Ekspluatasiya instituti


Respublikada transport yo„laklariga bo„lgan talab



Yüklə 4,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/44
tarix27.08.2023
ölçüsü4,46 Mb.
#140763
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
5fca3a27369a7

3. Respublikada transport yo„laklariga bo„lgan talab. 
Respublikaning 
iqtisodiy rivojlanish shartlarini ta‟minlaydigan xalqaro transport yo„laklarini barpo 
qilish, tranzit va viloyatlar oralig‟ida ishonchli transport aloqasini ta‟minlash, 
respublikaning tashqi integratsiyalashgan va ichki birikkan yagona transport 
muhitini shakllantirish, qolaversa, Buyuk Ipak Yo„lini qayta tiklash va jahon 
bozoriga chiqish kabi masalalar davlat yo„l siyosatining ustuvor vazifalaridan
hisoblanadi. Ushbu vazifalar “O„zbekiston Respublikasi umumiy foydalanishdagi 


7
avtomobil yo„llarini 2015-2019 yillarda va uzoq muddatli kelajakda rivojlantirish 
dasturi” ning asosiy mazmunini tashkil qiladi. Dasturning amaliy echimi mavjud 
avtomobil yo„llari tarmog‟ining rekonstruktsiyaga va ta‟mirlashga muhtoj 
bo„laklarini aniqlash hamda yo„llarning transport-foydalanish sifatlarini oshirish
yo„llarning texnik va foydalanuv holatlarini yo„ldan foydalanuvchilar talablariga 
muvofiqlashtirish, avtomobillar harakat qulayligi va xavfsizligini ta‟minlash, 
yo„llarni saqlash ishlarini oqilona tashkil qilishdan iboratdir. 
 
Bugungi kunda respublikada transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish 
bo„yicha davlat texnik siyosatida ustivor vazifalar belgilangan va talablar 
qo„yilgan. Ushbu talablar quyida keltirilgan Prezident qarorlari va Vazirlar 
Mahkamasining qarorlarida o„z aksini topgan: 
-
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.08.2003 yildagi PF-3292 sonli 
“Umumiy foydalaniladigan avtomobil yo„llarini qurish va ulardan foydalanishni 
boshqarish tizimini takomillashtirish to„g‟risida”gi farmoni; 
-
O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.08.2005 yildagi 194-
sonli “O„zbekiston Respublikasi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo„llari 
ro„yxatini tasdiqlash to„g‟risida” gi qarori; 
-
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 3.03.2006 yildagi PQ-299 sonli 
“Yo„l-qurilish ishlari hajmi va sifati ustidan nazoratni kuchaytirish chora-tadbirlari 
hamda 2006 yilda avtomobil yo„llari qurilishi dasturini tasdiqlash to„g‟risida”gi 
qarori; 
-
O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.08.2006 yildagi 361-
sonli “O„zavtoyo„l” Davlat-aktsiyadorlik kompaniyasi va O„zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo„l jamg‟armasi faoliyatini 
tashkil etish masalalari to„g‟risida” gi qarori; 
-
O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1.10.2006 yildagi 226-
sonli “Umumiy foydalaniladigan avtomobil yo„llarini qurish va ulardan 
foydalanishni tashkil etishni hamda sifatini nazorat qilishni takomillashtirish 
to„g‟risida” gi qarori; 
-
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 25.10.2006 yildagi PQ-499 sonli 
“Umumiy foydalaniladigan avtomobil yo„llarini loyihalashtirish, qurish va 
rekonstruktsiya qilish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to„g‟risida”gi 
qarori; 
-
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 14.11.2006 yildagi PQ-511 sonli 
“O„zavtoyo„l" 
davlat-aktsiyadorlik 
kompaniyasi 
tashkiliy 
tuzilmasini 
takomillashtirish chora-tadbirlari to„g‟risida”gi qarori; 
-
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 20.12.2006 yildagi PQ-535 sonli 
“2007-2010 yillarda umumiy foydalaniladigan avtomobil yo„llari qurilishini 
rivojlantirish chora-tadbirlari to„g‟risida”gi qarori; 


8
-
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 22.04.2009 yildagi PQ-1103 sonli 
“2009-2014 yillarda O„zbek milliy magistrallarini rivojlantirish va rekonstruktsiya 
qilish chora-tadbirlari to„g‟risida”gi qarori; 
-
O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.10.2009 yildagi 277 
sonli “O„zbek milliy magistrallari bo„ylab yo„l infrastrukturasi va servisini 
rivojlantirish chora-tadbirlari to„g‟risida”gi qarori; 
-
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.05.2010 yildagi PQ-1331 sonli 
“Hududiy avtomobil yo„llarini rivojlantirish. Faza 2” loyihasini ko„ptranshli 
moliyalashtirish dasturini Osiy taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirish 
bo„yicha chora-tadbirlar to„g‟risida”gi qarori; 
-
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.12.2010 yildagi PQ-1446 sonli 
“2011-2015 yillarda infrastrukturalarni, transport va kommunikatsiya qurilishini 
rivojlantirishni jadallashtirish to„g‟risida”gi qarori; 
-
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 6.03.2015 yildagi PQ-2313 sonli 
“2015-2019 yillarda muhandislik kommunikasiya va yo„l transport infratuzilmani 
rivojlantirish va madernizatsiya qilish dasturi to„g„risida” gi qarori; 
-
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 14.02.2017 yildagi PF-4954-sonli 
“Yo„l xo„jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari 
to„g„risida” gi farmoni. 

Yüklə 4,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin