12
yangi usuli sinovdan o„tkazildi. Joylarning o„zida bitum suyultirib ishlov berilgan
usul o„zini to„la oqladi. 1932 yilda Buxoroda ham yo„llar ana shu usul bilan qurila
boshlandi. 1932 yilda O„zbekistonning janubida (Jarqurg‟on) og‟ir
smolaga boy
neft‟ konining ochilishi bilan uni suyuq bitum o„rnida qo„llana boshlanishi
Respublikaning bu usulda ishlash uchun mavsumiy davrning
imkoniyati kengligi
mamlakatda yo„llarning rivojlanishi uchun keng sharoitni vujudga keltirdi. 1928-
1932 yillarda O„zbekistonda birinchi bo„lib uzunligi 62 km bo„lgan qora qoplamali
Buxoro-G‟ijduvon-Qiziltepa yo„li qurildi, ana shu yillarda uzunligi 48 km bo„lgan
Samarqand-Panjakent, Piskent-Olmaliq,
Toshkent-Piskent-Murotali, Qo„qon-
Sho„rsuv-Andijon-Kuyganyor va boshqa yo„llar qurildi. 1937 yilda Respublikada
yo„l shoxobchalari 22 ming, jumladan qattiq qoplamali avtomobil yo„llar 2200 km
ni tashkil etdi. 1933-37 yillarda qattiq qoplamali yo„llarning uzunligi umumiy yo„l
tarmoqlaridagi salmog‟i 8% ni tashkil etdi.
2.2-rasm. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo„llari tarmog‟ining rivojlanish
dinamikasi
1939 yilda O„zbekistonda yirik inshootlarni Xalq hashari yo„li
bilan qurish
rasm bo„ldi va bu usul yo„l qurilishida ham keng qo„llanildi. 1940 yilda uzunligi
708 km bo„lgan Katta O„zbek Traktini qurish haqida maxsus qaror qabul qilindi.
Ushbu yo„lning 326 km Toshkent, 222 km Samarqand, 162 km Buxoro viloyatlari
tomonidan qurilgan va qurilish 1941 yilning aprelida qurib tugallangan. 1940
yilning oxiriga kelib qattiq qoplamali yo„l tarmoqlari 4700 km ni tashkil etdi.
O„zbekistondagi barcha yo„llarning uzunligi 32500 kilometrni tashkil qilardi.
Avtomobil yo„llari tarmog‟ining rivojlanish dinamikasi 2.2-rasmda keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: