.
Ommaviy va seriyali ishlab chiqarishda ishlab chiqarish hajmi- mahsulot
ishlab chiqarish tezligini belgilashga asos bo‘ladi.
Mahsulotni ishlab chiqarishga va qabul qilishga
chizmalar va texnikaviy
shartlar texnologlarga konstruktorlardan keladi va ular bajarilishga majburiy hujjat
hisoblanadi. Lekin, texnolog bu chizmalarni texnologik tomonidan tahlil qilib,
158
ko‘rib chiqishi majbur va haqqi bor. Bu chizma bo‘yicha, umuman, ishlab bo‘ladi-
mi? Yo‘qmi? Arzon texnologik jarayonlarni ishlatish mumkinligi va mehnat unumi
yuqori bo‘lgan texnologik jarayonni qo‘llash masalalarini ko‘rib chiqadi.
Mahsulotni oddiy va iqtisodiy (arzon) ishlab chiqarishni ta’minlashga imkon
beradigan konstruksiyaga
Dostları ilə paylaş: