Ekspluatasiya instituti



Yüklə 4,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/44
tarix27.08.2023
ölçüsü4,46 Mb.
#140763
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   44
5fca3a27369a7

5.4-jadval
 
Rejadagi egrilik 
elementlari 
Rejadagi egrilik elementlari qiymatlari, m 
Radius 
15 30 60 80 100 150 200 250 300 400 500 
O„tuvchi egri uzunligi 20 30 40 45 50 60 70 
80 
70 
60 50 
Xo„jalik yo„llari yo„l poyi va qatnov qismi ko„ndalang kesimi asosiy 
o„lchamlari 5.5-jadval asosida qabul qilinadi:
5.5-jadval 
Ko„ndalang kesim o„lchamlari 
Yo„l toifalari uchun ko„ndalang kesim 
o„lchamlari qiymatlari 
I-c 
II-c 
III-c 
Harakat tasmasi soni 



Harakat tasmasi kengligi, m 



Qatnov qismi kengligi, m 

4,5 
3,5 
Yo„l yoqasi kengligi, m 

1,75 
1,5 
Yo„l poyi kengligi, m 
10 

6,5 
Yo„l 
yoqasini 
mustaxkamlash 
kengligi, m 
0,5 
0,75 
0,5 


41
5. Xo„jalik yo„llaridagi muhandislik qurilmalari. 
O„zbekiston Respublikasi 
hududida foydalanishdagi etti guruhdagi: ogoxlantiruvchi, imtiyoz, ta‟qiqlovchi, 
buyuruvchi, axborot-ko„rsatuvchi, servis, qo„shimcha axborot yo„l belgilari 
Venada 1968 yil qabul qilingan yo„l belgilari Konventsiyasiga va bu 
Konventsiyani to„ldiruvchi Jenevadagi 1971 yil Evropa kelishuvi talablariga to„liq 
mos keladi.
 
Xo„jalik yo„llarida yo„l belgilarini o„rnatish GOST 23457-86, ularning 
o„lchamlari esa GOST 10807-78 talablariga javob berishi kerak. 
Xo„jalik yo„llarida yo„l belgilari quyidagi ketma-ketlikda o„rnatilishi kerak: 
ko„rsatuvchi 
(axborot-ko„rsatuvchi); 
imtiyoz; 
servis 
va 
tablichkalar; 
ogohlantiruvchi; buyuruvchi; ta‟qiqlovchi. 
Yo„l belgi chiziqlari ikki guruhga bo„linadi: gorizontal va vertikal. Xo„jalik 
yo„llarida yo„l belgi chiziqlari Is toifali yo„llarda aholi yashash joylarida va 
yo„ldagi harakat miqdori 1000 avt/sutkadan oshganda qo„llaniladi. 
Xo„jalik yo„llarida yo„l to„siqlari transport vositalarining, piyodalarning 
harakatini tartibga solish va yo„l - transport hodisalarining oldini olish hamda 
ularning og‟irlik darajasini pasaytirish
 
uchun o„rnatiladi. Yo„l to„siqlariga 
qo„yiladigan talablar GOST 26804-86 “Ograjdeniya dorojniy, metallicheskiy 
barernogo tipa. Texnicheskiy usloviya” da keltirilgan. Yo„l sharoitining 
o„zgarishiga qarab yo„l to„siqlarini qanday vaqtlarda ishlatish shartlari GOST 
23457-86 “Texnicheskie sredstva organizatsii dorojnogo dvijeniya”da keltirilgan. 
Yo„l to„siqlari qo„llanish sharoitlariga qarab ikki guruhga bo„linadi. Birinchi 
guruhga “barer” konstruktsiyali (balandligi 0,75 m dan kam bo„lmagan) va 
devorsimon (“parapet” shaklidagi balandligi 0,6 m dan kam bo„lmagan) yo„l 
to„siqlari kiradi. Bu guruhidagi to„siqlar transport vositalarini yo„l poyida, 
ko„priklarda, yo„l o„tkazgich joylarida ushlab qolish va qarama-qarshi tomondan 
harakatlanayotgan transport vositalari to„qnashuvining oldini olish hamda yo„l 
mintaqasida joylashgan har xil predmetlarga (yoritgich, ko„prik tayanchlari, 
daraxtlar va h.k.) kelib urilishidan saqlash uchun o„rnatiladi. 
Ikkinchi guruh to„siqlariga setkalar, har xil panjaralar (balandligi 0,8-1.5 m) 
kiradi. Ulardan piyodalarning harakatini tartibga solish va hayvonlarning yo„l 
qatnov qismiga chiqishining oldini olish maqsadida foydalaniladi. Yo„naltiruvchi 
qurilmalar avtomobil yo„llarida keng foydalaniladi. 
Yo„naltiruvchi qurilmalarga quyidagilar kiradi: 
-
yo„naltiruvchi ustunchalar; 
-
sun‟iy yoritgichli tumbalar; 
-
xavfsizlik orolchalari. 
Agarda ularga yo„l belgi chiziqlari yoki nur qaytaruvchi plenkalar 
yopishtirilgan bo„lsa, yo„naltiruvchi qurilmalar vazifasini (ayniqsa kechasi) yo„l 
to„siqlari ham bajarishi mumkin. Yo„naltiruvchi qurilmalar yo„l yoqasining 
chetini, xavfli to„siqlarni kechasi va yomon sharoitlarda ko„rinishini ta‟minlashi 
uchun 
qo„llaniladi. 
Yo„naltiruvchi 
ustunchalar 
avtomobil 
yo„llarining 
yoritilmaydigan uchastkalarida yo„l to„siqlari o„rnatilmaydigan hollarda quyidagi 
joylarda o„rnatiladi. 


42
Yo„naltiruvchi ustunchalar yo„l yoqasining chetidan 0,35 m dan kam 
bo„lmagan masofada va yo„l qatnov qismining chetidan 0,75 m dan kam 
bo„lmagan masofada yo„l yoqasiga joylashtirilib, ularning balandligi 0,75 0,8 m 
belgilanadi (5.5-rasm). 
5.5-rasm. Xo„jalik yo„llaridagi muhandislik qurilmalari 

Yüklə 4,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin