Ekspluatasiya instituti


-rasm. Zamonaviy avtomagistral



Yüklə 4,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/44
tarix27.08.2023
ölçüsü4,46 Mb.
#140763
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   44
5fca3a27369a7

 
2.3-rasm. Zamonaviy avtomagistral 
 
 
2.4-rasm. Zamonaviy avtomagistraldagi 
“Bedabargsimon” har satxdagi kesishma 
Harakatlanish uchun mahalliy transport va piyodalar halaqit berishini bartaraf 
etish uchun avtomobil magistrallarini aholi yashaydigan punktlarni aylanib 
o„tadigan qilib o„tkaziladi, ularga kirish yo„llarini faqat katta harakatlanish 
jadalligiga ega bo„lgan yo„llar bilan kesishadigan joylardagina qilinadi. Mahalliy 
yo„llar magistrallarni turli sathlarda kesib o„tadi, bunda pastga tushiladigan yo„llar 
qilinmaydi. Magistrallar katta masofalarga tashish uchun mo„ljallanganligi bois, 
yo„l bo„ylab benzin quyish stantsiyalari, texnik va tibbiy xizmat ko„rsatish 
punktlari, mehmonxonalar, oshxonalar joylashtiriladi. Yo„l yonida haydovchilar 
qisqa muddatli dam olishlari uchun to„xtash maydonchalari jihozlanadi. 
4. O„zbek milliy avtomagistrallarini barpo etish. 
O„zbekistonda ham 
avtomobil magistrallarini qurish zarurati paydo bo„lganligi sababli, keyingi yillarda 
bu masalada keng qamrovli ishlar va loyihalar amalga oshirilmoqda. Xususan, 
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 22.04.2009 yildagi PQ-1103 sonli “2009-
2014 yillarda O„zbek milliy magistrallarini rivojlantirish va rekonstruktsiya qilish 
chora-tadbirlari to„g‟risida”gi qarorining chiqishi O„zbekistonda avtomobil 
magistrallarini qurish ishlarini boshlab berdi. 
 
Keyingi yillardagi bir qator qarorlar va farmoyishlar ushbu ishlarni 
rivojlantirishga va jadallashtirishga asos bo„lmoqda, xususan: 
Zamonaviy engil avtomobillar qulay yo„l sharoitlarida tezligini juda oshirishiga 


15
qaramasdan, avtomobil magistrallarini loyihalashda hisobiy tezlikni 120 dan 150 
km/soat gacha qabul qilinadi. 
- O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.10.2009 yildagi 277 
sonli “O„zbek milliy magistrallari bo„ylab yo„l infrastrukturasi va servisini 
rivojlantirish chora - tadbirlari to„g‟risida”gi qarori; 
- O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.05.2010 yildagi PQ-1331 sonli 
“Hududiy avtomobil yo„llarini rivojlantirish. Faza 2” loyihasini ko„ptranshli 
moliyalashtirish dasturini Osiy taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirish 
bo„yicha chora-tadbirlar to„g‟risida”gi qarori; 
- O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.12.2010 yildagi PQ-1446 sonli 
“2011-2015 yillarda infrastrukturalarni, transport va kommunikatsiya qurilishini 
rivojlantirishni jadallashtirish to„g‟risida”gi qarori; 
- O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 6.03.2015 yildagi PQ-2313 sonli 
“2015-2019 yillarda muhandislik kommunikasiya va yo„l transport infratuzilmani
rivojlantirish va madernizatsiya qilish dasturi to„g„risida” gi qarori. 

Yüklə 4,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin