11
tarmog‟ining transport-foydalanish
sifatlarini oshirish, yo„llarning texnik va
foydalanuv holatlarini yo„ldan foydalanuvchilar talablariga muvofiqlashtirish,
avtomobillar harakat sharoitining qulayligi va xavfsizligini ta‟minlash, yo„llarni
saqlash ishlarini samarali tashkil qilishni talab qiladi.
Respublikamizning iqtisodiy rivojlanishi
va taraqqiy etishi, avvalo, transport
kommunikatsiyalarining holatiga bog‟liqdir. Birinchi Prezidentimiz I. Karimov
ta‟kidlaganlaridek “Endi biz mustaqil davlat ekanmizmi,
avvalambor
kommunikatsiyalarni joyiga qo„yishimiz darkor. Kommunikatsiya tarmoqlari
rivojlanmasa, O„zbekistonning kelajagi bo„lmaydi”.
Transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish va ularning foydalanuv holatini
yaxshilash Respublikamiz mustaqilligini mustahkamlashda hamda iqtisodiyotini
rivojlantirishda eng dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Respublika bo„yicha
transportda tashilayotgan xalq xo„jaligi yuklarining 83 foizini avtomobil yo„llari
hissasiga to„g‟ri kelishi, avtomobil yo„llari
respublika iqtisodiyotining
rivojlanishida asosiy omillardan biri ekanligini ko„rsatadi (2.1-rasm.)
2.1-rasm. Yuk tashishning transport turlari bo„yicha taqsimlanishi
Respublikaning geografik joylashuvi shuni taqozo etadiki, jahon bozoriga
chiqishda va tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishda asosiy transport yo„laklari
avtomobil va temir yo„llar hisoblanadi.
Respublikaning iqtisodiy rivojlanish shartlarini ta‟minlaydigan xalqaro
transport yo„laklarini barpo qilish, tranzit va viloyatlar oralig‟ida ishonchli
transport aloqasini ta‟minlash, respublikaning tashqi integratsiyalashgan va ichki
birikkan yagona transport muhitini shakllantirish, qolaversa, Buyuk Ipak Yo„lini
qayta tiklash va jahon bozoriga chiqish kabi masalalar davlat yo„l
siyosatining
ustuvor vazifalaridan hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: