Ekspluatasiya instituti


 - MA‟RUZA: ALOQA YO„LLARINING IQTISODIYOT



Yüklə 4,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/44
tarix27.08.2023
ölçüsü4,46 Mb.
#140763
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
5fca3a27369a7

1 - MA‟RUZA: ALOQA YO„LLARINING IQTISODIYOT 
TARMOQLARINI RIVOJLANTIRISHDAGI O„RNI 
Reja: 
1.
Aloqa yo„llarining rivojlanish bosqichlari. 
2.
Aloqa yo„llarining tasnifi. 
3.
Respublikada transport yo„laklariga bo„lgan talab. 
4.
“Buyuk ipak yo„li”ning hozirgi o„rni. 
Tayanch so‟zlari: 
Aloqa yo‟llari, tasnif, transport, transport yo‟laklari, 
Buyuk ipak yo‟li, tranzit harakat yo‟nalishlari. 
1. Aloqa yo„llarining rivojlanish bosqichlari. 
Aloqa yo„llari ijtimoiy ishlab 
chiqarishning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Mamalakatning iqtisodiy 
rivojlanishi, xalq xo„jaligining yuksalishi, tashqi va ichki iqtisodiy aloqalar 
rivojlanishi, aloqa yo„llarining aniq ishlashiga bog‟liq. Kishilar hayoti, ularning 
o„zaro munosabatlari, ishning tashkil qilinishi, davolanish va dam olish, madaniy 
boyliklarni ayirboshlash, sanoat va oziq-ovqat mollariga bo„lgan ehtiyojni 
qondirish - bular hammasi ko„proq aloqa yo„llari bilan bog‟liq.
 
Aloqa yo„llari insonning jisman mavjud bo„lishi bilan hamda kishilik jamiyati 
tarixi bilan chambarchas bog‟liqdir. Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida odamlar 
o„zlarining transportga bo„lgan ehtiyojlarini oddiy vositalar bilan qondirganlar. 
Odamlar o„zlariga zarur bo„lgan oziqalarni, mehnat vositalarini, kiyim-kechak 
tayyorlash yoki qulay uy-joy sharoiti yaratish uchun zarur bo„lgan materiallarni, 
shuningdek yoqilg‟ini o„zlari ko„tarib yoki har xil hayvonlarni o„rgatib ular orqali 
tashiganlar. Kishilik jamiyati rivojlanishi bilan transport turlaridan dengiz va daryo 
transporti birinchi bo„lib rivojlana boshlagan. Keyinchalik quruqlikda 
harakatlanuvchi transportlar xam rivojlana boshladi. Insoniyatning eng yirik 
yutuqlaridan biri, bu eramizdan 3500 yil avval, Messopotamiyada g‟ildirakning 
ihtiro qilinishidir. Olimlarning aytishicha g‟ildirak birinchi bo„lib O„rta Osiyoda 
paydo bo„lgan ekan. G‟ildirakning paydo bo„lishi transport vositasining yuzaga 
kelishiga asos soldi. Feodalizm davriga kelib asosiy transport vositasi ot-arava 
bo„lsa, sanoatning rivojlanishi bilan transport ham rivojlandi birinchi bo„lib bug‟ 
kemalari, paravozlar, quruqlikda yuruvchi bug‟ mashinalari, keyinchalik esa bug‟ 
samolyotlar yaratildi. Transportning rivojlanishi o„z navbatida aloqa yo„llarini 
rivojlanishiga olib keldi. 
Aloqa yo„llarining qurilishini boshlanishi deb insoniyat tarixida ongli 
ravishda yo„llarni bir-necha bor qatnash uchun jihozlash tushuniladi. Odamlar 
gurux bo„lib ovga qulay joylardan yo„l tanglaganlar. Ana shu yo„ldan qayta - qayta 
yurish natijasida so„qmoqlar paydo bo„lgan. O„sha davrda yo„lning harakat uchun 


4
moslashishi suqmoqlardagi toshlarni, o„ljani keltirishda xalaqit beruvchi shox-
shabbalarni olib tashlash bilan cheklangan. Quldorlik davlatlari paydo bo„la 
boshlagach, ular oldida 2 ta masala turardi, ya‟ni avval qo„shni erlarni bosib 
olishni ta‟minlash, odamlarni qul qilish, undan keyin ulardan foydalanib 
qo„zg‟olonlarni bostirish. Quldorlik jamiyatida quyidagi yo„llar turi mavjud edi: 
-
savdo yo„llari; 
-
harbiy yo„llar; 
-
davlat yo„llari: chopar jo„natiladigan, askarlar o„tishi uchun, o„lja keltirish 
uchun, davlatni boshqarish uchun. 
-
diniy marosimlarga (ibodat yoki tantanali jarayonlar uchun) mo„ljallangan 
yo„llar (saroy oldi, madrasa). 
Qadimiy savdo yo„llari bronza asri boshlarida paydo bo„lgan. Eramizdan 
avvalgi II asrda Buyuk Ipak Yo„li paydo bo„lgan va undan 1300 yil foydanilgan. 
Ipak Yo„li Arab mamlakatlaridan boshlanib O„rta Osiyo orqali Xitoyga borar edi. 
Chingizxon davrida 300 yil bu yo„ldan foydanilmagan. 
Olib borilgan tekshirishlar shuni ko„rsatadiki, eramizdan avval X-XI asrda 
“Xorazmshohlar shoh yo„li” bor bo„lib, u Urgenchdan Ural va Volgagacha davom 
etgan. Bu yo„lda har 25 km da (karvonning bir kunlik yo„li) karvonsaroy va 
quduqlar joylashgan.
Diniy marosimlar o„tkaziladigan, odamlar ko„p yig‟iladigan, tantanali 
marosimlar o„tkaziladigan joyda yo„llar ravon bo„lishi talab etilardi. Rim 
imperiyasi 90 ming km tosh qoplamali magistral yo„llarga ega edi. Tuproqli va 
shag‟alli yo„llarni hisobga olganda Rim imperiyasining yo„l tarmoqlari uzunligi 
250-300 ming km ni tashkil etar edi. Rim imperiyasining yo„l tarmoqlari obdon 
o„ylangan tizimdan iborat bo„lib, yirik markazlarni birlashtirar edi. Rim hamma 
viloyatlarni bog‟lovchi yo„llar tuguni edi. 
Sanoatning rivojlanishi, xom-ashyo, yoqilg‟i va tayyor mahsulotlarni 
tashishga talabni kuchaytirdi. XIX asr boshida yo„llar Evropada juda og‟ir ahvolda 
edi. Frantsiyada J. Trezage yangi yo„l qoplamalari qatlamini taklif etdi. Undan 
so„ng Shotlandiyalik Mak Adam (1756-1836 y) bu ishni davom ettirdi. 
1871 yilda Amerika Qo„shma Shtatlarida birinchi asfalt qoplamasi yotqizildi. 
Shaharlarda asfalt qoplamali yo„llar ko„payib bordi. 
Avtomobillar rivojlanishi bilan yo„l qurish me‟yorlari va qoidalari ham 
o„zgarib bordi. Birinchi texnik shartlar 1931 yil keyingisi 1934 yilda chiqdi. 1938 
yil “Ko„prik va yo„llar qurish texnik shartlari” tasdiqlandi. 
Yo„l qurilishi ko„p yillik tarixga ega. Yo„l konstruktsiyalari va ularni qurish 
usullari insoniyat tarixining turli jabhalarida o„zgarib kelgan. Birinchi tosh 
plitalardan qattiq qoplamali yo„llar shaharlar markazida diniy marosimlar 
o„tkaziladigan joylarda va ko„chalarda qurilgan. 


5
Yo„l qurilish Rim imperiyasi davrida eng yuqori darajada rivojlangan. Rim 
yo„llari asosan qattiq, mustahkam tosh materiallardan tashkil topgan. O„sha davrda 
transport vositalarining takomillashmaganligi ya‟ni oldi o„qining burilmasligi 
tufayli yo„llar to„g‟ri va uzun qilib, burilishlarda esa yo„llarning kengligini 2 marta 
kengaytirib qurilgan. Rim imperiyasi davridagi yo„l to„shamasi ko„ndalang kesimi 
quyidagi 1.1 va 2.1-rasmlarda keltirilgan.
1.1-rasm. Vavilondagi Marduk xudosining qasriga boradigan yo„l ko„ndalang 
kesimi. 
1-suglinok; 2-asfaltli mastika qo„yilgan uch qatlam g„isht; 3- ohaktoshli plitalar 
105x105x35 sm; 4-ohaktoshli plitalardan iborat tratuar 66x66x20 sm; 5-balandligi 
7 m bo„lgan mazaika qoplangan devorlar. 
1.2-rasm. Yo„l to„shamasi ko„ndalang kesimi. 1-bazaltli plitalar 80x40x50sm; 2-10 
va 15 sm shag‟al qatlami; 3-15 sm loy aralashli chaqiq tosh; 4-sement bilan 
mustahkamlangan shag‟al; 5-bardyur toshi 6-60 sm qalinlikdagi loy shag‟al 
aralashmasi; 7-tayanch tosh. 
Yo„l qurilishida rivojlanish frantsuz olimi Jeroma Trezage va shotland olimi 
Jon Mak-Adam tavsiya qilgan konstruktsiyalardan boshlanadi. Trezage va Mak-
Adam tavsiya qilgan yo„l to„shamasi tuzilmasi erda ma‟lum bir chuqurlikda 
joylashtiriladi. Yomg‟ir va qor suvlari oqib ketishi uchun yo„lga ko„ndalang 
nishablik berilgan.


6

Yüklə 4,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin