5. Respublikada olib borilayotgan yo„l siyosati. 1992 yilda birinchi bor
respublikamizda “Avtomobil yo„llari to„g‟risidagi” O„zbekiston Respublikasi
Qonuni qabul qilindi. Bu qonun O„zbekiston Respublikasida avtomobil yo„llari
tarmog‟ini rivojlantirish va ulardan foydalanish sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni
tartibga solishning huqukiy asoslarini belgilab berdi.
1993 yil 26 yanvarda “O„zbekiston avtomobil yo„llarini qurish va foydalanish
davlat aktsionerlik kontserni (O„zavtoyo„l)ni tashkil etish to„g‟risida”gi
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, yo„l sohasidagi islohatlarni
boshlab berdi.
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.08.2003 yildagi PF-3292 sonli
“Umumiy foydalaniladigan avtomobil yo„llarini qurish va ulardan foydalanishni
boshqarish tizimini takomillashtirish to„g‟risida”gi farmoni ijrosini ta‟minlash
masadida 2003 yil 23 avgustda chiqarilgan O„zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining qarori bilan “O„zavtoyo„l” kontserni kompaniyaga aylantirildi.
Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev Avtomobil yo„llari va sun‟iy inshootlarni
loyihalashtirish, qurish va foydalanish jarayoniga kompleks yondashish asosida
yo„l xo„jaligini boshqarishning samarali tizimini shakllantirish, ularni
moliyalashtirish tizimini takomillashtirish, loyihalashtirish va yo„l - qurilish ishlari
sifatini oshirish imkonini beradigan to„laqonli buyurtmachi xizmatini yaratish
maqsadida ko„plab qarorlar imzolandi. Jumladan, 2017 yil 14 fevralda “Yo„l
xo„jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora - tadbirlari
to„g„risida” gi PF-4954-sonli farmoni, bu farmonning ijrosini ta‟minlash
maqsadida “O‟zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‟llari davlat qo‟mitasi va
O‟zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‟l
jamg‟armasi faoliyatini tashkil etish to‟g‟risida” gi PQ-2776-son qarori, 2017 yil 2
mayda “Loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‟g‟risida” gi PQ-2946-sonli qarorlari keltirish mumkin.
16
Bugungi kunda O„zbekiston yo„lsozlari oldida turgan asosiy vazifa, bu jahon
bozoriga chiqish imkoniyatlarini kengaytiradigan transport kommunikatsiyalarini
qurish va ularni rivojlantirishdan iboratdir.